13.5. Xizmat ko‘rsatilgandan keyin mijozning qoniqqanligini o‘rganish
Xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot mijozlar tomonidan ishonchni oirish uchun bir
qator chora-tadbirlar amalga oshirishi mumkin, chunonchi:
➢ imkon qadr o‘z xizmatlarining his qilish mumkinlik darajasini oshirish. Shu
boisdan xizmatning savdo markasi imidji alohida ahamiyatga ega. Firmalar moddiy,
real buyumlar aks ettirilgan savdo markalari va emblemalarni tanlashga harakat qiladi;
➢ xizmat ahamiyatini ta’kidlash;
➢ xizmatdan olindigan foydaga alohida e’ibor qaratish;
➢ o‘z xizmatlarini targ‘ib qilishga biron-bir mashhur kishini jalb
qilish.Mehmonxona biznesida ko‘pincha u yoki bu xonada mashhur shaxs, masalan,
Xulio Iglesias, Katrin Denev va boshqalar yashagani aytib o‘tiladi. Sayyohlik
firmalaridan biri Sitsiliyadagi Taormina hududiga turlarni reklama qilishda bu yerdagi
kurortda Sofi Loren, Elizabet Teylor va Layza Minelli bo‘lganligini aytgan;
➢ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini baholash uchun maxsus bo‘linma tashkil
qilish;
➢ ushbu firmada mijoz huquqlari kodeksini ishlab chiqish ;
➢ mijozlarning da’volariga tezkor javob qaytarish tizimini amalga oshirish;
➢ mijozlar bilan o‘zaro aloqalarning barcha jihatlari haqida tahliliy ma’lumotlar
va ichki firma statistika tizimini yaratish.
Xizmat ko‘rsatish potensial sifatini baholashga yordam beradigan asosiy
elementlar quyidagilar:
➢ firma ofisining tashqi ko‘rinishi;
232
➢ ofis ichki qiyofasining bezalishi;
➢ texnologik asbob-uskunalar mavjudligi va turlari;
➢ foydalaniladigan idorat texnikasi va sarflanma materiallar darajasi;
➢ kommunikatsiyalar tizimi;
➢ firma rahbariyati va xizmatchilarining tashqi ko‘rinishi ;
➢ ushbu firma xizmatlaridan foydalanuvchi mijozlar kontingenti.
Muloqot doirasiga interaktiv aloqa usullari yordamida murojaat qilish ko‘plab
publitsistik ko‘rsatuvlar yaratish uchun asos bo‘ldi. Bitta ko‘rsatuv doirasida qamrab
olinadigan tomoshabinlar qamrovi davlat referendumlari bilan taqqoslash mumkin
bo‘lgan darajada yuqoridir.
Milliy ma’naviy merosdan foydalanish bilan birga g‘arb mamlakatlari ommaviy
madaniyat mahsulotlari yaratish tajribasini qo‘llash imkoniyati vujudga keladi. Ayrim
sikllar litsenziyali bo‘lib, mashhur g‘arb ko‘rsatuvchilarini aks ettirdi, boshqalar esa
original formatga ega bo‘ldi.
Viktorinalar va teletanishuvlar kabi boshqa o‘yin turlari ham barkaror
muvaffaqiyatga ega bo‘lmoqda. Shu bilan birga bizning ekranlarimizga tijorat
televideniyesidan boshqa asosiy ekran qiyofalari: shoumenlar va kvizmasterlar kirib
keldi. Telexronika materiallari, videobozor mahsulotlari, kompyuter o‘yinlari
fragmentlaridan foydalaniladigan ko‘rsatuvlar barkarorligini ham qayd etish lozim.
Biroq turli prodyuserlik loyihalari uchun xos bo‘lgan xususiyat - televizion ekran
xabari formatining murakkablashuvi tendensiyasi. Teleishlab chiqarish ancha
murakkablashdi: raqobatbardosh ekran xabari yaratish uchun barcha televizion
texnologiyalar foydalaniladi. Aynan shu narsa zamonaviy televideniye tiliga
originallik va ifodalilik baxsh etadi.
Telemahsulot deganda yozib olingan holda yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda
geografik taqsimlangan muloqot doirasiga tarqatiladigan turli janrdagi ekran
xabarlarini tushunish lozim. Telexabarlarning barcha ijobiy xislatlarini to‘laroq tadqiq
etish uchun har qanday ko‘rsatuv qator yakunlangan fragmentlarga – syujet, rubrika,
sahnalarga strukturalanadi. Ularning har biri turli teletexnologiyalar asosida yaratilgan
mahsulot hisoblanadi.
233
Zamonaviy prodyuserlik loyihalarida amalga oshirilgan eng qiziqarli marketing
qarorlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, turli janrlarga oid telemahsulot foydaliligini
baholash ancha murakkab xarakterga ega.
Telemahsulot sifatini baholashga marketing yondashuvi bir qator muhim
jihatlarni o‘z ichiga oladi. Birinchi navbatda, bu dastur loyihachini ishlab chiqishda
asos solingan prodyuserlik yechimlari: muvaffaqiyatli sikl yoki seriya konsepsiyasi,
dolzarb mavzuga yo‘nalganlik, uni amalga oshirish.
Tahlilning dastlabki bosqichi telemahsulot sifati elementlarini ajratishni o‘z
ichiga oladi. U teleloyihani amalga oshirishning barcha asosiy bosqichlari –
telemahsulot ishlab chiqish, tayyorlash va namoyish etishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |