Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti



Download 33,38 Kb.
bet1/5
Sana07.11.2022
Hajmi33,38 Kb.
#861943
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Gafurov Jaxongir mintaqaviy turizm mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNVERSITETI
Mintaqaviy turizm” fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: “Turistik destinatsiyalar geografiyasi”
Bajardi: TL-81 guruh talabasi
Gafurov Jaxongir


Tekshirdi: Rahimova Dilfuza


Toshkent -2022
Kirish


Turistik destinatsiyalarning turkumlanishi
“Destinatsiya” lotincha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, turar joy (o‘rin, manzil, makon) ma’nosini anglatadi. Bu atama XX asrning 90-yillarida turizm sohasida keng qo‘llanila boshladi. Xorijiy adabiyotlarda «destinatsiya» tushunchasini aniqlashtirish uchun ikki xil yondoshuv mavjud. Birinchi yondoshuvda destinatsiya ma’lum (prof. Leyper tabricha) geografik chegaraga ega territoriya sifatida talqin etiladi. Boshqa nuqtai nazardan «destinatsiya» - bu turistlar uchun jalb etuvchi geografik territoriya bo‘lib hisoblanadi. Ya’ni jalb etuvchi kategoriya birinchi o‘ringa chiqadi. U turli turistik guruhlar uchun bir xil bo‘lmasligi mumkin. Misol uchun, turistlar turli yoshda, puli, qiziqishi, chegaralangan bir hududda dam olishi (kemping, otel) sayohat maqsadlariga mutlaqo mos kelmasligi mumkin. Birovlarni plyajlar va dengizlar jalb qilsa, boshqalarni esa tarixiy joylar va muzeylar, uchinchi kishilarni sayr-tomosha, faol dam olish va boshqalar rom etadi. Shunday qilib, destinatsiya (boriladigan manzil) sayohatchilarni vaqtincha bo‘lishga jalb qiladi. Chunki u ular yashaydigan mamlakatda bo‘lmagan harakterli xususiyatlarga egadir. Bu joylar turizm industriyasi turistlarni joylashtirish, ovqatlanishini tashkil qilish, sayr – tomosha va dam olish, sayohlik ehtiyoj tovarlari va suvenirlarni chakana savdosini tashkil qilishga mo‘ljallangan.
Shunga qaramasdan, har qanday joyni destinatsiyaga kiritib, bo‘lmaydi. Joy (hudud) destinatsiya deb atalishi uchun quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak. Birinchidan turistlarni qabul qilish uchun zarur ma’lum xizmatlar to‘plami mavjudligi, bu shunday xizmatlar to‘plami bo‘lishi kerakki, turistga mahsulot taklif qilinganda aytilganidan ziyoda xuddi turist kutayotganiday bo‘lsin. Bunday to‘plamga birinchi navbatda quyidagilar kiradi:
•destinatsiya (manzil)ga olib borish va qaytib kelish hozirgi paytda tashishda qulay va sifatli transport xizmatiga talab oshmoqda, tashish ko‘paymoqda va ularning bajarilishi shart;
•etarli darajada xizmat ko‘rsatiladigan tunash (otellar, kempinglar, dala hovlilar va boshqalar mavjudligi) va ovqatlanish (restoranlar, kafe, barlar va boshq.). Ikkinchidan, turistlarni qiziqtiruvchi diqqatga sazovar joylar mavjudligi, xuddi ana shu borada destinatsiyalar o‘rtasida raqobat vujudga keladi. Qancha ko‘p yangi narsalarni tomosha qilish, miriqib sayr qilish, xordiq chiqarish imkoniyati bo‘lsa, shunchalik turistlarning qiziqishi va kelishi ortib boradi. Uchinchidan turistik bozorda mahsulot harakatlanishida zarur vosita hisoblangan axborot tizimining mavjudligidir. Bu eng avvalo rezervlashtirish va bronlashtirish axborot tizimiga kirish imkoniyatidir. Shunday qilib, destinatsiya – bu ma’lum xizmatlar taklif qiladigan, turistning ehtiyojini qondiradigan, maqsadlari talabiga javob beradigan territoriya yoki manzildir.
Destinatsiya birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Birlamchi destinatsiyaga o‘zining jalb qilish xususiyatlari bilan mijozni tashrif buyurishga chorlaydi. Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – bu qiziqishni ma’lum yetarli uzoq vaqt oraliqda (masalan, bir haftaga) qondirishdan iborat. Ikkilamchi destinatsiya (yoki yo‘lda to‘xtash) birinchi destinatsiyaga borish yo‘lida to‘xtalmasa bo‘lmaydigan joyni bildiradi. Ikkilamchi destinatsiyani asosiy vazifasi turistlarni bir – ikki kunga istaklarini qondirishdan iborat. U bir tomondan birinchi destinatsiyaga borishda yo‘lda to‘xtash zarurati, ikkinchi tomondan turist uchun diqqatga sazovar joylarni tomosha qilish uchun bir-ikki kunlik sayrtomoshadir. Shuning uchun ham ikkilamchi destinatsiya qisqa muddatga turistlarni ko‘proq jalb qilishi lozim. Yana bir muhim jihatni ta’kidlash kerak. Birlamchi destinatsiya hamma vaqt ma’lum hududda joylashishi bilan harakterlanadi (masalan, Disneylend), ikkilamchisi esa transport kommunikatsiyalariga nisbatan albatta qulay joylashgan bo‘lishi zarur.
Destinatsiya tushunchasi lotin tilidan «destino” so‘zidan kelib chiqib, o‘zbek tilida “mo‘ljallangan joy”, “turistning tashrif joyi”, “sayyoh boradigan manzil”, “sayyohlik hudud” sifatida tarjima qilinadi.Biz “destinatsiya” atamasini “hudud”, “turistik destinatsiya” iborasini esa “turistik hudud” maʼnolarida ishlatamiz. Bunda “turistik hudud” va “hududiy turizm” iboralarini farqlaymiz. Agar “hududiy turizm” viloyatlar, shaharlar, tumanlar, qishloqlarda turizmni tashkil etish va rivojlanishini bildirsa, “turistik hudud” (turistik destinatsiya) deganda, turistlar tomonidan tashrif etadigan joylar, sayyohlar ko‘p boradigan manzillar, turistik markazlarni nazarda tutamiz. Masalan, Buxoro viloyatida turizmni rivojlantirish “hududiy turizm” masalasiga kirsa, Buxoro viloyatining “Yetti Pir” ziyoratgohlarda ziyorat turizmini tashkil etish va rivojlantirish “ziyorat turistik hudud” masalasi hisoblanadi.
Turistik destinatsiyaning turli modellari mavjud. Ularni 6 ta quyidagi modellarini ko‘rib chiqamiz:
1.Turistik destinatsiyaning tizimli modeli. Yangi Zelandiyalik olim N.Leyper o‘zining turistik destinatsiya modelida sayyohlik bilan o‘zaro aloqada bo‘ladigan to‘rtta quyidagi hudud turlarini ajratib ko‘rsatadi:30
1) turistlarni yuboradigan va ularning yashash joylari bilan bog‘liq bo‘lgan turistik oqimlarni vujudga keltiruvchi hududlar;
2) sayyohlarni hududgacha yetkazish va qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan tranzit hududlar;
3) turistlarning borib sayohatini amalga oshiradigan hudud;
4) sayyohatgohni tanlashga taʼsir o‘tkazuvchi atrof muhiti.
2. Turistik hududning geografik modeli. Rossiyalik olim M. A. Morozov sayyohlar uchun maʼlum bir jozibadorlikka ega bo‘lgan geografik hudud sifatida turistik destinatsiyani belgilaydi. Ushbu taʼrifda jozibadorlik asosiy tafsilot hisoblanadiki, u turli sayyohlar guruhlari uchun turli xil bo‘lishi mumkin.
3. Turistik destinatsiyaning ijtimoiy-madaniy modeli. Turistik hududning ijtimoiy-madaniy (yoki marketing yoki talab) modeli. Bu modelga muvofiq, turistik destinatsiya - bu nafaqat turistik talabning namoyon bo‘ladigan joy, balki, turistlar bilan doimiy ravishda aloqada bo‘lgan mahalliy aholi yashaydigan manzil hamdir. Bu model turistik hududlarning marketing tomonini ham ko‘rib chiqadi31.
4. Turistik destinatsiyaning raqobatbardoshlik modeli. Ushbu model ingliz tilidagi 6 raqobatbardoshlik kategoriyalarining bosh harflaridan olingan bo‘lib, ular quyidagilarda o‘z aksini topadi32:
1) Attractions - diqqatga sazovor joylar;
2) Accessibility – hammaborligi;
3) Amenities - xizmatlar;
4) Available packages - mavjud paketlar;
5) Activities - faoliyat turlari;
6) Ancillary services – qo‘shimcha xizmatlar.
5. Turistik hududning taklif modeli. Mamlakat doirasida turizm taklif tizimiga, quyidagi uch makonda isteʼmolchi hamda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida vujudga keladigan jarayonlarga asoslanadi:
1) Sayyohni vujudga keltiradigan makon - sayohatgacha isteʼmol qilinadigan turizm vositachilari hamda tovar va xizmatlarni qamrab oladi.
2) Axborot makoni – sayyohni vujudga keltiradigan va sayohat amalga oshadigan makonlarni uyg‘unlashtiruvchi, mamlakat jozibadorligini o‘zida aks ettirgan axborot manbalari va marketing vositalarini qamrab oladi.
3) Sayohat amalga oshadigan makon – sayohat ehtiyojlarini qondirish jarayonida qatnashadigan barcha tashkilotlar yetkazib beradigan mahsulot va xizmatlar majmuini o‘zida aks ettiradi.33
6. Turistik hududning SMART modeli. “Smart” atamasi Peter F. Druker tomonidan "Menejment amaliyoti" (1954) asarida ilmiy ayirboshlashga kiritilgan edi. “SMART” abbreviaturasi qo‘yilgan maqsadning xususiyatlarini aniqlash uchun belgilangan bo‘lib, quyidagi maʼnoni bildiradi:
-Specific – aniq;
-Measurable – o‘lchanadigan;
-Achievable – erishiladigan;
-Realistis – realistik;
-Time – vaqt bo‘yicha belgilangan34.
Shunday qilib, olim agar maqsad "aqlli" bo‘lsa, yaʼni qo‘yilgan mezonlarga javob
bera olsa, unga erishiladi, deb hisoblagan. "Smart" turistik destinatsiyalar muammosiga bag‘ishlangan fikr-g‘oyalarni ikki yondashuvga ajratish mumkin: turistik xizmatlarni isteʼmol qilish va marketing jarayonida "smart" texnologiyalarning roliga eʼtibor qaratadigan ilmiy ishlar hamda "aqlli" destinatsiyalarni "aqlli shahar"ning maxsus holati deb hisoblaydigan ishlar guruhi. Bu tadqiqotlar nazariy va uslubiy yo‘nalishlari bilan bir-biridan farq qiladi: agar, birinchi holatda, tahlil biznesni tashkil etish nuqtai nazaridan olib borilsa, ikkinchisi, kengroq ko‘lamda, energiya tejamkor va barqaror rivojlanish jihatlarini o‘z ichiga oladigan, to‘siqsiz atrof-muhitning mavjudligi, tarixiy marginal submadaniyatni qo‘llab-quvvatlash nigohidan qarab chiqiladi35.
"Aqlli" (smart) predikat (kesim) ni narsalar, obʼektlar, jarayonlar va umuman inson faoliyati muhitiga nisbatan qo‘llanilganda kundalik hayotimiz uchun avtomatlashtirilgan boshqaruv va axborot uzatish tizimlarining mislsiz ahamiyatini aks ettiradi va yaqin kelajakda sunʼiy aqlning dastlabki shakllari paydo bo‘lishini kutadi. "Aqlli hudud" muammosi turizm iqtisodiyotiga xos bo‘lib, muammoni birinchi navbatda isteʼmol talabi tomondan aks ettiradi. "Smart hududlar" mijozlarga sayyohlarni ko‘proq jalb etish va ularning turar joylarida qulayliklarini oshirish maqsadida bunday xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatini beradi. "Smart hudud"ning asosiy farqlovchi xususiyati – mijozga yo‘naltirilganligi va 2.0 Internet imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi qo‘shilgan qiymat zanjirlarni yaratishdadir36.



Download 33,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish