Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti



Download 33,38 Kb.
bet5/5
Sana07.11.2022
Hajmi33,38 Kb.
#861943
1   2   3   4   5
Bog'liq
Gafurov Jaxongir mintaqaviy turizm mustaqil ish

Tog' turizmi
Bugungi kunda, dunyoning koʻplab mamlakatlarida ekstremal va togʻ turizmi milliy iqtisodiyotda sezilarli daromad keltiradigan sohalardan biri hisoblanadi. Soʻnggi yillarda turizm sohasining jadal rivojlanishi va turizm xizmatlari sifatining yaxshilanishi natijasida - ekstremal, ekoturizm, agroturizm, arxeologik,etnografik va boshqa turizmning noanʼanaviy turlari faol rivojlantirilmoqda. Ayniqsa, ekstremal va togʻ turizmi tez suratlarda ommalashmoqda. Oʻzbekistonda ekstremal va togʻ turizmining eng rivojlangan turlari orasida togʻ choʻqqisini zabt etish, gʻorda sayr etish, snoubord, togʻ velosipedi, paraplan va deltaplanda uchish va albatta togʻ changʻisi ajralib turadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4681-sonli Farmoni ushbu yoʻnalishdagi ishlarning samaradorligini oshirishda muhim dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda. Albatta, estremal va togʻ turizmini rivojlantirishda jamoat tashkilotlarining roli juda muhim. Shu nuqtai nazardan, Oʻzbekiston Ekstremal va togʻ turizmi federatsiyasi tashkil etilgan. Federatsiya tomonidan turizm sohasida har yili yirik bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda, jumladan, “Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bagʻishlangan “Chimyon sadolari” ekoturizm festivali”, “Toshkent quyoshi” motofestivali, “Sport turizmi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi”, “Off-road yoʻl tanlamas avtoturizm musobaqasi” va boshqalar. Soʻnggi paytlarda mamlakatimizda turizm sohasi jadal rivojlanmoqda, xususan, diqqatga sazovor joylarni sayohat qilish istagini bildirayotganlar soni ortmoqda, xizmat koʻrsatish sifati yaxshilanmoqda, yangi turizm yoʻnalishlari yaratilmoqda. Afsuski, mamlakatda togʻ sporti turlari va togʻ turizmini rivojlantirishda professional tashkilotlar mavjud emas, shahar va togʻli hududlarda oʻquv-mashgʻulotlari maskanlarini tashkil etish zarur. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining institutsional koʻmagida, Federatsiyaning off-road (yoʻl tanlamasi) avtomobillarda sayyohlik yoʻnalishi jadal rivojlanmoqda, jumladan, off-road avtoralli boʻyicha musobaqasi oʻtkazildi, shuningdek, GPS-yoʻnaltirilgan avtomobil musobaqasini oʻtkazish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, Bektemir tumani hududida mamlakatimizda ilk marotaba 22 ta avtotransport ishtirokida, yengil va oʻrta kategoriyada off-road avtoralli “Road instinct”musobaqasi oʻtkazildi. Bundan tashqari, GPS-navigatorlar yordamida yoʻnalishlar tanlab olindi. Tadbir natijasida, Rossiya Federatsiyasi, Qirgʻiziston va Qozogʻistondan avtoturistlarni jalb qilgan holda 2019 yil oktabr oyida xalqaro off-road avtoralli musobaqasini oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi. Ayni kunda, musobaqa hakamlari guruhi shakllantirilmoqda. Joriy yilda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi koʻmagida Federatsiya tomonidan “SKY accuracy cup 2019” paraplanda uchish va aniq qoʻnish boʻyicha musobaqa, “Lakeopenair”avtosayyohlar yozgi festivali,“Chimgan Air Battle-2019”paraplanda uchish boʻyicha Oʻzbekiston ochiq chempionati, “4x4 Energy” avtoralli festivali, avtoturizm boʻyicha xalqaro musobaqalar, GPS-yoʻnalishida yangi marshrut oʻtkazish va boshqa tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan. “Federatsiya faoliyatining koʻlami kengayib bormoqda, biz nafaqat turizmning ekstremal turlarini, balki togʻ velosportini, velomotokross, mototurizm, paraplan va deltaplanda uchishni ommalashtirish bilan shugʻullanamiz. Federatsiyamizda mualliflik qoʻshiqlari va sheʼriyatning “Archa” ijodiy uyushmasi, “Oʻzbekiston qanotlari” paraplan va deltaplanda uchish birlashmasi, mototurizm hamda togʻda tez yugurish sportchilar jamoasi faoliyat olib boradi. – deydi Leonid Kozlovskiy. Xulosa oʻrnida aytish joizki, turizmni jadal rivojlantirishga jamoat tashkilotlarini keng jalb qilinishi sayyohlik yoʻnalishlarini koʻpaytirish va ommalashtirishga katta hissa qoʻshadi.
Mamlakatimizda turizm industriyasini yanada rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini yuksaltirish, yurtimizga kelayotgan xorijlik sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2016 yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.Toshkent viloyatida turizm, ayniqsa, snoubording, paraplan va deltaplanda uchish, velosport, motosport, ekstremal sport turlari, ekologik turizmni rivojlantirish uchun tabiiy sharoit va imkoniyatlar mavjud. Viloyatdagi mahalliy va xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi 120 korxona kuniga 2 ming 440 sayyohga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, hududda 45 mehmonxona, 71 sanatoriy va dam olish maskani mavjud. Joriy yilda viloyatga kelgan sayyohlarga xizmat ko‘rsatish hajmi qariyb 72,6 milliard so‘mni tashkil etgan yoki o‘tgan yilga nisbatan 106 foizga o‘sgan. Turizm xizmatlari eksportning 44,6 million dollarini tashkil etadi.Yurtimiz boy madaniy-ma’naviy merosi, sharqona turmush tarzini o‘zida aks ettiruvchi urf-odatu an’analar, xalqimizning mehmondo‘stlik fazilatlari, so‘lim go‘shalari va ko‘plab muqaddas qadamjolari bilan dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb etadi, – deydi Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha kotibiyat mudiri J.Mashrapov. – Viloyatda ayniqsa, ziyorat va gastronomik turizm rivojlangan bo‘lib, sayyohlarning aksariyat qismi Bo‘stonliq tumanida joylashgan Ansoriy bobo, Shayx Umar Vali, Ikrom ota, Parkent tumanidagi Bobomochin, Said ota va Suzuk ota kabi yodgorlik qadamjolarini ziyorat qilish uchun keladi. Viloyat yuqori ekoturizm salohiyati, ulkan tog‘ tizmalari, noyob hayvonot va nabotot dunyosi, qulay iqlimi bilan ajralib turadi. Birgina 574,6 ming gektar maydonni egallagan “Ugom-Chotqol” milliy bog‘ida 230 turdagi hayvon, 1 ming 800 o‘simlik turi, 4 tabiiy ko‘l (Urungach, Bodak, Shovuri, Ixnoj) mavjud. Shuningdek, Chotqol biosfera qo‘riqxonasi va ko‘plab o‘rmon xo‘jaliklari faoliyat yuritadi. Joriy yilning oktabr oyida poytaxtimizda o‘tkazilgan “Ipak yo‘lida turizm” 23-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasida yuzlab xorijiy mehmonlarga yurtimizda tashkil etilgan madaniy-tarixiy, ekologik sayohatlar, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi, sog‘lomlashtirish, gastronomic turizm kabi barcha zamonaviy yo‘nalishlar namoyish etildi. Toshkent viloyatining tog‘li qishloqlarida yashaydigan aholi xonadonlarida sayyohlar uchun tashkil etilgan “Mehmon uylari” yarmarka ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Zamonaviy andozalar asosida yaratiladigan “Mehmon uylari”ni Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron-Angren turistik klasterlaridagi 162 aholi xonadonida tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Sayyohlarning qolish muddatini uzaytirish maqsadida milliy urf-odatlar, to‘y marosimlari, ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish, tabiatning so‘lim go‘shalari, xushmanzara tog‘ yonbag‘irlariga sayohatlar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Prezidentimizning 2017-yil 5-dekabrdagi “Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni Toshkent viloyatining turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, rivojlantirish va yangi turistik yo‘nalishlarni shakllantirgan holda, zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish yo‘li bilan yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlari o‘sishini ta’minlashni ko‘zda tutadi. – Milliy turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turizm bozorida faol targ‘ibot qilishga qaratilgan bunday sa’y- harakatlar bejiz emas, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent viloyati bo‘yicha vakolatli vakili M.Ismoilov. – Tashkil etilayotgan “Chorvoq” erkin turistik zonasi O‘zbekistonda dastlabkisi bo‘lgani tufayli o‘ziga xos innovatsiya xarakteriga ega. Uning faoliyat ko‘rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yil etib belgilangani zona ishtirokchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish, bojxona va soliqlar bo‘yicha imtiyoz va preferensiyalar yaratilishiga imkon beradi. Hududning ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda, transport vositalari arzonligini ta’minlash maqsadida hududda poyezd, elektropoyezd va avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Kelgusida Toshkent-Chimyon-Chorvoq kurort rekreatsiya zonasi yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi tashish tizimini kengaytirish, ularning to‘xtovsiz harakatini ta’minlash rejalashtirilgan. Muqobil va qayta tiklanadigan manbalarni qo‘llagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizim va texnologiyalarni sinov tariqasida joriy qilish asosida o‘ziga xos ekologik tizim yaratishga alohida etibor qaratiladi. Farmonda vakolatli vazirlik va idoralarga erkin turistik zona hududida xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini muassasalari, ularning zamonaviy jihozlar va yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlanganiga asosiy e’tibor qaratgan holda, turistlarga sifatli tibbiy xizmat, jumladan, shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish kabi bir qator vazifalar ham ko‘rsatib o‘tilgan. Sayyohlik sohasi jahon miqyosida jadal rivojlanmoqda. Ko‘plab mamlakatlarda tashkil etilgan erkin turistik zonalar avvalo, xalqlarning savdo-sotiq madaniyati, urf-odati, milliy ma’naviyat va mehmondo‘stlik kabi ezgu qadriyatlari bilan bog`liqdir.
Bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiyotida sezilarli daromad keltiradigan sohalardan biri ekstremal va tog‘ turizmi hisoblanadi. Jahon turizm tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu sohaning yillik daromadi bir necha trillion dollarni tashkil etadi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham – ekstremal, ekoturizm, agroturizm, arxeologik, etnografik kabi turizmning noan’anaviy turlari faol rivojlantirilmoqda. Ayniqsa, ekstremal va tog‘ turizmi tez suratlarda ommalashmoqda. O‘zbekistonda ekstremal va tog‘ turizmining eng rivojlangan turlari orasida tog‘ cho‘qqisini zabt etish, g‘orda sayr etish, snoubord, tog‘ velosipedi, paraplan va deltaplanda uchish va albatta tog‘ chang‘isi ajralib turadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ushbu yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini oshirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Download 33,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish