104
Nihoyat, xalqaro valyuta bozori turli mamlakatlarning iqtisodiyotini global
iqtisodiyotga bog‗lovchi universal mexanizm hisoblanadi. Aynan u jahon xo‗jalik
tizimida milliy chegaralar orqali tovarlar va kapitallar harakatiga vosita bo‗lib
xizmat qiladi.
4.4. Xalqaro valyuta bozori ishtirokchilari
Xalqaro valyuta bozorida operatsiyalarni amalga oshiruvchi jismoniy va
yuridik shaxslar shu bozor ishtirokchilari deyiladi.
Shaklan valyuta bozori
ishtirokchilarini sotuvchi va xaridorlarga ajratish mumkin.
Sotuvchi va xaridor sifatida xalqaro valyuta bozorida quyidagilar ishtirok
etishadi
104
:
-
importyor va eksportyorlar;
-
turistlar;
-
davlatlar;
-
spekulyatorlar (chayqovchilar);
-
banklar va boshqa institutlar.
Xalqaro valyuta bozori ishtirokchilarining tuzilmasini tahlil qilish uchun
asosiy malaka belgisidan: valyutalar bilan operatsiyalar bajarish maqsadlari
bo‗yicha belgisidan foydalaniladi. Shu belgiga muvofiq xalqaro valyuta bozorining
barcha ishtirokchilari
malakalari tadbirkorlarga, xedjerlarga, chayqovchilarga,
vositachilarga va valyuta nazorati organlariga ajratiladi. Tadbirkorlar atomasi bilan
asosiy maqsadi valyuta operatsiyalarini ta‘minlashdan iborat bo‗lgan (importni
amalga oshirish, eksportdan tushgan pulni sotish va boshqa.) valyuta bozori
ishtirokchilari ataladi. Xozirgi zamon xalqaro valyuta bozorida tadbirkorlar odatda,
valyuta operatsiyalarini yuritishga litsenziyaga ega bo‗lgan ularga xizmat
ko‗rsatuvchi tijorat banklari xizmatidan foydalanadilar. Xususan kredit banklaridan
tashqari xalqaro valyuta bozoridan tadbirkorlar nomidan valyuta operatsiyalarini
(oldi - sotdi) omonat banklari, kredit uyushmalari va omonat –
kredit
assotsiatsiyalari bajarishlari mumkin. Xalqaro valyuta bozorida tadbirkorlar o‗rnida
amal qiluvchi barcha kredit-moliya institutlari xizmatlarining tahminan bir hil
to‗plamini taqdim etishadi:
mijozlar uchun chet el valyutasini sotib olish;
chet el valyutasini sotish;
valyuta portfelini shakllantirish uchun oldi – sotdi operatsiyalarini amalga
oshirish;
mijoz-tadbirkorlar uchun valyutazaxiralarini yaratish va ularni boshqarish;
xalqaro valyuta bozorida operatsiyalarni olib borish bo‗yicha tadbirkorlarga
maslahatlar berish.
Xedjerlar – bu valyuta operatsiyalarini bajarishda valyuta havflarini sug‗urta
qiluvchi xalqaro valyuta bozori ishtirokchilaridir.
Xedjerlarning vazifasini
(funktsiyasini) tijorat banklari, sug‗urta kompaniyalari va banklar, kredit
uyushmalari, omonat banklari va
kredit-bank assotsiatsiyalari, xedj – fondlar
(masalan, Long-Term Capital Management). Bajarishi mumkin.
104
Global Financial Markets./8 the edition. Stephen Valdez & Philip Molyneux. Palgrave McMillan, 2016. 308 r.
Xalqaro valyuta bozori ishtirokchilarining eng ko‗p sonli guruhi – bu valyuta
olib – sotarlari (chayqovchilari)dir. Valyuta – quyidagi sabablarga ko‗ra aktivlar
bilan chayqovchilik uchun eng jozibador aktivlardan biridir:
valyutaning likvidligi (pullanishi) yuqori;
xalqaro valyuta bozorida operatsiya xarajatlari past;
saqlash uchun xarajatlar qilinmaydi;
valyuta kursining doimiy o‗zgarib turishi.
Chayqovchilarning faoliyati ko‗pincha xalqaro valyuta bozorini ijzdan
chiqaruvchi omil sifatida qoraladi. Ammo bunday
yondashuv ortiq darajada
qat‘iydir. Bir tomondan, aynan valyuta chayqovchilarining faoliyati 1997 yilda
xalqaro valyuta bozorining eng yirik segmunti – Janubiy – Sharqiy Osiyo
mintaqaviy valyuta bozorini ―qulatdi‖. Bu xalkaro valyuta bozoriga umuman salbiy
ta‘sir ko‗rsatdi. Ammo, ikkinchi tomondan xalqaro
valyuta bozorida aynan
chayqovchilarning operatsiyalari xedjerlash – tashqi savdo operatsiyalari bo‗yicha
valyuta yo‗qotishlari havfini sug‗urtalash bo‗yicha operatsiyalarning paydo
bo‗lishiga asosiy sababchi bo‗ldi. Bu jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga va
globallashuviga imkon berdi. Bundan tashqari, chayqovchilar
xalqaro valyuta
bozorining zarur elementi hisoblanib va valyuta operatsiyalarining asosiy qismini
o‗tkazib, xalqaro valyuta bozorining likvidligini ta‘minlaydi.
Xalqaro valyuta bozorida vositachilar valyutalarni oldi-sotdi bo‗yicha
xizmatlarni taqdim etishda ixtisoslashadilar. Ular qatoriga brokerlar va dilerlar
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: