Toshkent davlat iqtisodiyot univyersityeti a. Sh. Bekmurodov, Z. A. Abdullayev, B. M. Badalov


 Foiz stavkasi va bahoning shakllanishi



Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/223
Sana25.03.2022
Hajmi6,92 Mb.
#510336
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   223
Bog'liq
ARM Bekmurodov A SH Xalqaro moliya bozori va institutlari O\' q 2019

 
8.4. Foiz stavkasi va bahoning shakllanishi 
Foiz stavkalari odatda barcha turdagi derivativlarning qiymatini baholashda 
asosiy faktor hisoblanadi. Ushbu bo‗lim asosan foiz stavkalarining baholash va 
tahlil qilish yo‗llari uchun ba‘zi bir fundamental muammolariga bag‗ishlanadi. 
Ma‘lum bir vaziyatdagi foiz stavkasi qarz oluvchinig qarz beruvchiga to‗lash uchun 
va‘da qilingan pul miqdorini anglatadi. Har qanday turdagi valyuta qiymatliklarga 
ko‗p turdagi turli foiz stavkalari farqlanadi. Ular o‗z ichiga ipoteka foiz stavkasi, 
depozit foiz stavkasi, foliyatni rivojlantirish uchun qarz olish foiz stavkasi va 
boshqalar. Foiz stavkasi kredit riski bog‗liq bo‗lgan vaziyatlarda amalda 
qo‗llanilishi mumkin. Bu yerda turli jamg‗armalardan qarz oluvchilar tomonidan 
defolt holatining yuzaga kelishi natijasidagi risk mavjud bo‗lib, qarz beruvchi 
uchun va‘da qilingan foiz stavkasining to‗lab bermasligi yuzaga kelishi mumkin. 
Odatda qarz beruvchilar tomonidan yuqori kredit riski uchun yuqori foiz 
stavkasining joriy etilishi talab etiladi.
G„aznachilik foiz stavkalari 
G‗aznachilik foiz stavkalari bu g‗aznachilik qarz majburiyatli qimmatbaho 
qog‗ozlar uchun emittent tomonidan to‗lab berilishi taklif etilgan foiz stavkalari 
bo‗lib, ba‘zi bir instrumentlar orqali hukumat tomonidan o‗zining milliy 
valyutasida qarz majburiyatlarining jamlab olishda qo‗llaniladi. Misol uchun 
Yaponiya G‗aznachilik foiz stavkalari Yapon hukumati tomonidan iyenada qarz 
majburiyatli qimmatbaho qog‗ozlarning iqtisodiyotda joylashtirilishi tushiniladi. 
Bu yerda hukumat tomonidan o‗zining milliy valyutasida dominant bo‗lgan 
majburiyatlarda defolt holatining yuzaga kelishi imkoni mavjud emas deb tasavvur 
etiladi. G‗aznachilik foiz stavkalari umuman olganda riskdan xoli foiz stavkasi 
bo‗lgani uchun bu turdagi barcha qarz majburiyatli qimmatbaho qog‗ozlar (G‗-
veksellari, G‗-notalari, G‗-obligatsiyalari)ning foizi kelgusida va‘da qilingan 
miqdorda to‗lab beriladi. 
LIBOR 
LIBOR bu Londondagi banklar orasida o‗zaro taklif qilingan foiz stavkasining 
qisqartma shakli bo‗lib, Britaniya Bankirlari Uyushmasi tomonidan kuniga bir 
marotaba taklif qilinadigan ma‘lumot beruvchi foiz stavkasi va banklarning boshqa 
banklar bilan katta hajmdagi yalpi derozitlar savdosini amalga oshirishda 
foydalanadigan foiz stavkasidir. LIBOR bu yetuklilik muddati 12oygacha bo‗lgan 
barcha qattiq valyutalar uchun taklif qilinadi, ya‘ni 1-oylik LIBOR bu 1-oylik 
depozitlar taklif qilingan stavka hisoblanadi. Bankka depozitning qo‗yilishi bu bank 
uchun qarz sifatida qaraladi. Shuning uchun bank, LIBOR stavkasi bilan boshqa 
bankdan depozitlar olishi maqsadida ma‘lum bir kredit layoqatini o‗zida 
mujassamlashtira olishi talab etiladi. Odatda, bu AA kredit reytingiga ega bo‗lishi 
kerak. LIBOR foiz stavkasiga juda yaqin bog‗langan stavka bu LIBID. Bu 


Londondagi banklar orasida savdolashish uchun taklif etilgan foiz stavka bo‗lib, 
ya‘ni banklar boshqa banklardan depozitlar qabul qilayotganda umumiy qabul 
qilingan stavka hisoblanadi. Har qanday belgilangan vaqtda, bu ikki foiz 
stavkasining o‗rtasida o‗zaro kichik farq mavjud (LIBIDdan ko‗ra LIBORning 
balandroq farqi bilan). Bu stavkalarning o‗zlari banklar o‗rtasida faol savdolashish 
orqali aniqlanadi va shuning uchun banklar o‗rtasidagi fondlar bozoridagi talab va 
taklifning o‗zaro mutanosibligi uchun o‗zgarib boradi. Misol uchun, agar 
ko‗pchilik banklar 3-oy uchun QSh dollorida qarz berishdan ko‗ra 3-oy uchun 
AQSh dollorida qarz olishni xohlashsa, 3-oylik AQSh LIBID va LIBOR foiz 
stavkalari o‗sadi. Shunga o‗xshash, agar ko‗p banklar 3-oyga bu fondlar uchun qarz 
olishdan ko‗ra qarz berishni xohlashsa, 3-oylik LIBID va LIBOR foiz stavkalari 
o‗sadi. Banklar o‗rtasidagi bu bozor Yevrovalyutalar bozori nomi bilan ma‘lum va 
u biror bir hukumatning nazoratidan tashqarida. 

Download 6,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish