2.2 Mavzuga oid ilmiy-nazariy qarashlar Xorijiy davlatlar iqtisodchi olimlaridan Piter Rouz, Jorj Sinki, Rossiyalik iqtisodchilardan Jukov E.F., Korobova G.G., Lavrushin O.I. kabi iqtisodchi olimlar o’zlarining tijorat banklari risklari borasida o’z ilmiy qarashlarini darslik va o’quv qo’llanmalarida bayon etganlar.
Malakatimiz iqtisodchilaridan tijorat banklari likvidliligi borasidaAbdullayeva Sh. Z., Boboqulov T.I., Berdiyarov B.T., Dodiyev F.U., Iminov O.K., Nomozov O.Sh., Norqobilov S.X., Xolmaxmadov Z.A., Qoraliyev T.M. kabi olimlar ushbu masalaga o’zlarining ilmiy maqolalarida, ilmiy ishlarida to’xtalgan holda fikr – mulohaza yuritganlar. Lekin ilmiy ish sifatida tijorat banklari risklari va ularni baholash usullari mavzuisida tadqiqot ishi olib borilmagan. Bu esa bizni tijorat banklari risklari va ularni baholash usullari mavzusida tadqiqot olib borishga undadi. Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslari bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev nutqlari va maqolalarida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakat xalqaro iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishga oid masalalari bo’yicha bayon etgan xulosalaridan muhim manba sifatida foydalaniladi. Mazkur tadqiqotda O’zbekiston Respublikasining Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki me’yoriy hujjatlari, O’zbekiston Respublikasi Statistika davlat qo’mitasi ma’lumotlaridan foydalanildi.
2.3.Mahaliy meyoriy-huquqiy xujjatlat sharhi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 740-sonli “Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida” gi nizomiga ko’ra: Kredit riski – qarzdorning shartnomada belgilangan shartlar bo‘yicha bank oldidagi o‘z moliyaviy majburiyatlarini qisman yoki to‘liq bajara olmasligi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotish bilan bog‘liq tavakkalchilik. Kredit operatsiyalari bank operatsiyalarining 60-80 % ini tashkil etadi. Bu esa bank faoliyatining ko‘pgina ko‘rsatkichlari aynan kredit operatsiyalariga va ulardan keladigan daromadlarga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Kredit operatsiyalarini samarali amalga oshirilishini ta’minlash va ulardan keladigan foizli daromadlarni barqarorligini ta’minlash uchun berilayotgan va avval berilgan kreditlarning risk ko‘rsatkichi qay darajadaligini to‘g‘ri aniqlay olish hamda kreditning riskka uchrashi yoki uni chetlab o‘tishi va riskni boshqarish chora-tadbirlarini amalda to‘g‘ri qo‘llay olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bularning barchasi kredit riskini baholash orqali amalga oshiriladi. Banklar faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish, ularda mavjud risklarni minimallashtirish masalalaridan biri kredit risklari, ularning sifati va darajasini aniqlash va tahlil qilishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 9-noyabrda qabul qilingan “Tijorat banklari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, ular bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar o‘rnini qoplash uchun tashkil etiladigan zaxiralarni shakllantirish va ulardan foydalanish” to’g’risidagi 242-sonli nizomida belgilanishicha, ssuda (aktiv)lar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxira-bu bank kredit portfeli (yoki aktivlari) va balansdan tashqari majburiyatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yoki mavjud zararlarni qoplash uchun qiymat summasini o‘zida aks ettiradigan bankning barcha kreditlari (yoki Markaziy bankning “Bir qarzdor yoki o’zaro dahldor bo’lgan qarzdorlar guruhiga to’g’ri keluvchi tavakkalchilikning eng yuqori darajasi” to’g’risidagi 422-sonli nizom boshqa aktiv hisobvaraqlari) bo‘yicha zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxiralar kontr-aktiv hisobvarag‘i.
Xulosa. Ma’lumotlarni olish va adabiyotlarga sharx berish bilan, tadqiqotchi o‘z fikriga ega bo‘ladi hamda asoslangan ma’lumotlar asosida amalga oshirmoqchi bo‘lgan tadqiqotni amalga oshiradi. Tadqiqotni nufuzi uni qay darajada nazariy va amaliy asoslanganligi bilan harakterlanadi. Bu o‘z - o‘zidan tadqoqotchidan tadqiqot ohirigacha mavzu bo‘yicha doimiy tarzda izlanishlar olib borish va ma’lumotlarni olib tahlil qilib borishni taqozo etadi. Shu sababli zamonaviy tadqiqot ishida adabiyotlar shahriga bir bob ajratilgan.