MAGISTRATURA BO’LIMI
Mutaxassislik: 5A230701-“Bank ishi va audit”
Ilmiy Tadqiqot Metaddologiyasi fanidan
Yakuniy Nazorat ishi
Dissertatsiya mavzusi: Bank Risklarini Baxolash va boshqarishni takomillashtirish
Bajardi: MBDA-01 guruhi talabasi
Kasimova Muxlisa Anvarqizi
TOSHKENT– 2022
1. KIRISH
Respublikamizda mustaqilligimizdan keying davr mobaynida bozor iqtisodiyotiga mos bo’lgan ikki pog’onali bank tizimi vujudga keltirildi va ushbu tizim o’z rivojini topib, takomillashib bormoqda. Bizga ma’lumki, zamonaviy iqtisodiy muhit tijorat banklari faoliyatida mavjud muammolarning oldini olib, mamlakatimizda bank ishining samaradorligini oshirish asosida xalqaro bank amaliyotiga mos keluvchi bank tizimini yaratishni taqozo qiladi. Mustaqil Respublikamizda banklar faoliyatini jahon amaliyotida qabul qilingan umumiy tamoyillarga moslashtira borishga katta e’tibor berilmoqda. Bu borada, Prezidentimiz shunay deydilar, (I.A.Karimov 2012) “Shu o’rinda mamlakatimiz moliya bank tizimida sodir bo`layotgan ijobiy o`zgarishlarni mamnuniyat bilan aytmoqchiman.
2011 yilda banklarning kapitallashuvi, ularning barqarorligi va likvidligini yanada mustahkamlashga qaratilgan izchil va aniq maqsadli chora tadbirlar amalga oshirildi.
Agar 2010 yida mamlakatimizning 15 ta tijorat banki “barqaror” reytingni olgan bo’lsa, hozirgi kunda ularning soni 23 taga yetdi, bu banklarning aktivlari yurtimiz bank tizimi umumiy aktivlarining 98 foizini tashkil etmoqda.
Ma’lumki, aholining bank tizimiga ishonchi ortib borayotgani banklar faoliyati samaradorligining muhim ko’rsatkichi hisoblanadi.
Banklarning kredit portfeli tarkibi sifat jihatidan tubdan o’zgarmoqda. Agar 2000 yilda kredit portfelining 54 foizi tashqi qarzlar hisobidan shakllantirilgan bo’lsa, 2011 yilda uning 85,3 foizi ichki manbala – yuridik va jismoniy shaxslar tarmoqlariga investitsiya kiritish va shuning hisobidan taraqqiyotimizni depozitlari hisobidan shakllantirildi. Bu esa, o’z navbatida, iqtisodiyotimiz ta’minlashda ichki imkoniyatlarimiz tobora ortib borayotganing dalilidir”.
Shunday ekan, bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko’rsatish uchun tijorat banklarida yetarli resurs mablag’lar bo’lishini, mavjud mablag’’larni eng kam risk asosida joylashtirib yuqori daromad olishni ko’zda tutadi. Yuqori daromad olish uchun esa o’z navbatida banklar olib boradigan operatsiyalarning risklilik darajasini oshiradi, chunki banklar asosan chetdan jalb qilingan resurslar bilan ishlaydilar: ular bir tomondan o’z aksiyadorlari oldida javobgar bo’lsalar, ikkinchi tomondan, o’z mablag’’larini ishonib topshirgan va bank xizmatlaridan foydalanayotgan mijoazlar oldida majburiyatga egadirlar. Shu sababli tijorat banklari boshqa xo’jalik sub’eklariga qaraganda bir necha barobar yuqori risk bilan faoliyat ko’rsatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |