Ma’ruzani o’tishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar
Fan bo’yicha tuzilgan ta’lim texnologiyalari uslubiy qo’llanmaga asosan ma’ruza davomida “Aqliy hujum”, “Blits so’rov”, mulohazada”, “keys-stadi” va boshqa usullardan foydalaniladi.
5.1.Pul muomilasi haqida tushuncha. Pul muomilasi qonuni
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan. Tovar muomilasini ta’minlash pul miqdoriga ko’p jihatdan bog’liq. Muomala uchun kerak bo’ladigan pulni miqdori ishlab chiqarishni rivojlantirish darajasi va uni amalga oshirishning shart – sharoitlariga bog’liq bo’lgan turli xil omillarga bog’liq.
Pulga bo’lgan talabni aholi, korxona va tashkilotlar, davlat va nodavlat tashkilotlarni bildirsa, pul taklifi uni muomilaga chiqaruvchi mamlakatlarning Markaziy banklari tomonidan amalga oshiriladi va shu asosda pul muomilasi sodir bo’ladi.
Pul muomilasi – bu pulning qo’ldan-qo’lga o’tib doimo harakatda bo’lishi tushuniladi.
Naqd pul muomilasi banklardan chiqib korxona va tashkilotlar, davlat va nodavlat tashkilotlari kassalari orqali aholi qo’liga o’tib ular tovar va xizmatlar kabi tirikchilik vositalari xaridi orqali yana bankga qaytadi.
Pulni naqd pulsiz muomilasi korxona, tashkilot, davlat byudjet va boshqa organlarning banklardagi birini hisob varag’idan ikkinchisini hisobvarag’iga o’tkazilishi bilan amalga oshadi. Umuman, pul muomilasini boshqarib turadigan qonunlardan biri bu pul muomilasi qonunidir.
Pul muomilasi qonuni – muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini belgilaydigan, tovar – pul munosabatlarini o’zida aks ettiradigan qonundir.
Bu qonunga ko’ra muomila davrida muomilaga zarur bo’lgan pul miqdori barcha tovarlar summasiga to’g’ri proporsional, pul aylanishi tezligiga teskari proporsional o’zgaradi.
Hozirgi sharoitda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ta’sir etadigan asosiy omillarga quyidagilar kiradi:
1. Sotiladigan tovarlar miqdori (ko’p bo’lsa ko’p va aksincha)
2. Tovarlarni baho darajasi (yuqori bo’lsa ko’p va aksincha)
3. Kreditni rivojlanish darajasi (rivojlangan bo’lsa naqd pul kam talab etiladi).
4. Naqd pulsiz hisob – kitoblarni rivojlanish darajasi
5. Pulni aylanish tezligi.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda quyidagi formulada ifodalash mumkin.
Bunda:
MUPM = muomala uchun pul miqdori
STXM - sotiladigan tovar va xizmatlar miqdori
ShKNPXKB- shundan kreditga va naqd pulsiz hisob-kitoblar bo’yicha
MBTM- majburiyatlar bo’yicha to’lovlar miqdori
ShBBKQM- shundan bir-birini qoplaydigan to’lovlar miqdori
PMTVSUAT-pulning muomala va to’lov vositasi sifatida o’rtacha aylanishi tezligi.
Muomaladagi pul miqdorini yanada aniqroq aniqlashda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005 yil 20 avgustda 18/1 – sonli “O’zbekiston Respublikasi banklarida pul muomilasiga doir ishlarni tashkil etish to’g’risidagi yo’riqnoma”da qayd etilgan Respublika banklarining kassa aylanmasi xomchuti, Respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning hamda Respublika byudjetining xomchut qilinayotgan hisob-kitob ko’rsatkichlari, aholining daromadlari va xarajatlari balansidan foydalanish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |