Bog'liq Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия
Hisob – kitob cheki – bu mijozning xizmat kursatuvchi bankka chek beruvchining hisob varag’idan chek qabul qiluvchining hisob varag’iga ma’lum miqdordagi mablag’larni utkazib berish uchun bankning maxsus blankasida bankka bergan topshirig’idir.
Chek blankalari tijorat banklari buyurtmasiga ko’ra ularning faoliyati uchun yetarli bo’lgan miqdorda Markaziy bank qoshidagi «Davlat belgisi» (Gosznak) korxonasida belgilangan shaklda tayyorlanadi. Bunda chek raqami va seriyasi, bank – emitentning nomi va firma belgisi tipografiya usulida yoziladi.
Hisob – kitob cheklari fakat tovarlar, ish va xizmatlar uchun xo’jalik subyektlari va jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar o’rtasidagi naqd pulsiz hisob – kitoblarda qullaniladi.
Hisob-kitob chekining maksimal so’mmasini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki o’rnatadi, minimal so’mmani esa tijorat banklari tamonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Bank chek berganda jismoniy shaxsning arizasiga asosan chek so’mmasiga 20206 - «Jismoniy shaxslarning talab kilib olinguncha saklanadigan depozitlar» balans hisobvaragiga aloxida ikkilamchi hisobvaragi ochadi va to’lovlarni shu hisob varaqdan amalga oshiradi.
Chek omonat quyuvchi jismoniy shaxsning depozit hisob varaqlarida saklanayotgan mablaglar hisobiga yoki topshirilgan naqd pul hisobiga beriladi.
Chek ikki qismdan: hisob-kitob cheki va milk (koreshok) dan iborat. Milk hisob – kitob chekida kursatilgan so’mmalarni tasdiqlash uchun belgilangan nazorat raqamlarini o’z ichiga oladi. Chekning amal qilish muddati tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Agar chek amal qilish muddatida bankka taqdim qilinmagan bo’lsa, chek so’mmasi 29842 – «Xarakatsiz depozit majburiyatlari» balans hisob varag’ida hisobga olinadi. Chek egasi amal qilish muddati tugagan chek bilan bankka murojoat qilgan taqdirda bank qarshiliksiz chek egasining pasporti yoki unga tenglashtirilgan xujjat asosida chekni qabul qiladi va to’lab beradi.
Chekni berishda tegishli rekvizitlar to’ldirilgach bankni mas’ul xodimi hisob-kitob chekiga imzo quyadi va hisob-kitob cheki milkini nazorat raqamlari joylashgan qismi bo’yicha qirqib ajratadi va muxr bilan tasdiqlaydi.
Hisob-kitob chekini olganligi haqida milkga imzo quyiladi. Alohida daftarga hisob-kitob chekining seriyasi va raqamini, chek nomiga yozilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi va chek so’mmasi yozib qo`yiladi.
Kassir bankning mas’ul bajaruvchisidan barcha zururiy xujjatlarni olgach ularni tekshiradi va imzolaydi, hisob-kitob chekini oluvchidan chek beriladigan so’mmada naqd pullarni va chek omonat daftarchasini topshiradi, chek milkini amaliyot kuni oxirida bank kassiri chek milkining ma’sul bajaruvchiga topshiradi.
Agar hisob-kitob cheki varag’ini to’ldirishda xatoga yo’l qo’yilsa unda ushbu varaq bo’zilgan deb hisoblanadi va uning o’rniga yangi chek varag’i to’ldiriladi.
Hisob-kitob chekini qabul qilish vakolotiga ega bo’lgan tashkilot xodimi mahsulot to’lovi uchun hisob-kitob chekini qabul qilaniyotgan hisob-kitob cheki belgilangan namunadagi balankada tuldirilganligi, uchirib to’zatishlari yo’qligi, nazorat raqamlari chekda yozilgan so’mmaga muvofiqligi, chek muddati o’tmaganligi, unda bank bo’limi muxrining aniq izi va imzolar mavjudligini tekshiradi. Shundan so’ng shaxsiyatini tasdiqlovchi pasportini kursatadi.
Tekshiruvdan sung chek mahsulot uchun to’lovga qabul qilinadi va tashkilot xodimi hisob – kitob chekining teskari tomoniga tashkilotning shtampini va mansabdor shaxsning imzosini kuyadi.
Agar sotilayotgan tovar, ish yoki ko’rsatilgan xizmatning qiymati hisob – kitob cheki so’mmasidan past bo’lsa, u xolda chekni qabul qiluvchi tashkilot ushbu chek so’mmasining 25 foizidan oshmagan miqdorda qiymat qaytimini naqd pulda beradi.
Tovar, ish va xizmatlar to’lovi uchun qabul qilingan cheklar, cheklarni qabul qiluvchi tashkilotlar tomonidan ularga xizmat kursatuvchi bank muassasalariga pul tushumi bilan birga inkassator orqali belgilangan tartibda topshiriladi.
Bank tomonidan qabul qilingan cheklar quyidagi tartibda tulanadi:
a) chek beruvchi va chek qabul qiluvchiga bitta bankda xizmat kursatilganda chek so’mmasi chekni qabul qiluvchi tashkilotning hisob varagi kreditiga va «inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar» hisobvaragi orqali chek beruvchining hisob varagi debetiga utkaziladi. Chekni asl nusxasi bankning kunlik xujjatlariga tikiladi.
b) chek beruvchi va chek qabul qiluvchiga turli banklar xizmat kursatsa:
- chek qabul qiluvchining banki chekda kursatilgan so’mma miqdoridagi mablag’larni qabul qilgan va chekga asosan chek qabul qiluvchini hisob varagiga kiritadi.
- tijorat banklarning elektron hisob – kitob cheklari elektron tizimi orqali chek beruvchining bankiga junatiladi. Chekning asl nusxasi bankning kunlik xujjatlariga tikiladi.
- chek beruvchining bankida chek so’mmasi olingan elektron hisob varaq chek asosida dasturiy yo’l bilan avtomatlashtirilgan tarzda chek beruvchining ikkilamchi hisobvarag’idan hisobdan chiqariladi.
Foydalanilmagan chek bankka taqdim qilinganda bank xodimi:
- taqdim etilayotgan chekning xaqiqiyligini va uning egasini chekni olishda asos bo’lgan xujjat bo’yicha tekshirib ishonch xosil qiladi.
- chekni yuz tomonida quyidagi mazmunda ustxat yoziladi.
«…..» sonli hisobvaraqga …. so’mmani utkazing.
- chekni bankning bosh buxgalteriga beradi, tasdiqlovchi xujjat esa egasiga qaytariladi.
Chek yo’qotilgan taqdirda bank yo’qotilgan chek bo’yicha mablag’larni hisobdan chiqarishga javob bermaydi.
Chek shaklidan foydalanishni ustunliklari quyidagilar:
Chek shaklning kamchiliklari quyidagilar:
- cheklarni yirik hisob – kitoblarga rasmiylashtirilmasligi;
- ularni rasmiylashtirishdagi murakkabliklar;
- chek orqali tovarlarni nominal qiymatida sotib olib bo’lmasligi.
Hisob – kitoblarning memorial- order shakli banklar tomonidan quyidagi hollarda ishlatiladi.