Bog'liq Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия
Inkasso topshiriqnomasi – mablag’lar oluvchining hisob varag’iga to’lovchining hisob varag’idan so’zsiz tartibda mablag’larni hisobdan chiqarish to’g’risidagi bankka topshirigini anglatadi.
Inkasso topshiriqnomasi xo`jalik yurituvchi subyektlarning faqat asosiy talab qilib olgunicha depozit hisobvarag`iga taqdim etilishi mumkin.
Inkasso topshiriqnomalarini quyidagilar taqdim qilishi mumkin:
- Soliq idoralari – soliqlar va davlat byudjetiga boshqa majburiy to’lovlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi byudjetidan tashqari pensiya jamgarmasiga majburiy to’lovlarga oid to’lovlar va boqimandalarni undirib olishda
- O’zavtodor konserni organlari – Respublika yo’l fondiga muddati o’tib ketgan to’lovlar bo’yicha mablag’lar undirishda
- Bojxona organlari – o’z muddatida to’lanmagan bojxona to’lovlari va jarimalarni undirishda
- Davlat ijrochilari va undiruvchilar - ijro xujjatlari bo’yicha pul mablag’larini undirishda
- Qonunchilikka muvofiq boshqa organlar
Ijro xujjatlari deb quyidagilar tan olinadi.
a) Sudlar tamonidan berilgan ijro varaqalari
b) Sud buyruqlari
v) Alimentlar to’lash to’g’risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar.
g) Natariuslarning ijro ustxatlari.
d) Mehnat nizolari bo’yicha komissiya qarorlari asosida beriladigan guvoxnomalar
e) Ma’muriy buyruqbozlik to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish vakolatiga ega organlar. (mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlar
O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi va uning hududiy tuzilmalari yetkazib berilgan energiya resurslari uchun qarzdorlikni iste`molchilar-yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobvarag`idan undirishga haqli.
j) Davlat ijrochilarining qarorlari
z) Qonunchilikda ko’zda tutilgan xollarda boshqa organlarning xujjatlari
Bank tomonidan ijro xujjatlari asosan quyilgan hisob varaqlaridan pul mablag’larini undirish uchun inkasso topshiriqnomalarini faqat ijro xujjatining asl nusxasi yoki uni dublikati ilova qilingan holda qabul qilinadi. Xujjatlarning nusxalari bo’yicha to’lovchilarning hisob varaqlaridan mablag’larni hisobdan chiqarish taqiqlanadi.
Inkasso topshiriqnomasi banka quyidagi tartibda taqdim etiladi:
1. Agar to’lovchi va mablag’lar oluvchiga bitta bank xizmat ko’rsatsa – turt nusxada. Bunda topshiriqnomaning dastlabki uch nusxalari bankda ijro uchun koldiriladi, turtinchi nusxa xujjatlarni qabul qilish sanasi kursatilgan xolda buxgalter tomonidan imzolanib va bankni unga biriktirilgan shtampi bilan tasdiqlanib mablag’larni oluvchiga qaytariladi.
2. Bir xudud ichida hisob – kitoblar yuritishda inkasso topshiriqnomasi bevosita to’lovchining bankiga uch nusxada taqdim qilinadi.
3. Bir xudud ichida, xududlararo hisob – kitoblarda to’langan hamda elektron tizimi orqali olingan elektron inkasso topshiriqnomasi mablag’lar oluvchining bankida ikki nusxada chiqariladi.
To’lovchining hisob varag’ida mablag’lar bo’lmaganda inkasso topshiriqnomasi 2 – kartotekada joylashtiriladi va qonunchilikda o’rnatilgan tartibda navbatida to’lanadi.
Inkassa topshiriqnomasi bitta operatsiya bo`yicha takroran taqdim etilishi mumkin emas, dastlabki inkassa topshiriqnomasi mablag`larni to`lovchiga xizmat ko`rsatuvchi bankga kelib tushmagan hollar bundan mustasno.
Bank aybi bilan inkasso topshiriqnomalari ijro qilinmagan yoki noto’g’ri ijro qilingan xollarda amaldagi qonunchilik asosida va hajmda bank javobgar hisoblanadi.