5.4.Pul agregatlari va uni O’zbekistondagi xususiyatlari
Pul massasi tegishli agregatlarga bo’linadi. Pulni tegishli agregatlarga bo’linishi uni likvidligi jihatidan amalga oshiriladi. Bunda eng yuqori likvidli bo’lgan naqd pullar birinchi o’rinda turadi va hokazo. Pul agregatlarini M harfida belgilanib unga qo’shimcha ravishda pullarni likvidlik darajasiga qarab tegishli raqamlarda ifodalanadi. Ushbu raqamlar turli mamlakatlarda ayrim xususiyatlarga ega. Jumladan, O’zbekistonda naqd pullar Mo bilan AQSH da M1 holida belgilanadi.
Pul agregatlari pullar harakatining muayyan sanaga bo’lgan yoki muayyan vaqt davridagi o’zgarishini tahlil etishda foydalaniladi. O’zbekistonda pul massasi quyidagi qismlardan (pul agregatlari to’plamidan) iborat:
Mo – muomaladagi naqd pullar
M1 – Mo + hisob-kitob, joriy va maxsus hisobvaraqlardagi mablag’lar, sug’urta kompaniyalari, aholining banklardagi talab qilib olinguncha depozitlari.
M2 = M1 + aholining banklardagi muddatli omonatlari
M3 = M2 + davlat zayomlarining sertifikatlari va obligatsiyalari
M4 = M3 + xorijiy valyutadagi depozitlar.
Ushbu agregatlarni belgilanishi turli mamlakatlarda turlicha amalga oshiriladi. O’zbekistonda ushbu agregatlar mamlakat to’lov oboroti sohasida yuz beradigan jarayonlar, jamg’armalar hajmlari, ushbu jamg’armalarni oshirishda qo’llaniladigan vositalarning sonli ifodasi vositalari hisoblanadi; Ular iqtisodiyotning joriy holatini belgilashga imkon beradi va keyingi vaziyatini prognoz qilishda ko’maklashadi. Ushbu agregatlar iqtisodiyot monetizatsiya koeffitsientini aniqlashda ham foydalaniladi.
Bunda 0,7 yoki 0,8 darajasidagi natijalar yo’l qo’yilishi mumkin mohiyatlar hisoblanadi.
5.5.Pul – kredit siyosati va uni asosiy yo’nalishlari
Pul – kredit siyosati muomiladagi pul mablag’lari miqdorini, bank kreditlari stavkalarini, valyuta kurslarini, to’lov balansini va o’z navbatida bevosita mamlakat iqtisodiyoti holatini o’zgartirish uchun yo’naltirilgan talablar majmuasidir.
Markaziy bankning pul – kredit siyosati umum iqtisodiy infratuzilmalarni tartibga solishning bozor konyukturasini yuqori darajada ushlab turish, bandlikka ta’sir o’tkazish, inqirozli tushunchalarni oldini olishning ajralmas qismi sifatida namoyon bo’ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib Markaziy bank tomonidan o’tkaziladigan pul – kredit siyosatining umumiy jihatlariga quyidagilar kiradi:
- Monetar siyosatning asosiy yo’nalishini ishlab chiqish;
-Markaziy bankning hisobga olish siyosati yoki foiz stavkalarini tartibga solish siyosati
-Ochiq bozorlardagi operatsiyalar yoki davlat qimmatli qog’ozlarini sotib olish va sotish
-Majburiy zaxira me’yorlarini o’zgartirish va boshqalar
Umuman, Markaziy bank pul – kredit siyosatini yuritish bilan, uni bajarilishini ta’minlash bilan mamlakat pul – kredit tizimini tartibga solish funksiyasiga asos yaratadi va iqtisodiyotni tartibga soladi, uni yanada yuksalishini ta’minlaydi.
Buni mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishini xarakterlovchi 1-jadval ma’lumotlari ham isbotlaydi:
1 – jadval
O’zbekiston Respublikasi taraqiyotining asosiy ko’rsatkichlari
Ko’rsatkichlar nomi
|
O`lchov birligi
|
2013
|
2014
|
2015
|
2016
|
2017
|
Yalpi ichki mahsulotni yillik o’sishi
|
%
|
8,0
|
8,1
|
8,0
|
7,8
|
5.3
|
Inflatsiya darajasi
|
%
|
6,8
|
6,1
|
5,6
|
5,7
|
14,4
|
Davlat byudjet profitsiti
|
%
|
0,3
|
0,2
|
0,1
|
0,1
|
Ijobiy
|
Iqtisodiyotga investitsiyalar hajmi
|
Mlrd. AQSH dollari
|
13,0
|
14,6
|
15,8
|
16,7
|
Oshgan
|
Jadval ma’lumotlariga ko’ra Respublikamizda keyingi besh yil davomida yalpi mahsulot yillik o’sish sur’ati 8 foiz atrofida bo’lgan. Shu yillarda inflatsiya darajasi pasayish tendensiyasiga ega. Shuning bilan birga 2017-yilda vujudga kelgan narxlar dinamikasini inobatga olib inflyatsiya darajasi oldingi yillarga nisbatan yuqori bo`lgan. Mamlakatimizni davlat byudjeti shu yillarda profitsit bilan yakunlangan, iqtisodiyotga yo’naltirilgan investitsiyalar hajmi yildan yilga oshib 2016-yilga 2013 yilga nisbattan 3,7 mlrd. AQSH dollariga yoki 28,5 foizga ko’paygan.
Mamlakat iqtisodiyotidagi ushbu ijobiy holatlarda Markaziy bank pul – kredit siyosatini to’g’ri yo’naltirilganligi bilan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |