Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali pul va banklar


Muomiladagi pul massasi va uni boshqarish



Download 1,74 Mb.
bet28/174
Sana29.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#593619
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   174
Bog'liq
Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия

5.3.Muomiladagi pul massasi va uni boshqarish
Pul massasi pul muomilasining muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. Pul massasi xo’jalik aylanishidagi naqd pulli hisob-kitoblarni, ya’ni aholi, korxonalar tashkilot va muassasalarga tegishli xarid to’lov vositalarining yalpi hajmini tashkil etadi.
Pul massasi tarkibi uni harakatiga qarab aktiv va passiv qismlarga bo’linadi:
1.Pul massasini aktiv qismi bu pul mablag’larining xo’jalik faoliyatidagi turli xil shakldagi hisob – kitoblarini olib borish bilan bog’liq pullar.
2.Pul massasining passiv qismi – jamg’armadagi va bank hisobvaraqlaridagi pullar qoldig’idan iborat.
Demak, pul massasi nafaqat naqd pullardan, balki bank hisobvaraqlaridagi jamg’armalar, deposit sertifikatlari, investitsion jamg’armalarning aksiyalarini ham o’z ichiga oladi.
Ayrim holatlarda mamlakatlar Markaziy banklari pul muomilasini barqarorlashtirish, uni tartibga solish maqsadida iqtisodiyotni rivojlantirish ehtiyojlaridan kelib chiqib muomiladagi pul massasini kamaytirish yoki ko’paytirish choralarini ko’rish mumkin.
Jumladan, mamlakatimizda 2011 yilda pul massasining o’rtacha yillik o’sishi yalpi ichki mahsulotga nisbattan 1-2 foizga, 2017 yilga pul massasini yalpi ichki mahsulotga nisbattan 0,7 foizga oshishi mo’ljallangan.
Adabiyotlarda pul bazasi tushunchasi ham mavjud bo’lib u Markaziy bank tomonidan muomilaga chiqargan naqd pullar va tijorat banklarining majburiy zaxiralarini o’z ichiga oladi. Ushbu ko’rsatkich pul va kredit multiplikatorlari ko’rsatkichlarini aniqlashda qo’llaniladi.
Bunda pul massasi bilan pul bazasi o’rtasidagi nisbat pul multiplikatorini tashkil etadi.


Naqd pullar depozit hisobvaraqlarida turgan naqd pulsiz shakldagi pul mablag’laridan hosil bo’ladi va tijorat bankining bank multiplikatori mexanizmining amal qilishi natijasida yaratgan pul massasining tarkibiy qismidan iborat bo’ladi. Bank krediti multiplikatoriga tijorat banki Markaziy bankdan kredit oladi uni bir qismini o’z majburiyatlarini qoplashga va qolgan qismini o’z mijozlariga kreditga beradi va uning natijasida, pul massasini muayyan summagacha naqd pulsiz shaklda ko’payishi bank multiplikatorida o’z aksini topadi.
Umuman, Respublikamizda pul massasini boshqarishda Markaziy bank quyidagi usullardan foydalanadi:
1. Majburiy rezerv stavkasi me’yorini belgilash
2. Tijorat banklarini ochiq bozorda qatnashishi
3. Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stavkasini belgilash
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risidagi qonuning 28 moddasiga binoan majburiy rezerv miqdori tijorat bankining yig’ilgan resurslariga nisbattan foizda belgilanadi. Tijorat banklari resurslarining Markaziy bankda saqlanishi lozim bo’lgan ushbu qismi jamg’arma turiga, uning hajmiga, bankning joylashgan o’rniga bo’g’liq bo’lgan holda turli mamlakatlarda turlicha.
Pul massasining maqsadli parametrlardan kelib chiqqan holda 2011 yilga tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli depozitlarni jalb qilish yanada rag’batlantirish maqsadida majburiy rezervlar normasi, yuridik shaxslarni muddati bir yilgacha bo’lgan depozitlari uchun – 15%, muddati bir yildan uch yilgacha bo’lgan depozitlari uchun – 12%, muddati uch yildan ortiq depozitlari uchun – 10,5% miqdorida belgilangan.
Hozirgi ko’pgina davlatlarda pul muomilasini tartibga solishda ochiq bozorda operatsiyalar o’tkazish usulidan foydalanilmoqda. Bu hozirgi kunda qo’llaniladigan monetar siyosatni bir usuli bo’lib, u tijorat banklarining likvidligi darajasiga tez ta’sir o’tkazadigan egiluvchan (moslashuvchan) amaliy va operativ usul hisoblanadi. Bu usuldan foydalanishni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risidagi qonuning 25 – moddasiga “Markaziy bank davlatning qimmatli qog’ozlar, shuningdek bankni o’zi chiqargan qarz majburiyatlarini xarid qilishi va ochiq bozorda sotishi mumkin” - deb ko’rsatilgan.
Bu usulni boshqalardan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab va xohlagan miqdorda o’tkazish mumkin. Bu mexanizm bozorni rivojlanish tendensiyasiga qarab pul muomilasini barqarorlashtira olishi mumkin. Bunda oldi sotdi obyektiga qarab davlat qimmatli qog’ozlar va markaziy bank chiqargan qarz majburiyatlari bo’lishi mumkin. 1996 yilni mart oyida chiqarilgan qisqa muddatli davlat obligatsiyalari (QMDO) tijorat banklari va korxonalarning mablag’larini xavf – xatardan saqlash va daromad olish imkonini beradi.
QMDO larning birlamchi bozori Markaziy bank valyuta birjasida tijorat banklari ishtirokida amalga oshiriladi. Zarur bo’lsa, obligatsiya egasi uni ikkilamchi bozorda sotishi mumkin. 2011 yilni 1 yanvar holatiga ko’ra muomiladagi davlat o’rta muddatli obligatsiyalari hajmi 53 mlrd, so’mni tashkil etib, uni -42 mlrd so’m (79,9) bank hissasiga, qolgan 11 mlrd, so’mi (yoki 20,1%) korxonalar hissasiga to’g’ri keladi. Ushbu obligatsiyalar bo’yicha o’rtacha daromadlilik 5,8%ni tashkil etadi.Markaziy bank tijorat banklarga kreditlar bo’yicha qayta moliyalashtirish stavkasini belgilab beradi.
Bu stavka tijorat banklariga beriladigan kreditlarning bahosini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bu stavkalar Markaziy bankning kredit siyosatidan kelib chiqib keyingi yillarda quyidagicha bo’lgan -1,01,94 dan 225%, 1,03,95 dan 300%, 01.07.1996 yidan 60% 2000 yil boshiga 32,3%, 2003 yilning boshiga 27,7% 2005 yildan 16%, 2008 – yildan 14 foizni, 2011 yildan 12%ni tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2014 yilning 1-yanvaridan boshlab qayta moliyalash stavkasi yillik hisobda 10 foizga, 2015 yilni 1 yanvardan esa 9 foizga tushirildi. Qayta moliyalash stavkasining tushirilishi bank kreditlari bo’yicha foiz stavkalarining pasayishiga asos yaratadi va iqtisodiyotning real sektoridagi investitsion faoliyatini oshirishga olib keladi. Jumladan, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishga ajratiladigan tijorat banklari kreditlari bo’yicha stavkalari va kreditlar hajmi o’sadi (BA 2013 yil, 52-son).
Shuning bilan birga O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining pul – kredit siyosati chora – tadbirlarining iqtisodiyotda narxlar barqarorligi samaradorligini ta’minlashdagi o’rnidan kelib chiqib 2017 yilning 28 iyundan qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizgacha ko’tarish qaror qilindi. Mazkur qarorning qabul qilinishi 2017 yilning o’tgan davrida inflatsiya sur’atlarining tezlashishi hamda inflatsion xatarlarning ortishini cheklash bo’yicha choralarni kuchaytirish zaruriyatining yuzaga kelganligi bilan izohlanadi.
Inflatsiya darajasiga narxlarning mavsumiy o’zgarishi hamda taklif omillari bilan bir qatorda iqtisodiyotni kreditlash hamda milliy valyuta devalvatsiyasining o’tgan yillarga nisbattan yuqoriroq sur’atlarda oshib borishi ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Yuzaga kelgan sharoitda amaldagi foiz stavkalari kredit resurslariga spekulyativ talabning oshishiga hamda sperallar paydo bo’lishi xavfining ortishiga olib kelmoqda. Ushbu holatda qayta moliyalash stavkasini oshirish to’g’risidagi qaror Markaziy bank tomonidan inflatsiya o’sishining oldini oluvchi ta’sirchan chora sifatida quyidagi maqsadlarni ko’zlaydi:
− Monetar omillarning narxlar darajasi o’sishiga ta’sirini va inflatsion xatarlarni cheklash va iqtisodiyot real sektorini kreditlashda muvozanatli shartlarni yaratish;
− Valyuta kursi shakllanishining erkin bozor rejimiga o’tish uchun zaruriy shart – sharoitlarni yaratish;
− Narxlar barqarorligi va past inflatsion kutimalarni ta’minlash hamda o’rta va uzoq muddatli investitsion qo’yilmalarni rag’batlantirish orqali tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish uchun qulay iqtisodiy sharoitlarni shakllantirish.
Markaziy bank kelgusida ham inflatsiya darajasining o’sishiga yo’l qo’ymaslik va iqtisodiyotda barqaror past inflatsion kutilmalarni shakllantirishga qaratilgan maqsadli chora – tadbirlarni amalga oshirishni davom ettiradi.
Iste’mol bozorida narxlar barqarorligi va inflatsion xatarlarning pasayishiga erishilishi bilan qayta moliyalash stavkasi qayta ko’rib chiqilib, pasaytirib boriladi (BA, 2017 y 26-son).



Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish