Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali pul va banklar


Mavzuni o`tishda qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar



Download 1,74 Mb.
bet67/174
Sana29.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#593619
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   174
Bog'liq
Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия

Mavzuni o`tishda qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar:
Fan bo`yicha ta`lim texnologiyalari uslubiy qo`llanmaga asosan ma`ruza davomida “Aqliy hujm”, “Blits-so`rov”, “Munozara”, “Keys-stadi” va boshqa usullardan foydalaniladi.
16.1. Tijorat banklarining mohiyati. Bank faoliyatini tashkil qilishning iqtisodiy va huquqiy asoslari.
O`zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi qonunning birinchi moddasida ta`kidlanganidek “Bank-bu tijorat tashkiloti bo`lib, jismoniy va huquqiy shaxslarning bo`sh turgan pul mablag`larini jalb qilish va ularni to`lovlilik, muddatlilik, qaytarib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi”.
Tijorat banklari bank tizimining muhim bo`g`ini bo`lib, kredit resurslarining asosiy qismi shu banklarda yig`iladi va bu banklar huquqiy va jismoniy shaxslarga xizmatlarni ko`rsatadi.
O`zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining Markaziy bankdan keyingi pog`onasi hisoblanadi. Respublikamizda 2017-yilni yanvar holatiga 28 turdagi, shundan 3 ta davlat-tijorat, 12 ta aksioner-tijorat, 9 ta xususiy va 5 ta chet el sarmoyasini xissasi bilan tijorat banklari mavjud. Ularni 855 ta filiali va boshqa bo`linmalari bilan birgalikda 4299 (shundan qishloq xo`jaligida 2221 ta) bulinmalari mavjud.
1-jadval
O`zbekiston Respublikasida tijorat banklarining asosiy ko`rsatkichlari



T/r

Ko`rsatkichlar



O`lchov birligi

2012y

2013y

2014y

2015y

2016y

1

Tijorat banklari filiallari

Soni

829

837

840

854

855

2

Tijorat banklarining jami kapitali

Trln.
so`m

6.2

6.5

6.9

7.6

9.4

3

Tijorat banklarining jami depotizlari qoldig`i

Trln.
so`m

19.8

26.1

28.5

35.6

44.6

4

Tijorat banklarining jami aktivlari

Trln.
so`m

34.3

43.9

56.2

65.2

80.4

5

Tijorat banklarining jami kredit qo`yilmalari

Trln.
so`m

20.3

26.5

34.8

42.7

53.4

6

Shundan: investitsiya
qo`yilmalari

Trln.
so`m

5.8

7.2

8.6

10.2

12.2

7

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`yektlariga ajratilgan kretidlar

Trln.
so`m

5.3

7.0

9.1

12.1

15.9




shu jumladan mikrokretidlar

Trln.
so`m

0.8

1.4

1.9

2.5

3.3

Respublika hududida tijorat banklari o`z faoliyatini Markaziy bank tomonidan berilgan litseyziya asosida amalga oshiriladi.
Banklarga litsenziya berish O`zbekiston Respublikasining “O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi, “Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to`g`risida”gi va boshqa qonunlar hamda banklar bo`yicha tegishli me`yoriy hujjatlar talablari asosida amalga oshiriladi.
Tijorat banklarini tashkil qilish 1999-yilni 11-fevralida qabul qilingan “Banklarni ro`yxatga olish va ularga litseyziya berish tartibi to`g`risida”gi 630-sonli Nizom asosida olib boriladi. Ushbu nizomda asosan tijorat banklari ochiq va yopiq aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi qonuniga asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat hokimiyati organlari, jamoa birlashmalari, jamoa fondi mablag`lari, shuningdek, kreditga va garovga olingan mablag`lardan foydalanish man etiladi.
“Banklarni ro`yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to`g`risida”gi Nizomga asossan har bir aksiyadorning astav kapitalidagi ulushi 2002-yilning 1 yanvaridan boshlab ustav kapitali umumiy miqdorining 7 foizdan oshmasligi kerak. Shuningdek, banklarning boshqa banklar ustav kapitalida ishtirokiga ruxsat etilmaydi (sho`ba banklar tashkil etish bundan mustasno). Har bir bank o`z ustavi asosida faoliyat ko`rsatadi.
O`zbekiston Respiblikasi Birinchi Prezidentining 2007-yil 7 noyabrdagi “Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo`sh pul mablag`larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga ko`ra tijorat banklari oldiga kapitallarini bir maromda o`sib borishini ta`minlash, kredit portfeli sifatini yaxshilash, loyihalarni moliyalashni takomillashtirish va boshqa vazifalar qo`yilgan.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 9-sentabrdagi 23/2-sonli “Banklarni ro`yxaga olish va ular faoliyatini litsenziyalash to`g`risidagi nizom”ga o`zgartirishlar kiritish haqidaqi qaroriga asosan 2017-yil 1-oktabrdan tijorat banklarining ustav kapitalining eng kam miqdori 100 mlrd. so`m miqdorda belgilangan va u 2019-yilni 1-yanvariga qadar banklar ustav kapitalini ushbu miqdorga yetkazishlari lozim.
Bank faoliyatini to`xtatish va banklarni tugatish “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi qonun hamda Markaziy bankning 240-sonli “Banklarni tugatish tartibi to`g`risida”gi Nizomga asosan amalga oshiriladi.
Banklar va bank faoliyati to`g`risidagi qonunning 19-moddasiga binoan banklar faoliyatini to`xtatish va ularni tugatish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: - aksiyadorlar yig`ilishi qarorlariga binoan;
- Markaziy bank litsenziyani qaytarib olganida;
- bankrot deb e`lon qilinganda.
Rossiyalik tadqiqotchi olim A.N.Makarovni (adab. № 46) ta`kidlashicha Markaziy bank tijorat banklari litsenziyasini chaqirib olishiga asosan quyidagi holatlar sabab bo`ladi:
- qonunlarni bajarmaslik;
- shubxali operatsiyalar;
-aktivlar sifatini pastligi;
-zahiralrni tashkil etilmaganligi;
-likvidlilikni yo`qotilishi;
- pulni ligallashuvidagi qoida buzarlik;
- ichki nazoratni yo`qligi;
- hisobdagi noaniqliklar;
- kapitalni yo`qotilishi;
- hisobotlar tartibini buzganligi;
- kassada pulni yetishmasligi.
Ushbu va boshqa sabablar tufayli o`z faoliyatini to`xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni Davlat ro`yxatiga olish daftaridan chiqariladi. Uni faoliyatini to`xtatganligi matmuotda e`lon qilinadi.



Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish