Bog'liq Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия
15.3. Markaziy bankning nazorat vazifalari bo`yicha vakolatlari hamda Markaziy bank tomonidan qo`llaniladigan choralar va sanksiyalar. Banklar banki sifatida O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tijorat banklari faoliyatini nazorat qiladi. Tijorat banklari faoliyatini Markaziy bank tomonidan nazorat qilinishining zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida Markaziy bankning muhim rol o`ynashi bilan asoslanadi, chunki Markaziy Bank iqtisodiyot bilan bank tizimi o `rtasida vositachi sifatida faoliyat ko`rsatadi. Markaziy bankning nazorat vazifalarini bajarishga doir vakolatlariga qonunning 51-moddasi bag`ishlangan bo`lib unga ko`ra Markaziy bank:
Bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistika hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo`lgan qoidalarni;
Moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish yuzasidan kredit uyushmalari uchun majburiy bo`lgan qoidalarni;
Faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish uchun garovxonalar uchun majburiy bo`lgan qoidalarni belgilaydi;
Banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarning hisoboti va boshqa hujjatlarini olish va tekshirish, ularning faoliyati, shu jumladan operatsiyalari to`g`risida axborot so`rash hamda olish;
Olingan axborot yuzasidan izoh talab qilish;
Banklar va kredit uyushmalarining, ularning filiallari va ular bilan uzviy bog`langan shaxslarning, shuningdek garovxonalarning faoliyatini tekshirishi, qoidabuzarlarga nisbatan sanksiyalar qo`llash;
Banklarning ichki auditiga doir talablarni belgilash;
Bank aktivlari sifatini tasnif qilish va aktivlar bo`yicha ko`rilishi mumkin bo`lgan zararlar o`rnini qoplash uchun shunga monetar rezervlar yaratishga doir talablarni belgilash;
Ishonchsiz aktivlarni hisobdan chiqarish shartlari va taomilini aniqlash;
Banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish to`g`risida ijro etilishi majburiy bo`lgan ko`rsatmalar yuborish;
Bank operatsiyalari ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiqroq qismini sotib olgan taqdirda ularning moliyaviy ahvoli hamda obru-e`tibori haqida axborot so`rash va olish;
Banklar va ular filiallarining rahbarlari, boshqaruv a`zolari hamda bosh buxgalteriga, kredit uyushmalari ijro organlarining rahbarlariga nisbatan malaka talablarini qo`yish.
Tekshirishlar Markaziy bankning vakotali vakillari va Markaziy bank belgilaydigan auditorlar tomonidan amalga oshriladi.
Markaziy bank auditorlardan Markaziy bankning normativ hujjatlariga, shu jumladan tartib va uslubiyatlariga rioya etishlarini talab qilishga, shuningdek, ulardan bank auditi bilan bog`liq har qanday ma`lumotlarni bevosita olishga haqli.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki o`z vakolatlari doirasida tijorat banklari faoliyatini tartibga solishni xalqaro andozalarga mos ravishda tashkillashtirish hamda tijorat banklarining moliyaviy holatiga real baho berishni 1997-yil 22-avgustda tasdiqlangan 10-sinli “Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish qoidalari” bo`yicha olib boradi. Bu qoidaga asosan Respublika tijorat banklari faoliyatini baholashning iqtisodiy me`yorlari tasdiqlangan.
Banklar va ularning filiallari ushbu iqtisodiy normativlarni buzgan taqdirda qonunning 53-moddasida qayd etilgan quyidagi choralar va sanksiyalar qo`llaniladi:
Markaziy bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan 0,1 foizgacha jarima undirish yoxud ayrim operatsiyalarni o`tkazishni olti oygacha bo`lgan muddatga cheklab qo`yish huquqiga ega.
Agar yo`l qo`yilgan tartib buzilishlar yoki bank o`tkzayotgan operatsiylar omonatchilar va kreditorlarning manfaatlariga aniq xavf tug`dirgan bo`lsa, Markaziy bank:
Banklardan ustav kapitalini eng kam miqdorining bir foizidan oshmagan miqdorda jarima undirishga;
Bankdan bankni moliyaviy sog`lomlashtirish, shu jumladan aktivlar tuzilmasini o`zgartirish, bank xarajatlarini kamaytirish va aksiyalarga dividentlar to`lashni to`xtatish tadbirlarini ko`rishni, bank yoki uning rahbarlarini, shu jumladan bank kengashi rahbarlari va a`zolarini almashtirishni, bankni qayta tashkil etilishini filialni tugatishni talab qilishga;
Bank uchun iqtisodiy normativlarni 6 oylik muddatlarigacha o`zgartirishga;
Bankning ayrim operatsiyalarini amalga oshirishini bir yilgacha bo`lgan muddatga taqiqlab qo`yishga;
Bankni sog`lomlashtirish yoki Markaziy bank ko`rsatmalarini bajarishi uchun zarur bo`lgan davrda mansabdor shaxslar va aksiyadorlar ega bo`lgan barcha vakolatlarini vasiyga berib, bankga vasiylik qilish tartibini belgilash to`g`risida qaror qabul qilishga;
Bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani qaytirib olishga haqlidir.
Bank filiallari to`lovlarni o`z vaqtida o`tkazmagan va ularning vakillik hisobvaraqlari qoniqarsiz ahvolga bo`lgan hollarda Markaziy bank bank filiali ushbu xarakat natijasida olgan daromadini qat`iy tartibda undirib oladi, shuningdek shunday miqdorda jarima soladi.
Kredit uyushmalari, garovxonalar, shuningdek qimmatli qog`ozlar blankalari ishlab chiqaruvchilarga nisbatan choralar va sanksiyalar qo`llash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.