Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali pul va banklar



Download 1,74 Mb.
bet63/174
Sana29.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#593619
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   174
Bog'liq
Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия

Nazorat uchun savollar

  1. Banklarning paydo bo`lishiga sabab bo`lgan tarixiy shartsharoitlarini yoritib bering?

  2. Banklarning turlari va ular faoliyatining o`ziga xos xususiyatlarini, bank tizimi va uning elementlarini aytib bering?

  3. O`zbekiston Respublikasining bank tizimini, pul xo`jaligining yuzaga kelishi va pullarni saqlash uchun maxsus muassasalarning zarurligini, pul xo`jaligining nomarkazlashuvi va uning shakllarini kengayishi bo`yicha nimalarni bilasiz?

  4. Pul va kredit xo`jaliklarining barqaror shakllarining yuzaga kelishi, markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari va shartsharoitlari bo`yicha nimalarni bilasiz?



15-mavzu. Markaziy bankning mustaqilligi
Reja
15.1. Markaziy bankning mustaqilligi va funksiyalari
15.2. Markaziy bank aktivlari va passivlarining tarkibi
15.3. Markaziy bankning nazorat vazifalari bo`yicha vakolatlari hamda Markaziy bank tomonidan qo`llaniladigan choralar va sanksiyalar.


Tayanch tushunchalar: pul massasi, xazina, maslahatchi, byudjet, daromad, xarajatlar, majburiyatlar, vakolat, emissiya, deposit, liberallashtirish, sanksiya, banknote va b.
Mavzuni o`tishda qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar:
Fan bo`yicha ta`lim texnologiyalari uslubiy qo`llanmaga asosan ma`ruza davomida “Aqliy hujm”, “Blits-so`rov”, “Munozara”, “Keys-stadi” va boshqa usullardan foydalaniladi.


15.1. Markaziy bankning mustaqilligi va funksiyalari
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki o`z miqyosi va faoliyat darajasiga ko`ra respublikaning bosh banki, bank tizimini boshqaruvchi bank hisoblanadi. Markaziy bank O`zbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va xazina vakili sifatidagi vakolatga ega.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumatning xazina vakili sifatida hukumat hisobvaraqlarini yuritadi, hukumatning moliya operatsiyalariga ko`maklashadi, byudjet daromad va xarajatlari masalalari yuzasidan maslahat beradi, davlat qimmatli qog`ozlarini joylashtiradi, ular bo`yicha hisobvaraqlar yuritadi va davlatning boshqa qarz majburiyatlari bo`yicha to`lovlarni amalga oshiradi.
Yuqoridagilar Markaziy banklarni vakolatlariga kiradi va u Markaziy Bank to`g`risidagi qonunning 6-moddasida “Markaziy Bank o`z vakolatlari doirasida qarorlar qabuk qilish borasida mustaqildir” – deb o`z aksini topgan.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki o`ziga yuklatilgan vakolatlarni bajarish yuzasidan quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Banknotalar (naqd pullar) emissiyasi Markaziy bankning qadimgi va muhim funksiyasidir. Qonunning 38-moddasiga ko'ra muomalaga naqd pullami chiqarish va undan olish faqat Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2002 yil 6 apreldagi «Pul massasi oshishini chegaralash va moliyaviy intizomni ta'minlash javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni naqd pullarni bankka o'z vaqtida qaytishini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Respublikamizda naqd pul muomalasini chegaralash maqsadida plastik kartochkalardan foydalanishni kengaytirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2777-sonli “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori muhim ahamiyatga ega.
2. Tijorat banklari kassa rezervlarini to'plash va saqlash. Qonunning 28-moddasida bu holat o'z aksini topgan bo'lib minimal zaxiralar bu tijorat banklari resurslarining Markaziy bankda saqlanishi zarur bo'lgan qismidir. Majburiy rezerv miqdori tijorat bankining yig'ilgan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Respublikamizda ushbu rezerv foizi 2008 yildan boshlab 15% ga teng bo'lgan bo'lsa 2013 yilda 1 yilgacha bo'lgan depozitlar bo'yicha 15 foizni, l-3 yilgacha bo'lgan depozitlar bo'yicha 12 foiz, 3 yildan oitiq muddatdagi depozitlar bo'yicha 10,5 foiz holida belgilangan.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruv tomonidan e`lon qilingan monetar siyosatini 2018-yilga mo`ljallangan asosiy yo`nalishlarida ushbu majburiy rezerv stavlariga tajribadan kelib chiqqan holda o`zlashtirishlar kiritish mo`ljallangan.
3. Oltin-valyuta zahiralarini saqlash. Bu mamlakat to`lov balansi taqchilligini qoplash va milliy valyuta kursini barqarorligini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega. Valyuta kursi barqarorligini ta`minlashda Respublikamiz Prezidenti tomonidan, 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo`yicha navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida”gi 2017-yil 6-dekabrdagi “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy vayutani olib kirish va olib chiqib ketishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonlari ahamiyatli hisoblanadi.
4. Tijorat banklarini kreditlash. Kredit muassasalari depozitlarini markazlashuvi kredit operatsiyalarini kengaytirish uchun baza hisoblanadi. 2012-yilda banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga milliy valyutada berilgan kreditlar 20,3 trln. so`mni tashkil etdi, uning 28,6 foizi investitsiya kreditini tashkil qilgan bo`lsa, 2016-yilda uni hajmi 53,4 trln. so`mni va 72,8 foizni tashkil etdi.
5. Davlat banki sifatida hukumat uchun kredit berish va hisob-kitob operasiyalarmi bajarish. Bu markaziy bankda hukumat tashkilotlari va muassasalarining hisobvaraqlarini yuritilishida, shu hisobvaraqlar orqali qimmatli qog'ozlar, uzoq va qisqa muddatli kreditlar, davlat obligasiyalarini sotib olish, chet el valyutasi bo'yicha va boshqa operasiyalarni amalgaoshirilishi bilan bog`liq.
6. Hisob-kitob va almashuv operasiyalarini amalga oshirish. Qonunning 40-, 43-moddalariga binoan Markaziy bank milliy valyutani chet el valyutasiga nisbatan kursini belgilaydi, uni almashish limitini belgilaydi, respublika hududi va undan tashqarida valyuta operasiyalarini amalga oshiradi.
7. Pul-kredit siyosati. Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta'minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o'rnatish asosida inflyatsiya suratlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini oshirish va iqtisodiyotning barqaror o'sishini ta'minlashdan iborat.
Bu ko`rsatkichlar bo`yicha monetar siyosatning 2018-yilga mo`ljallangan asosiy yo`nalishlarida qayd etilishicha 2017-yilda yuzaga kelgan narxlar dinamikasini inobatga olib yil yakuni bo`yicha inflyatsiya darajasi 12-14 foiz darajasida rejalashtirilmoqda. 2018-yilda dastlabki prognozlarga ko`ra mamlakatimizda iqtisodiy o`sish 5,5-6,0 foiz atrofida bo`ladi.
8. Nazorat funksiyasi. Bu funksiyaga qonunning 50-54-moddalari bag'ishlangan bo'lib, ularda tijorat banklari faoliyatining nazorati va ulami Markaziy bank bilan o'zaro munosabatlari aks etgan.



Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish