Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali pul va banklar


Mavzuni mustaqil o'rganish bo'yicha savollar



Download 1,74 Mb.
bet61/174
Sana29.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#593619
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   174
Bog'liq
Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия

Mavzuni mustaqil o'rganish bo'yicha savollar

  1. Banklar va ularni paydo bo'lishi.

  2. Bir pog'onali va ikki pog'onali bank tizimi.

  3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarni o`rni va ahamiyati.

  4. Jahon amaliyoti bank tizimining taraqqiyot bosqichlari.

  5. Jahonning eng qadimiy banklari.

  6. O`zbekiston Respublikasi bank tizimi taraqqiyotining I, II, III bosqichlari.

  7. O`zbekistoning zamonaviy bank tizimini yaratish bo`yicha qo`yilgan vazifalar.

  8. O`zbekiston Respublikasi bank taraqqiyosining IV bosqichi xususiyatlari.

  9. O`zbekiston Respublikasida valyuta munosabatlarini liberallashtirish bo`yicha keyingi yillarda amalga oshirilgan ishlar.

  10. O`zbekiston Respublikasida banklarning turlari.

  11. Banklar faoliyatining iqtisodiy va tashkiliy asoslari.

  12. Banklar faoliyatining me`yoriy-huquqiy asoslari.

  13. Moliya-kredit institutlari.

  14. Nobank kredit tashkilotlari va ular faoliyatining xususiyatlari.

  15. Xorijiy davlatlar bank tizimi.

  16. Ayrim xorijiy mamlakatlar banklari faoliyatining xususiyatlari.



14-mavzu. Markaziy bank va uning funksiyalari
Reja
14.1. O`zbekiston Respublikasining bank tizimi
14.2. Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari va shart sharoitlari.

Tayanch iboralar:
Mavzuni o`tishda qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar:
Fan bo`yicha ta`lim texnologiyalari uslubiy qo`llanmaga asosan ma`ruza davomida “Aqliy hujm”, “Blits-so`rov”, “Munozara”, “Keys-stadi” va boshqa usullardan foydalaniladi.
Markaziy bank - kredit tizimining bosh banki bo'lib, mamlakatda pul-kredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi.
Birinchi markaziy banklar bundan qariyb uch yuz yil oldin tijorat banklarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Bularga 1668-yilda tashkil bo`lgan Shved Riks banki, 1844-yilda tashkil qilingan Angliya banklari va boshqalar kiradi.
Yevropa mamlakatlarida Markaziy banklar ancha kechroq, asosan XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat ko'rsata boshlagan. AQShda Markaziy bank funksiyasini 12 federal rezerv bankidan iborat federal rezerv tizimi bajaradi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1992-yilning sentabr oyidan sobiq SSSR davlat bankining Respublika bo'limi zaminida paydo bo'lgan.
Jahon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yo'li mavjud:
Birinchi yo`l – uzoq davr mobaynida tijorat banklarining rivojlanishi natijasida ularni Markaziy bankga aylanishi. Shu holat 1844-yilda Angliyada, 1848-yilda Fransiyada, 1874-yil Ispaniyada, 1875-yilda Germaniyada (Reyxsbank), 1893-yilda Italiya Markaziy banklari tashkil bo'lishi bilan bog'liq.
Ikkinchi yo'l – bir yo`la Markaziy bank – emission markaz sifatida tashkil qilingan banklar. Bunday banklarga AQShning federal banklari, 1913-yildan tashkil etila boshlangan Lotin Amerikasi mamlakatlari banklari, Avstriya Markaziy banki va boshqalarni kiritish mumkin.
Markaziy bank iqtisodiyotni boshqarishda va bank tizimini nazorat qilishda muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun ham uning faoliyati uning Ustaviga nisbatan yuqori kuchga ega bo'lgan qonun bilan tartibga solinadi. Markaziy bank alohida statusga ega bo`lgan holda butun bank tizimini, davlat organlarini nazorat qilib uning faoliyati, vazifalari va yuklatilgan majburiyatlar uni tijorat faoliyati chegarasidan chiqadi.
Umuman, O`zbekiston Respublikasining Markaziy bankining O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasining Oliy majlisi Qarorlari, 1995-yil 21-dekabrida qabul qilingan va 2002-yilda o`zgartirishlar kiritilgan. “Markzaziy bank to`g`risida”gi qonun va boshqa ayrim qonunlar bilan tartibga solinadi.
Jumladan, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 124-moddasida – “O`zbekikiston Respublikasi bank tizimini Respublika Markaziy banki boshqaradi” – deyilgan.
Markaziy bank o`z faoliyati natijalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga hisob beradi va u Markaziy bank to`g`risidagi qonunning 5-moddasida aks etgan bo`lib, unga ko`ra Oliy Majlis:

  • O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga ko`ra Markaziy bank Raisini tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;

  • Yillik hisobotni, shuningdek, auditorlik xulosalarini ko`rib chiqadi.

Markaziy bank shu kabi pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetary siyosatning asosiy yo`nalishlari to`g`risidagi axborotlarni har yili matbuotda e`lon qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs sifatida davlat mulkiga asoslangan bo`lib, iqtisodiy jihatdan mustaqil tashkilot sifatida o`z xarajatlarini daromadlari bilan qoplaydi.

Kredit - bank tizimining shakllanishi va rivojlanishi - iqtisodiy isloxatlarni amalga oshirilishining ajralmas belgilaridan (xususiyatlaridan) biridir. Bu shu bilan ta`kidlanadiki, bank tizimi xar qanday turdagi iqtisodiyotning markaziy tizimini tashkil qiluvchi unsurlaridan hisoblanadi. Bank tizimi vaqtinchalik bo`sh turgan pul mablag’larini akkumulyatsiya qilish funksiyasini amalga oshiradi. Bank tizimining muvoffaqiyatli ishidan iqtisodiyotni samarali faoliyat ko`rsatishi, umuman olganda mamlakatdagi iqtisodiy o`sish bog’liq bo`ladi. Bank deb pul mablag’larini yig’uvchi, saqlab beruvchi, kredit hisob va boshqa xar-xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi.


Agar mamlakatda etarli darajadi bank faoliyatini ko`rsatayotgan banklar, kredit tashkilotlar xamda iqtisodiy tashkilotlar mavjud bo`lsa u xolda bank tizimi mavjudligi to`g’risida gap yuritsa bo`ladi. Ushbu sharoitda banklar va kredit tashkilotlari turli shakllarida xamda doimo o`z mijozlari- iqtisodiyot sub`ektlari, Markaziy bank, boshka organlar, davlat xokimiyatlari va davlat boshkaruv organlari, o`zaro yoki yordamchi tashkilotlar bilan mulokotda (munosabatda) bo`lib turadilar.
Bank tizimi - tashkiliy tuzilma sifatida yirik tizim bo`lib – mamlakatning iqtisodiy tizimiga kiradi. Bu shuni bildiradiki, banklarning faoliyati va rivojlanishini moddiy va nomoddiy ne`matlarni ishlab chiqarish, muomala va iste`mol qilish bilan bog’liq xolda ko`rib chiqish zarurdir. O`zining amaliy faoliyatida banklar xo`jalik xayotini tartibga solish mexanizmi bilan o`zviy ravishda bog’liq.
Tijorat banklarini belgilariga qarab quyidagi turlarga bo`lish mumkin. Mulkchilik shakliga qarab banklar: davlat bankiga, aktsiyador banklarga, kooperativ, xususiy, mintakaviy, aralash mulkchilikka asoslangan bankka bo`linadi. Aksiyador banklar aktsiyador jamiyat kabi ochik turdagi yoki yopiq turdagi aktsiyador banklar bo`lishi mumkin. Aksiyadorlar safiga kirish aktsiyalarni sotib olish yuli bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning aktsiyalarini sotib olishi va aktsiyadorlar bo`lishi mumkin.
Ba`zi tijorat banklari paylar (badallar) xisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari xam xuquqiy va jismoniy shaxslar bo`lishi mumkin.
Xususiy banklar - jismoniy shaxsning pul mablag’lari xisobidan tashkil qilingan banklar xisoblanadi.
Joylashish belgisiga qarab tijorat banklar: xalkaro, respublika, mintakaviy, viloyat banklariga bo`linishi mumkin.
Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklar - universal va maxsus banklarga bo`linadi.
Universal banklar xilma-xil operatsiyalar bajarish, xar xil xizmatlar amalga oshirish xususiyatiga ega bo`ladi. Maxsus banklar ma`lum yo`nalishlarga xizmat ko`rsatib, o`z faoliyatini shu yo`nalishlarda yutuklarga, samaradorlikka erishishga bag’ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko`rsatuvchi banklar, eksportimport operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, ipoteka-zamin banklari kirishi mumkin.
Segmentlangan bank tuzilmasi tijorat va nobank kredit tashkilotlariga faoliyat muhitini (operatsiyalarini) qat`iy qonuniy tomonidan chegaralab qo`yilishini bildiradi. Bunday holat hozirda AQSH, Yaponiya, Kanada kabi davlatlarda mavjud bo`lib ularda korparativ mijozlarning qimmatli qog’ozlarni chiqarish va joylashtirish operatsiyalari bilan shug’ullanishlari taqiqlanadi. Biroq, bugungi kunda AQSH 1933 yilda qabul qilingan Glass-Stegal qonuni bekor qilinishi kutilmoqda. Ammo, rivojlangan mamlakatlarga bir yoki ikki pog’onali bank tizimi xosdir. Bir pogonali bank tizimi varianti mamlakatda yagona markaziy bank xali mavjud bo`lmasa yoki bitta markaziy bankdan iborat bo`lsagina real (xaqiqatda) mavjud bo`lishi mumkin.
Ammo sivilizatsiya darajasidagi bozor iqtisodiyoti sharoitiga ikki pog’onali bank tizimi xos. Bunda birinchi pog’ona banklari-bu Markaziy bank, ikkinchi quyi pog’ona esa-tijorat banklari va kredit tashkilotlaridir. Markaziy bank-bank tizimi mavjud bo`lgan barcha davlatlar pul-kredit tizimining asosini tashkil kiladi. Markaziy bankning moliya bozoridagi o`rni mamlakatda bozor munosabatlarining rivojlanish darajasiga va xususiyatiga bog’liq.
Bu esa o`z navbatida ikki pogonali bank tizimini shakllanishiga asosiy omil bo`lib xisoblanadi. Chunki buning tepasida Markaziy bank bo`ladi. Ikki pogonali bank tizimining zarurli bozor munosabatlarining qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tomondan, bu xususiy moliya mablag’laridan erkin foydalanish xuquqini talab qiladi. Bu quyi pog’ona banklar-tijorat banklari orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, bu munosabatlarni ma`lum miqdorda tartibga solish nazorat kilish maksadli yo`naltirish zarur. Bunday maxsus institut sifatida Markaziy bank yuzaga chiqadi.
Bank faoliyatini maxsus litsenziya asosida amalga oshiriladigan faoliyatdir. Biz aytganimizdagi O`zbekiston Respublikasi Tijorat banklari Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida faoliyat olib boradilar. Bozor iqtisodiyoti va jaxon xo`jaligi rivojlanishi bilan bank tizimi xam rivojlana bordi. Xozirgi sharoitda banklar tobora ko`proq faqat sof bank operatsiyalarini bajaradigan emas.
Tijorat banklari quyidagi operatsiyalarni bajaradi:

  • passiv operatsiyalar;

  • aktiv ssuda operatsiyalari;

  • bank xizmatlari va vostitachilik operatsiyalari;

  • bankning o`z mablag’lari xisobidan amalga oshiradigan operatsiyalar va boshqalar.

Shu bilan birga banklar moliyaviy xizmatlar ko`rsatadigan moliyaviy muassasalarga aylanmokda, bu bank balansida aks ettirilmaydi, lekin juda katta daromad keltiradi. Masalan: banklar valyuta operatsiyalarini bajarganda sarroflar-brokerlar sifatida maydonga chiqadilar va katta miqdorda vositachilik xaqi oladilar. Lekin bu operatsiyalar bank balansida aks ettirilmaydi. Xozirgi paytda yirik tijorat banklari qariyib 350 turdagi moliyaviy xizmat ko`rsatmokda.
O`zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to`g’risida»gi qonunda tijorat banklarining quyidagi operatsiyalari qayd qilingan:

      1. Mijozlarning xisob varaqalarini olib borish:

      2. Mijozlarga kassa xizmati ko`rsatish:

      3. Mijozning topshirig’iga binoan nakd pulsiz xisobkitoblarni bajarish:

      4. Qisqa yoki uzok muddatli kreditlar berish:

      5. Shartnoma yoki pullik asosida buyurtmachining topshirig’iga binoan kapital quyilmalarni mablag’ bilan ta`minlash:

      6. Bo`sh pul mablag’lari-depozitlarini muomalaga jalb qilish:

      7. Axolidan omonatlarni qabul qilish:

      8. Faktoring operatsiyalarini amalga oshirish:

      9. Lizing operatsiyalarini amalga oshirish:

      10. Tijorat banki davlatning hamda boshqalarning qimmatli qogozlarini xarid qilish va sotish:

      11. Xorijiy valyuta va qimmatli metallarni xarid kilish va sotish:

      12. O`z mijozlari uchun kafolat va majburiyatlar berish:

      13. Byudjetning kassa ijrosini bajarish:

      14. Bank operatsiyalari bo`yicha maslaxatlar berish va boshqa operatsiyalar.

Ular orasida eng ko`p tarkalgani veksellarni xisobga olish usulidir. Bank veksel saklovchidan nakd xisob-kitob kilish yo`li bilan veksel sotib oladi. Unda qayd etilgan summadan xisobga olish foizini - ko`rsatilgan xizmat uchun xaq ushlab qoladi. Veksel bo`yicha tulov muddati kelganida bank uni vekselni sotgan veksel’ saklovchiga emas, balki vekselni bergan shaxsga takdim etadi.
Qimmatli qog’oz garovga olinib, beriladigan ssudalar, shuningdek mana shunday qog’ozlarni xarid qilish bo`yicha operatsiyalar fond operatsiyalari deb yuritiladi.
Tovar evasiga beriladigan ssudalar omborlar yo`ldagi va savdo aylanmasidagi bo`lgan tovarlarni garovga olib takdim etildi. Ssudalar o`z muddati to`lanmagan hamma xollarda garovga qo`yilgan qimmatli qog’ozlar va tovar moddiy boyliklari bank ixtieriga mulk bo`lib o`tadi. To`lov qobiliyatiga shubxa yo`q yirik mijozlarga bank xech qanday ta`minotsiz ssudalar eki bank kreditlari deb ataladigan qarzlar beradi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish