Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali pul va banklar


Inflatsiyaning turlari va va ko’rsatkichlari



Download 1,74 Mb.
bet35/174
Sana29.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#593619
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   174
Bog'liq
Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия

8.2. Inflatsiyaning turlari va va ko’rsatkichlari
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning quyidagi turlari mavjud.
1.Sudraluvchi inflyatsiya. Baholarning o’rtacha yillik o’sishi 5-10 foizdan oshmaydi. Inflyatsiyaning bu turi ko’proq rivojlangan mamalakatlarga xos bo’lib, mamlakatni iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab baholar oshishi 3-4% atrofida ham bo’lishi mumkin. Bu inflyatsiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni rag’batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo’lishi mumkin.
2.Suzib yuruvchi inflyatsiya. Bunda narx - navo tezroq o’sa boshlaydi, iqtisodiy o’sish sur'atlari pasayadi, ishsizlik ko’paya boradi, inflyatsiya yiliga o’rtacha 8-12% atrofida bo’ladi.
3.Shiddatli. Bunda baholarni o’rtacha yillik o’sishi 10-100% (ba'zida 200%gacha) bo’lishi mumkin. Inflyatsiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarga xos.
4.Giperinflyatsiya. Baholarning o’sish sur'atlarini yiliga 200%dan oshib ketadi. Bu inflyatsiya mamlakatlararo iqtisodiy rivojlanishning inqirozli davriga mos keladi va u iqtisodiyot tarkibiy qismlarini o’zgarishi bilan bog’liq.
Ayrim mualliflar (Rashidov O. Yu va boshqalar) inflatsiyaning talab, xarajatlar, kredit, import, kutilayotgan turlari mavjudligiga ham to’xtalishadi.
Talab inflatsiyasi. Inflatsiyaning ushbu turi mamlakat aholisi va xo'jalik subyektlarning daromadlari haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar hamda ko'rsatilgan xizmatlar miqdoridan tez o'sadi. Odatda, talab inflatsiya aholining to'liq ish bilan ta’minlangan holatda yuzaga chiqadi. Aholi daromadlarining tez sur’atda o'sishi natijasida mahsulotlarga, bajarilgan ishlar va ko'rsatiladigan xizmatlarga bo'lgan narx-navo oshadi. Bunday holatda talabning har qanday o'sishi narx-navoning o'sishiga olib keladi.
Xarajatlar inflatsiyasi. Inflatsiyaning ushbu turi xomash’yo va energetik resurslarga bo'lgan xarajatlarning o'sishi tufayli ishlab chiqariladigan mahsulotlar va bajariladigan ishlarning narx-navosini o'sishi natijasida yuzaga chiqadi. Xomash’yo va energetik resurslarga bo'lgan dunyo narxlarini ko'tarilishi hamda xorijiy valutaga nisbatan milliy valuta kursini pasayishi xarajatlar inflatsiyasining yuzaga chiqishining asosiy sabablari hisoblanadi. Xarajatlar inflatsiyasida ma’lum bir mahsulotning narx-navosini o'sishi avtomatik ravishda boshqa mahsulotlar narx-navosini o'sishiga olib keladi.
Kredit inflatsiyasi. Ushbu inflatsiya turi mamlakat markaziy, banki mamlakatlar milliy banklari tomonidan olib boriladigan kredit ekspansiyasi natijasida yuzaga chiqadi. Markaziy bank tijorat banklari uchun yuqori darajadagi qayta moliyalashtirish stavkasining o'rnatilishi natijasida xo'jalik subyektlariga beriladigan kredit qimmatlashadi. Xo'jalik subyektlari olingan kredit va u bo'yicha foizlarning o'zlari ishlab chiqaradigan mahsulot tannarxiga kiritadi hamda ushbu holat mahsulotlar narx-navosini ko'tarilishiga sabab bo'ladi.
Import bilan bogiiq inflatsiya. inflatsiyaning ushbu turi aniq olingan mamlakatga tashqi omillar asosida yuzaga chiqadi. Ushbu holatda import qilinadigan mahsulotlarga bo‘lgan narx-navoning ko‘tarilishi natijasida ba’zi mahsulotlarga bo'lgan narx-navolar zanjir tarzida ko'tarilishi mumkin.
Kutilayotgan inflatsiya. Inflatsiyaning ushbu turida davlat tomonidan olib borilayotgan pul-kredit va budjet siyosati natijasida joriy yil uchun inflatsiyaning reja darajasi belgilanadi va u daraja tartibga solib turiladi. Jumladan, Respublikamizda 2016 yilga belgilangan reja ko’rsatgichlari ichida Inflatsiyaning o’sishi 5-7 foiz bo’lishi mo’ljallangan. Haqiqatan shu yili inflatsiya darajasi 6 foizni tashkil etdi. Mamlakatimizda inflatsiyaning 2017- yilga mo’ljallangan reja ko’rsatkichi 5-6 % holida belgilangan.
Inflyatsiya ko’rsatkichlarini aniqlashda nafaqat chakana baho, balki ulgurji bahoni oshishi ham hisobga olinadi. G’arb mamlakatlarida inflyatsiyaning asosiy ko’rsatkichi qilib chakana baholarning o’zgarishi (oshishi) qabul qilingan. Bunda ma'lum davrda baholar ikki barobar oshsa, pul ham ikki marta qadrsizlangan deb hisoblandi.
Ba'zi bir iqtisodchilarning ta'kidlashicha (Kembeld.R va boshqalar ekonomiks. M1993y. 163-bet) inflyatsiya bu barcha tovarlar baholarining oshishini bildirmaydi. Inflyatsiya juda tez o’sgan taqdirda ham ayrim tovarlar bahosi barqaror bo’lib qolishi, boshqalarniki tushishi ham mumkin. Ba'zida davlat aralashuvi bilan aholi iste'moli uchun zarur bo’lgan ayrim tovarlar bahosi ma'lum davrda barqaror darajada ushlab turishi mumkin, ammo inflyatsiyaning kuchayib borishi shu tovarlar baholarining ham pirovard natijada oshishiga olib keladi.
Umuman, baholar o’sishini hisoblash maxsus davlat organlari tomonidan aniqlanadigan baholar indeksiga asoslanadi. Aynan baholar indeksiga asoslanib inflyatsiya sur'ati ko’rsatkichi aniqlanadi. Buning uchun joriy yil baholar indeksidan bazis davr baholar indeksini chegirib, bazis davr baholar indeksiga bo’linadi. Masalan: 2016 yilda iste'mol tovarlarining baho indeksi 123, 2017 yilda 130bo’lsa, 2017 yilda inflyatsiya sur'ati quyidagicha bo’ladi.



Demak, 2017 yilda inflyatsiyaning o’sish sur'atlari 5,69 foizga teng.


Inflyatsiyaning muhim ko’rsatkichlaridan biri bo’lib yalpi ichki mahsulotning deflyatori ko’rsatkichi hisoblanadi. Deflyator - bu mamalakat iqtisodiyotidagi inflyatsiyaning umumiy darajasini ko’rsatib u iste'mol savatiga kiradigan barcha tovar va xizmatlar baho indeksini o’z ichiga oladi. Bu indeks umumiy baho o’sishini iste’mol savatiga kiradigan baholar indeksi bilan taqqoslash imkoniyatini beradi.
YAIM deflyatori quyidagi tartibda aniqlanadi.
DYAIM =



Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish