20.3 Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, uni tashkil topishi, faoliyati xususiyatlari va maqsadi. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, AQSh ning Brutton Vuds Xalqaro valyuta-moliya konferensiya qaroriga binoan va xalqaro valyuta jamg'armasi ta'sisligida tashkil topgan. Bankning ustavi rasmiy ravishda 1945-yilda kuchga kirgach 1946-yildan ish boshlagan. U Vashingtonda joylashgan. Uning asosiy maqsadi a'zo davlatlar iqtisodiyotiga uzoq-muddatli kreditlar va qarzlar berish, xususiy investitsiyalarni kafolatlashdan iborat.
XTTBga a'zo bo`lish huquqiga XVJ ga a'zo bo'lgan mamlakatlar ega. XTTB Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus muassasi davlatlararo investitsion instituti hisoblanadi. XTTB geografik jihatdan dunyo bo'yicha taraqqiy etayotgan mamlakatlarga kredit yordami ko'rsatadi. XTTB tomonidan kreditlar davlat kafolati ostida 15-20 yilga, 5-yillik imtiyoz davrini qo`shgan holda obyekt qiymatini 30 foizgacha qoplash bilan beriladi.
O`zbekiston xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankiga 1992-yil 2- iyulidan a`zo.
XTTB loyihasida Respublikamizning Ellikqal'a, Marhomat, Nishon, Sherobod, Oxongaron, OTB loyihasida Zomin, Kattaqo'rg'on, Quyichirchiq, Jarqo'rg'on, Qumqo'rg'on, Angor, Muzrabot va Terrniz tumanlari ishtirok etgan.
Mazkur loyihalar doirasida yuqoridagi tumalarda Jami 319 ta qishloq xo'jalik korxonalari va ularga xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlarga 2006-yilni 31-dekabr holatiga 15,5 mln dollar uzoq muddatli kredit ajratildi. Bundan tashqari 2007-yilda OTB loyihasi doirasida 4,9 mln. dollar miqdorida kredit ajratilgan. Shu kabi bank tomonidan 2011-yilda Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlarida maishiy va tijorat iste'molchilarini elektroenergiya bilan ishonchli ta'minlash maqsadida 110 mln dollar kredit 25 yillik muddat bilan ajratilgan.
20.4. Xalqaro moliya korporatsiyasini tashkil topishi, faoliyat xususiyatlari va maqsadi. Xalqaro moliya korporatsiyasi 1956-yil Vashingtonda tuzilgan. XMK ning maqsadi taraqqiy etayotgan mamlakatlarda kambag'allikni kamaytirish va aholi hayot darajasini oshirish bo'yicha xususiy sektorga investitsiyalar oqimini rag'batlantirish.
XMK dunyo bo'yicha taraqqiy etayotgan mamlakatlarga kredit yordami ko`rsatadi. Kreditlar yangi loyihalar uchun uni qiymatini 25 fiozdan oshmasligi ayrim hollarda mustasno tariqasida u 35 foizgacha yetishi mumkin. XMKni oldingi loyihalarni kengaytirishga beradigan kreditlari uning qiymatining 50 foizigacha yetishi mumkin, agar ushbu loyihaga bo'lgan jami kapital qo'yma uning umumiy qiymatining 25 foizidan oshmaydigan bo'lsa.
XMK XTTB dan farqli ravishda davlat kafolatisiz yuqori samarador xususiy korxonalarga 15 yil muddat bilan kreditlar beradi.
XMKga O'zbekiston Oliy kengashining 1992-yil 2-iyuldagi 622-sonli qarori asosida a'zo hisoblanadi.
1995-yilda O'zbekistonda tashkil etilgan dastlabki "O'zbeklizing interneyshnl akseoner jamiyati" ning ta'sischilaridan biri XMK hisoblanadi. O'zbekistonda birinchi xalqaro lizing operatsiyasi 1993-yilda tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan O'zbekiston havo yo'llariga chet el kompaniyalaridan lizining orqali samolyotlar xarid qilingan.
Umuman, XMK xalqaro lizing operatsiyalarida yetakchi o'rinni egallaydi va u dastlabki davrda 50 mamlakatning 96 lizing kompaniyalari faoliyatini moliyalashtirish, 40 mamlakatning 120 dan ortiq lizing sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda texnik yordam ko'rsatgan hamda 55 mamlakatdagi lizing kompaniyalarining muassisi hisoblanadi.