Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Pulni paydo bo`lish tarixi
2. Pulni paydo bo`lishida qiymatning shakllari
3. Pulni mohiyati va xususiyatlari
4. Pul taraqqiyotining bosqich va shakllari
5. Qimmatli metallarning pul vazifasini bajarishining sabablari
6. Pulning qiymati va iste`mol qiymati
7. Pulning funksiyalari haqida tushuncha
8. Pulning funksiyalarining o`zaro bo`g`liqligi
9. Pulning turlari
10. Qog`oz, kredit pullar va tangalar
11. O`zbekiston respublikasida qog`oz pullarni muomalaga qo`yilishi bosqichlari
12. Kredit pullarining turlari
13. Pulni barcha tovarlar qiymatini o`zida ifodalovchi umumiy ekvivalentligi
14. Pulni yuqori likvidli tovar ekanligining sababi.
2-Amaliy mashg`ulot Mavzu. Pul nazariyalari
Reja: 1.Pul nazariyalari va ularning kelib chiqishi.
2.Pulning metallik va nominallik nazariyalari.
3.Pulning miqdoriylik va monetarizm nazariyalari.
4.Keyns nazariyasi va boshqa qarashlar.
Adabiyotlar: 23, 37, 38, 40, 49, 55, 61, 67. Tayanch iboralar: Pul nazariyasi. Ularni kelib chiqish shart-sharoitlari. Pulni metallik, nominallik, miqdoriylik, monetarizm nazariyalari. Pulni keyns nazariyasi va boshqa qarashlar. Ularni nomoyandalari. Pul nazariyalarining amaliy ahamiyati.
Amaliy mashg’ulotni maqsadi:talabalarga pulning nazariyalari va ularning namoyondalari to’g’risida tushuncha va ma’lumotlar berish.
1-topshiriq Mijoz bankdan 12 oy muddatga 100 ming so’m kreditni yillik 46 foiz stavka bilan oldi. Uni foydalanishda tegishli oylar o’tgach kreditni foiz stavkasi qancha so’m bo’lishligini aniqlang:
variant
Muddati
Javoblar
1
2
3
4
5
1
3 oydan keyin
16500
14500
17500
16400
11499
2
5 oydan keyin
11402
16500
19166.5
15400
17500
3
2 oydan keyin
7666.6
17402
5400
4800
17500
4
10 oydan keyin
38333
1170
601
5400
17520
5
1 oydan keyin
3740
3833.3
2490
5600
3335
6
6 oydan keyin
6520
2442
22999.8
7624
2500
7
8 oydan keyin
28300
31815
22999.8
4120
30666.4
8
9 oydan keyin
2446
22864.9
11746.2
34499.7
5600
9
7 oydan keyin
26833
12442
17641
22452
21400
10
4 oydan keyin
24552
11426
26428
15333
22400
2-topshiriq Quyidagi operasiyalar tijorat banklari bajaradigan operasiyalarning qaysi guruxiga tegishligini aniqlang.
№
Operasiya mazmuni
Summa
Shundan
Aktiv opera-siyalar
Passivopera-siyalar
Bank xiz-mati va vositachilik
O’z mablag’-lari hisobiga
1
2
3
4
5
6
7
1.
Qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarishdan foyda
415000
2.
Bank foydasidan ustav fondiga ajratildi
1200000
3.
“Sharq”xfning vaqtinchalik bo’sh pullar kreditga jalb etildi
1600000
1
2
3
4
5
6
7
4.
Bank tomonidan tovarlar qiymatining 60 % ito’landi
314200
5.
Qimmatbaho qog’ozlar kreditning ta’minlanishi bo’yicha qabul qilinib ssuda berildi
390000
6.
Qimmatbaho qog’ozlar bank hisobiga sotib olindi
600400
7.
“Samat” hissadorlik jamiyatiga qisqa muddatli ssuda berildi
500700
8.
“Viktor” hissadorlik jamiyatidan qimmatli qog’ozlarni saqlaganligi bo’yicha ishonch (trast) operasiyalar uchun daromad qilindi
150000
9.
Bank faktoring operasiyalari uchun daromadga ega bo’ldi
120000
10.
Bank lizing operasiyalari uchun daromadga ega bo’ldi
443000
11.
Bank tomonidan aksiyalar chiqarilib sotildi
670000
Jami:
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Pul nazariyalarini kelib chiqish asoslari
2. Pul to`g`risidagi nazariy qarashlar
3. Pulni metallik nazariyasi, uning namoyondalari
4. Metallik nazariyasi tarafdorlarining g`oyalari va kamchiliklari
5. Nominallik nazariyasi, uning namoyondalari
6. Nomitallik nazariyasi bo`yicha g`oyalar va ularni kamchiligi
7. Pulni miqdoriylik nazariyasi, uning namoyondasi u bo`yicha ayrim qarashlar
8. Hozirgi zamon monetarizm nazariyasi, u bo`yicha ayrim g`oyalar
9. Keyns nazariyasi va pul nazariyalari bo`yicha ayrim boshqa qarashlar
3-Amaliy mashg`ulot Mavzu. Pul aylanmasi va uning tarkibi
Reja: 1.Pul aylanishi va uning tarkibiy qismlari.
2.Pulni naqd va naqd pulsiz aylanishi, ularni xususiyatlari.
3.Naqd pulsiz aylanishning zaruriyati, ahamiyati, unsurlari va tamoyillari.
4.Naqd pulsiz hisob-kitoblarning asosiy shakllari, xususiyatlari va qo`llanish imkoniyatlari.
5.Pul aylanishi tezligi va unga ta`sir etuvchi omillar.
Adabiyotlar: 2, 3, 4, 23, 40, 52, 55, 67. Tayanch tushunchalar:Pul aylanishi. Uni guruhlari. Monetar va fiskal siyosat. Pulni naqd va naqd pulsiz aylanishi. Naqd pulsiz aylanish sub`yektlari. Pulni naqd pulsiz aylanishining zaruriyati, ahamiyati, unsir va tamoyillari. Banklarda ochiladigan depozit hisobvaraqlarning turlari. Tulov topshiriqnoma, tulov talabnoma, akkreditiv, inkassa topshiriqnoma, hisob-kitob cheki, memorial-order va plastik kartochkalardan foydalanish. Pul aylanish tezligi. Pul aylanish tezligiga ta`sir etuvchi omillar.
Amaliy mashg’ulotni maqsadi: talabalarga pul aylanishi va uning tarkibiy qismlari. Pulni naqd va naqd pulsiz aylanishi, ularni xususiyatlari. Naqd pulsiz aylanishning zaruriyati, ahamiyati, unsurlari va tamoyillari. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning asosiy shakllari, xususiyatlari va qo`llanish imkoniyatlari. Pul aylanishi tezligi va unga ta`sir etuvchi omillar to’g’risida tushuncha va ma’lumotlar berish.
1-topshiriq O’zbekiston Respublikasining tijorat banklari bo’yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud; 1-yanvar holatiga, mlrd.so’m.
№
Ko’rsatkichlar
2017
2018
2019
1.
Bank aktivlari
12065
15703
20740
2.
O’tgan yilga nisbatan o’zgarish, %
3.
Bank kapitali
2104
3010
4100
4.
O’tgan yilga nisbatan o’zgarish, %
5.
Bank kapitalining yetarlilik koeffisiyenti
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida aniqlang:
a) Bank aktivlari va kapitalning o’tgan yillarga nisbatan o’zgarish darajasini;
b) Bank kapitalining yetarlilik koeffisiyentini;
v) Bajarilgan hisoblashlar asosida xulosa yozing.
2 - Topshiriq Quyidagi shartli ma’lumotlar asosida inflyatsiya (deflyatsiya) darajalarini aniqlang.
Bazis davrida A mahsulot bo’yicha umumiy narxlar 190 birlikni, B mahsulot bo’yicha 210 birlikni tashkil etgan, hisobot yilida esa A mahsulot bo’yicha 210 va B mahsulot bo’yicha 200 birlikni tashkil etgan.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Pul aylanishining mohiyati
2. Pul aylanishining tarkibiy qismlari
3. Pul aylanishi qaysi belgilari bo`yicha guruhlnadi
4. Monetar va fiskal siyosat
5. Pulni naqd va naqd pulsiz aylanishi
6. Naqd pul aylanishining subyektlari
7. Naqd pulsiz aylanishining zaruriyati va ahamiyati
8. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning tamoyil va unsurlari
9. Naqd pulsiz hisob-kitoblar to`g`risidagi nizom qachon qabul qilingan?
10. Banklarda ochiladigan hisobvaraqlarning turlari
11. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning tulov topshiriqnoma, tulov talabnoma va
akkreditiv shakllari
12. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning inkassa topshiriqnoma, hisob-kitob cheki
shakllari
13. Naqd pulsiz hisob-kitoblarda plastik kartochkalardan foydalanish
14. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning memorial-order shakli
15. Pul aylanishi tezligining mohiyati va ahamiyati
16. Pul aylanishi tezligiga ta`sir etuvchi omillar
4-Amaliy mashg`ulot Mavzu. Pul massasi va pul agregatlari(2 soat) Reja:
1. Pul muomilasi haqida tushuncha. Pul muomilasi qonuni
2. Pul muomilasini tartibga solish va barqarorlashtirishda Markaziy bankni o’rni
3. Muomiladagi pul massasi va uni boshqarish
4. Pul agregatlari va uni O’zbekistondagi xususiyatlari
5. Pul-kredit siyosati va uni asosiy yo’nalishlari
Tayanch tushunchalar: Pul muomilasi haqida tushuncha. Pul muomilasini tashkil etishda Markaziy bankni o’rni. Pul muomilasini tashkil etish bo’yicha Markaziy bankni vazifalari. Pul muomilasiga doir Respublika Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar. Muomiladagi pul massasi. Muomiladagi pul massasini boshqarish. Pul va kredit multiplikatori. Pul massasini aktiv va passiv qismlari. Markaziy bankni qayta moliyalash stavkasi. Majburiy rezerv stavkasi va tijorat banklarni ochiq bozorda qatnashishi. Pul agregatlari, uni tegishli turlarga bo’linishini asoslari. Pul – kredit siyosati va uni asosiy yo’nalishlari.