20.8. Xalqaro moliya institutlari tomonidan qishloq xo`jaligini kreditlashni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari.
Xalqaro moliya institutlari tomonidan ajratilgan kreditlarni ma`lum qismi respublikamiz qishloq xo`jaligini taraqqiy ettirishga to`g`ri keladi. Jumladan, Xalqaro tiklasnish va taraqqiyot banki tomonidan O`zbekiston unga a`zo bo`lishining dastlabki yillarida quyidagilarga kredit ajratgan:
Qishloqda tadbirkorlikni qo`llab quvvatlash bo`yicha 36 mlrd. dollar hajmda
Drenaj va irrigatsiya tizimini takomillashtirish hamda botqoqlashgan hududlarni yaxshilash bo`yicha 60 mlrd. dollar hajmida.
XTTB hamda Osiyo taraqqiyot banki loyihalari doirasida qishloq xo`jalik texnikalari xaridi uchun uzoq muddatli kreditlar ajratilgan.
Osiyo taraqqiyor banki mamlakatimiz qishloq xo`jaligiga jumladan, Amu-Zang kanalini irrigatsiya tizimini qayta qurishga 73,2 mln AQSH dollari hajmida, don ekinlari unumdorligini oshirish maqsadida 26 mln AQSH dollaridagi loyihalarga kredit ajratilgan.
OTB tomonidan respublikamizga 2013-yilning 1-yanvar holatiga ajratgan kreditlari tarkibida qishloq xo`jaligi va tabiiy resurslarga ajratilgan kreditlar 8 loyiha bo`yicha 343,4 mln AQSH dollari yoki bank tomonidan ajratilgan kreditlarning 9,82 foizini tashkil etadi.
Islom taraqqiyot banki tomonidan 2014-yilgacha mamlakatimiz qishloq xo`jaligiga ajratilgan kreditlarning hajmi 89550 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan. Hozirgi vaqtda xalqaro moliya institutlarining respublikamiz investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarda faol ishtirok etayotganligini kuzatish mumkin (2-jadval).
2-jadval
Qishloq xo`jaligida xorijiy kreditlar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar
Loyiha nomi
|
Loyihaning umumiy qiymati mln. AQSH dollari
|
Xorijiy kredit miqdori, mln. AQSH dollari
|
Moliyalashtiruvchi xorijiy bank
|
“Xorazm viloyati Toshsoka tizimida magistral sug`orish kanallarini qayta tiklash” loyihasi
|
144,2
|
90,4
|
Islom taraqqiyot banki
|
“Amu-Buxoro mashina kanali tizimini qayta tiklash” loyihasi
|
406,3
|
216,8
108,9
|
OTB
JICA fondi
|
“Janubiy Qoraqalpog`istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasi
|
376,7
|
260,8
|
Jahon banki
|
“O`zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog`ini rivojlantirish” loyihasi
|
218,3
|
150,0
|
Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki
|
Manba: BPK jurnali, 2017-yil 7-son, 23- bet.
Jadval ma`lumotlariga ko`ra keltirilgan 4 loyiha bo`yicha xalqaro moliyaviy institutlarni salmog`i 72 % ni tashkil etadi. Bunda “Amu-Buxoro mashina kanali tizimini qayta tiklash” loyihasini kreditlashda Osiyo taraqqiyot banki va JICO jamg`armasining ulushi 80,2 % ni tashkil etadi.
Umuman, Respublikamiz Prezidentining 2017- yil 7- fevraldagi farmoni asosida O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Xarakatlar strategiyasida qishloq xo`jaligini moderinizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, hududlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, iqtisodiy tarmoqlar va hududlariga xalqaro moliyaviy institutlar hamda boshqa xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |