Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali pul va banklar



Download 1,74 Mb.
bet104/174
Sana29.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#593619
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   174
Bog'liq
Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия

20.6. Osiyo taraqqiyot bankini tashkil topishi, tashkiliy tuzilishi, maqsadi va vazifalari.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 1966-yilda Osiyo va Tinch okean mintaqasi mamlakatlarida kambag'allikni qisqartirish maqsadida Filippinning Manila shaxrida tashkil etilgan. Bank xukumat va xususiy korxonalarga kredit beradi. Kredit loyiha qiymatining 25% idan yoki 75 mln. AQSh dollaridan oshmagan holda beriladi. Har bir loyiha uchun garov talab etadi.
O'zbekiston OTB ga 1995-yilda Markaziy Osiyoda 15-chi, a'zo mamlakatlar ichida 22-chi bo'lib a'zo bo'lgan.
Aksioner kapitalni shakllanishiga investitsiya holida kredit umumiy aksioner kapitalni 25%dan oshmagan holda beriladi.Boshqa banklar bilan birgalikdagi loyihalarda beriladigan kreditlar loyihaning 25% ortishi, lekin 50%dan oshmasligi kerak.
OTB xalqaro moliya instituti bo'lib shu davrda 63 a'zoga ega bo'lgan.
Bugungi kunda respublikamizda kredit shaklida amal qilayotgan chet el va xalqaro molyaviy tashkilotlar investisiyalarining 33,6 %i OTB ga to'g'ri kelmoqda. Bankning mablag'lari asosan ikki yo'nalishda - maxsus fond orqali va oddiy fond orqali beriladi. Maxsus fond mablag'lari kam rivojlangan a'zo mamlakatlarga imtiyozli kredit berish va texnik yordam ko`rsatishga yo'naltirilsa, oddiy fond mablag'lari tijorat yo'nalishidagi kreditlar yuqori foiz stavkasi bilan 10-15 yilga beriladi.
OTBning O'zbekistonga ajratgan qarzlari mo`ljallangan bo'lib ularni 5 yili imtiyozli davrni tashkil etadi.
2006 yilga kelib OTBning O'zbekistonga bergan qarzi 21 loyiha bo'yicha 914,4mln.AQSh dolIarini tashkil etdi. Ular jumlasiga Toshkent poligraf kombinati, «Ma'naviyat», «O'zbekiston», «Sharq» poligraf konserni, Yangi yo`l kitob fabrikasi Toshkent traktor zavodi va boshqalarda amalga oshirilgan loyihalarni kiritish mumkin.
OTB bilan O'zbekiston o'rtasida 2001-yil 11-yanvardagi «O'zaro hamkorlik to'g'risidagi memarandum»ga muvofiq qishloq joylarda kredit uyushmalarini takomillashtirish va qisqa muddatli yordam ko'rsatish maqsadida 150 mln. AQSh dollarida grant loyihalarni amalga oshirgan.
Bu tajriba asosida Buxoro, Samarqand va Namangan viloyatlarida kredit /uyushmalariga kredit yordami ko`rsatish mo`ljallangan.
2003-yilda kichik biznesni rivojlantirishga 15 mln. AQSh dollarida kredit berilgan.
OTB hamkorligida Poyariqdagi qishloq xo'jaligi va Samarganddagi Turizm kollejlari faoliyat ko'rsatmoqda. Turizm kollejini uskunalar bilan ta'minlashga 600 mln. so'm ajratilib, yuqori darajada jihozlashga erishilgan.
OTB ning 2004-2006 yillardagi dasturiga ko'ra respublikamizga har yili 100-150 mln. AQSh dollari miqdorida kredit ajratish mo`ljallangan.
Umuman, 2013 yilning 1 yanvar holatiga OTB tomonidan respublikamizga ajratilgan kredit mablag'Iarini tarmoqlar bo'yicha taqsimlanishi quyidagicha:



T/r

Tarmoqlar

Loyiha soni

Mln. AQSH dollari

Salmog`i, %


Ta`lim

8

290,5

8,26

2.

Transport va aloqa

10

1170,3

33,26

3.

Qishloq xo`jaligi va tabiiy resusrlar

8

343,4

9,82

4.

Suv ta`minoti, sanitariya va chiqindilarni boshqarish

7

387,0

11,0

5.

Energetika

7

820,0

23,3

6.

Sanoat va savdo

2

175,0

4,97

7.

Sog`liqni saqlash, umumiy ovqatlanish va ijtimoiy himoya

1

40

1,14

8.

Moliya

2

70,0

1,99

9.

Huquq, iqtisodiy boshqarish, davlat siyosati

1

20,7

0,59

10.

Ko`psektorli zayomlar

1

200,0

5,68




Jami

47

3518,9

100



Ayni paytda OTB ning Osiyo mintaqasida quyosh energiyasining rivojlantirish borasidagi tashabbusini ro'yobga chiqarish uchun ikki tomonlama hamkorligining istiqbolli yo'nalishlaridan biridir. Bu tashabbus OTB Boshqaruvchilar kengashining 2010-yilni 1-4 mayida Toshkentda bo'lib o'tgan Yillik majlisida ilgari surilgan edi. U bo`yicha yaqin yillarda Osiyoda 3 ming MBt quvvatga ega quyosh elektr stansiyalari qurishni mo’ljallangan.
Mazkur tashabbus doirasida O'zbekiston va OTB Samarqand viloyatida 100 MBt quvvatga ega fotoelektrik stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirishga kirishdi. Mazkur stansiya mintaqamizda bu yonalishdagi ilk stansiya bo'ladi. Ushbu stansiyani loyiha qiymati 310 million AQSh dollarini tashkil etadi va uni 110 million dollarini (35%) imtiyozli kredit sifatida OTB tamonidan qoplanadi. Stansiya ishga tushgach, hududni yiliga 160 milliarddan ortiq kvt soat elektr energiyasi bilan ta'minlash imkoni yaratiladi. Buning uchun hozir Pastarg'om tumanidan 254 gektar, Nurobod tumanidan 150 gektar jami 404 gektar yer maydoni ajratilib tayyorgarlik ishlari boshlangan.
Bu bo'yicha Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A. Karimov - "Biz kelgusida yuqori samara beradigan, ya'ni texnologiyalarga asoslangan yana bir nechta yirik quvosh elektr stansiyasini barpo etishga kirishishni o`z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz. Hozirgi vaqtda shu maqsadda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda O'zbekistonning 6 ta hududida eng zamonaviy o'lchash stansiyalari joylashtirildi va har tomonlama puxta ishlangan loyihalarni tayyorlashda zarur bo'ladigan barcha ma'lumotlarni yig'ish ishlari olib borilmoqda"- degan edi 2013-yilni 21-noyabrida Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo quyosh energiyasi forumining oltinchi yig'ilishida.
OTB prezidenti Takexiko Nakaoni ushbu forumga tashrifi davomida Samarqanddagi fotoelektrik stansiya barpo etilishi bilan birgalikda "Amu-Buxoro irrigatsiya tizimining reabilitatsiya qilish" hamda "Kichik va makromoliyalashni rivojlantirish" loyihalari bo'yicha umumiy qiymati 380 mln AQSh dollariga teng moliyaviy bitimlar imzolandi.



Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish