Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi


-rasm. Matritsa tashkiliy tuzilma (matritsa guruhlari)



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/28
Sana19.04.2023
Hajmi1,23 Mb.
#930184
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Bog'liq
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish (1)

5.8-rasm. Matritsa tashkiliy tuzilma (matritsa guruhlari) 
Matritsa tuzilmalarida yangi texnoligik jarayonlar va unimli uskunalarni tadbiq 
etish bilan bogʻlik qayt a qurishlarni tez tez oʻtkazish mumkin. 
Matritsa tuzilmalariga oʻtishda murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarishda 
yirik tashkilotlarda eng katta samaraga erishiladi. 
Shu bilan birga guruhlardan tashkilotning matritsasini qurish elementlari 
sifatida foydalanish salbiy tomonlarga ham ega: bunday guruhlar barqaror tuzilmalar 
boʻlmaydilar. Ulardan intensiv ravishda foydalanishda xodimlar "tashkiliy 
bino"dagi oʻz joylaridan mahrum boʻladilar, ular doimiy ravishda guruhdan guruhga 
koʻchib yuradilar va butun tashkilot vaqtinchaga oʻxshab qoladi. Agar tashkilot 
bunday guruhlardan foydalanishga borgan sari koʻproq murojaat qilsa, unda 


106 
guruhlar va loyihalardagi rahbarlar va mutaxassislarni tez-tez oʻzgarishi nazoratni 
yoʻqligiga olib keladi va tashkilot osongina barbod boʻladi. Bu 
holda toʻliqligicha matritsa tuzilmasini tashkil qilishga toʻgʻri keladi, bu salbiy 
samarani pasaytiradi. Bundan tashqari matritsa tuzilmalari uchun nizolarning yuqori 
darajasi xo sdir. 
Divizional (yoki boʻlimli) tashkiliy tuzilma yakuniy natija (mahsulot, 
isʼtemolchi yoki bozor)ga asoslanadi. Bu tuzilmada yuqori darajadagi bir qator 
vazifalarni markazlashuvi va ishlab chiqarish (tijorat) boʻlinmalarining fao liyatini 
markalashtirilmaganligi birlashtiriladi. Tashkilotning yuqori darajasi asosiy 
resurslarni rejalashtiradi va taqsimlaydi, strategik qarorlarni qabul qiladi, shu bilan 
birga boʻlinmalar operativ qarorlarni qabul qiladilar,"foydaning markazlari" boʻlgan 
holda, 
foyda 
olish 
uchun 
maʼsuldirlar. 
Divizional 
tuzilmani 
baʼzida 
"muvofiqlashtirilgan markazlashtirmaslik" sifatida belgilaydilar. Undan koʻp 
mahsulotli ishlab chiqarish(tijorat) yoki koʻp millatli kompaniyalarda keng 
foydalanadilar, 
ulardagi 
xududiy 
tarqoqlikda 
mamlakatli 
boʻlimlarni 
avtonomlashtirish zarur. Ayniqs, u bozor holatining oʻzgarishlari kamroq taʼsir 
koʻrsatuvchi va amalda texnoligik yangiliklarga bogʻlik boʻlmagan sohalarda 
samarali qoʻllaniladi. 
Tashkilotning divizional tuzilmasida har xil bozorlardagi faoliyatning turlarini 
ratsional boshqarish mumkin. Ishlab chiqarish boʻlimlari rahbarlari oʻzlari 
tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot, koʻrsatilayotgan xizmatlar va oʻzlariga 
biriktirilgan xududga koʻra faoliyatni nafaqat "daraja boʻyicha", balki "vazifalar 
boʻyicha" ham muvofiqlashtiradilar. Natijada qarorlar qabul qilish jarayoni 
tezlashadi va uni amalga oshirishning sifati oshadi. 
Ammo ishlab chiqarish boʻlimlarida maqsadlarni "qisqartirish" tendensiyasi 
kuzatiladi. Boʻlimlarni tashkil qilish natijasida boshqaruv apparatini oʻsishi 
qoʻshimcha xarajatlarni oshishiga olib keladi. Asosiy resurslarni markazlashtirgan 
holda taqsimlanishda ular yetishmagan holda boʻlimlar oʻrtasida nizolar vujudga 
kelishi mumkin. Divizional tashkilotlarda yana boʻlimlararo karʼyera qiyinlashadi. 
Mintaqaviy, mahsulotli va isteʼmolchilik tuzilmalari divizional tuzilmaning 
turli-tumanligi boʻladi, unga koʻra tashkilot tovarlar yoki xizmatlarning turlari, 
xaridorlarning guruhlari yoki geo grafik alomatlari boʻyicha elementlar va bloklarga 
boʻlinadi. 
Masalan, agar tashkilot faoliyati kattaroq goegrafik xududlarni qamrab olsa
unda uning tashkiliy tuzilmasini xududiy tamoyil boʻyicha, yaʼni uning boʻlimlari 
joylashgan joy boʻyicha qurish maqsadga muvofiqdir. 
Mintaqaviy tuzilmada mahalliy qonunlar, odatlar va isteʼmolchilarning 
zaruriyatlari bilan bogʻlik muammolar tezroq va osonroq hal qilinadi, chunki 
tashkilotning mijozlar bilan, hamda tashkilot aʼzolari oʻrtasidagi aloqalari yoʻlga 
qoʻyiladi. Yirik firmalarning keng geo grafik xududlarni qamrab oluvchi, oʻzlari 
ham, oʻz navbatida kichikroql arga boʻlinuvchi boʻlinmalarga ega sotish tashkilotlari 
mintaqaviy tashkiliy tuzilmalarga misol boʻla oladi. Boshqa firmalar asosan (dori-
darmon va isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish boʻyicha) har xil mamlakatlarda 
maxsus shoʻba kompaniyalarini tashkil qiladilar (5.9- rasm). 


107 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish