104
5.7-rasm. Toʻgʻri chiziqli shtabli tashkiliy tuzilma
Vazifaviy xizmatlar ishlab chiqarishning texnik qoʻllab quvvatlanishini amalga
oshiradilar, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish bilan bogʻlik masalalarni hal qilish
variantlarini tayyorlaydilar, toʻgʻri chiziqli rahbarni rejalashtirish, moliyaviy hisob-
kitoblar, moddiy-texnik taʼminot va boshqa masalalardan ozod qiladilar. Tashkiliy
tuzilma boshqaruvning yuqori operativligini taʼminlaydi.
Firma qanchalik yirik boʻlsa, u shunchalik shoxlab
ketgan apparatga ega
boʻladi. Shu munosabat bilan vazifaviy xizmatlar fao liyatini muvofiqlashtirish yoki
oʻzining ixtiyorida kompyuter texnikasiga ega boʻlgan yuqori malakali xo dimlarga
ega yirik ixtisoslashgan boʻlinmalarni tashkil qilish haqidagi masala vujudga keladi.
Boshqaruvning bu tuzilmalarida boʻlinmalar oʻrtasida gorizontal darajadagi
yaqin aloqalar va oʻzaro hamkorliklar yoʻqdir.
Boshqaruvning matritsa tuzilmasi - bu boshqaruvning tashkiliy tuzilmasining
zamonaviy samarali turi boʻlib, u ikkita tuzilmalar toʻgʻri chiziqli va dasturiy
maqsadni birga olib borish yoʻli bilan yaratiladi (5.7 rasm)
Toʻgʻri chiziqli tuzilmaga muvofiq (vertikal boʻyicha)
tashkilot faoliyatining
ayrim sohalarini boshqarish amalga oshiriladi; ishlab chiqarish, sotish, taʼminot,
dasturiy maqsadli tuzilmaga muvofiq (gorizontal boʻyicha) dasturi(loyihalar)ni
boshqarish.
Boshqaruvning matritsa tuzilmasida dastur(loyiha)ning rahbari toʻgʻri chiziqli
rahbarlarga ham boʻysunuvchi mutaxassislar bilan ishlaydi. U aniq dastur boʻyicha
nima va qachon qilinishi kerakligini belgilaydi. Toʻgʻri chiziqli rahbar esa u yoki bu
ishni kim va qachon bajarishi kerakligini hal qiladi.
Boshqaruvning matritsa tuzilmasining afzalliklari quyidagilar:
• boshqaruv xodimlari faoliyatini vazifaviy boʻlinmalar bilan oʻzaro hamkorlik
qiluvchi dasturiy boʻlinmalarni shakllantirish yoʻli
bilan faollashtirish, boshqaruv
vazifalarini yuqori natijalarga erishish uchun javobgar boʻlgan rahbarlar (loyihaviy
va dasturiy guruhlar rahbarlari) va mavjud resurslardan toʻliqroq foydalanish uchun
105
javobgar boʻlgan rahbarlar (vazifaviy boʻlinmalar boshliqlari) oʻrtasida yetarlicha
aniq taqsimlanishi;
• barcha darajadagi rahbarlar va mataxassislarni ishlab chiqarish (tijorat)ni
takomillashtirish boʻyicha faol ijodiy faoliyatga jalb qilish;
qarorlar qabul qilish boʻyicha vakolatlarni oʻrtacha
darajaga topshirish
natijasida yukori darajadagi rahbarlarga yuklamani pasaytirish. Bunda asosiy
qarorlarni bajarilishini muvofiqlashtirish va uni nazorat qilish yuqori darajada
saqlanib qoladi; bir necha dasturlarni bajarishda resurslar
bilan manevr qilishning
egiluvchanligi va operativligi taʼminlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: