5.3. Tashkilotlar faoliyatini turkumlashtirish.
Tashkiliy tuzilmalarning turlari
Mehnatni taqsimlanishi tashkilotning eng muhim taʼriflari boʻladi.
Hatto agar ikkita kishi bir maqsadga erishish uchun birgalikda ishlayotgan
boʻlsalar ham, ular oʻzaro mehnatni taqsimlashlari kerak. Ishni tashkil qiluvchi
tarkibiy qismlarga bunday taqsimlanishi mehnatni gorizontal boʻlinishi deb ataladi.
Ishning katta hajmini kichikroq ixtisoslashtirilgan vazifalarga taqsimlash
odamlarning ushbu miqdori mustaqil ishlaganlariga qaraganda ancha koʻproq
97
mahsulotni ishlab chiqarish va sotishga imkon beradi, ya ʼni mehnatning kattaroq
unumdor- ligini beradi. Kichikroq tashkilotlarda mehnatni gorizontal taqsimlanishi
ancha kuchsizroq kuzatiladi. Masalan, umumiy ovqatlantirish korxonalarining bir
vaqtda boshqaruvchilari ham boʻlgan egalari, ovqat tayyorlashlari va keluvchilarga
xizmat koʻrsatishlari mumkin.
Yirik va oʻrtacha tashkilotlarda gorizontal taksimlanish yetarlicha aniq
kuzatiladi. U oʻziga xos vazifalarni bajaruvchi va aniq maqsadlarga erishuvchi
boʻlinmalarni tashkil qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ular boʻlimlar, xizmatlar,
sektorlar va h.k. deb ataladilar. Tashkilot kabi, uning bir qismi boʻlgan boʻlinmalar
ham odamlar guruhidan tashkil topadilar va bu odamlar fao liyatini umumiy
maqsadlarga erishish uchun muvofiqlashtirish kerak. Buning uchun muhnatni
vertikal taqsimlanishi kerak, bunda bitta boʻlinma rahbari boshqa boʻlinmalar
rahbarlarining ishini muvofiklashtiradi, ular ham, oʻz navbatida, keyingi boʻlinmalar
rahbarlarinig ishini muvofiqlashtiradilar. Mehnatni bunday vertikal taqsimlash
natijasida boshqaruv bosqichlari tashkil boʻladilar.
Demak, tashkilotda mehnat taqsimotining ikkita ichki uzviy shakllari mavjud.
Birinchisi - bu mehnatni umumiy faoliyatning qismlarini tashkil qiluvchi tarkibiy
qismlarga taqsimlash, yaʼni gorizontal taqsimot, ikkinchisi - harakatlarni
muvofiqlashtirish boʻyicha ish, ya ʼni vertikal taqsimot. Bu harakatlarni
muvofiklashtirish boʻyicha fao liyat boshqaruvning mohiyatini tashkil qiladi.
Tashkilotni rivojlanishi jarayoni, uning faoliyatini turkumlashtirish oltita
bosqichdan tashkil topadi.
I bosqich. Boshqaruv ishlarining hajmi kichik: ishlab chiqarish (tijorat)
vazifalarini bajaruvchi xo dimning oʻzi boshqaruvchi boʻladi.
II bosqich. Boshqaruv ishlari hajmini bajarish uchun ishlab chiqarish (tijorat)
vazifalaridan ozod qilingan maxsus xodimni ajratish talab qilinadi (master, seksiya
mudiri);
III bosqich . Boshqaruv boʻyicha ishlarning hajmi shunchalik oʻsadiki,
boshqaruv xodimlari faoliyatini muvofiklashtirish zaruriyati paydo boʻladi (toʻgʻri
chiziqli ierarxiya vujudga keladi (sex boshligʻi).
IV bosqich. Boshqaruv ishi hajmini bunday keyingi oʻsishi munosabati bilan
boshqaruv xodimlarini alohida vazifalarni bajarish ixtisoslashishlari talab qilinadi:
rejachilar, nazoratchilar va h.k. mutaxasislar paydo boʻladilar.
V bosqich. Boshqaruv ishining hajmi va bu ish bilan band boʻlgan xo dimlar
soni koʻpayadi, shuning uchun ularning harakatlarini muvofiqlashtirish zaruriyati
vujudga keladi (tavtish komissiyasi raisi).
VI bosqich. Boshqaruv faoliyatini rivojlanishi vazifaviy va toʻgʻri chiziqli
ierarxiyani umumiy rahbarlik ostida birlashtirish zaruriyatiga olib keladi, u esa fao
liyatning ixtisoslashgan turi boʻlib qoladi (korxo na direktori).
Bu bosqichlar har xil tashkiliy tuzilmalar, lavozimlar, boʻlinmalar
koʻrinishidagi maʼlum tashkiliy rasmiylashtirishga egalar.
Tashkilot (korxona) ning tashkiliy tuzilmasini tashkilotni boshqa- rish tuzimini
oʻzaro bogʻlangan va boʻysinish tartibida joylashtirilgan, maqsadga qaratilgan holda
98
faoliyat yuritish va uni rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan elementlarning tartibga
solingan yigʻindisi sifatida belgilash mumkin.
Tashkilotda tuzilmalarning bir necha turlarini ajratish mumkin: texnologik,
ishlab chiqarish, moliyaviy, ijtimoiy, axborot, tashkiliy va h.k. Bunda oxirgisi
alohida oʻringa ega: u sinergetik samara olish va qoʻyilgan maqsadl arga erishish
uchun elementlarning oʻzaro hamkorligini tartibga soladi, shaxsan tashkiliy
yaxlitlikni yaratadi. Korxo naning tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqarish tuzilmasi va
boshqaruv tuzilmasining tashkiliy yaxlitligi sifatida boʻladi. Ishlab chiqarish
tuzilmasi bazis sifatida boshqaruvning tuzilmasini belgilab beradi.
Boshqaruvning vazifalari va tuzilmasi dialektik yaxlitlikda boʻladilar. Yangi
tashkilotni tashkil qilishda vazifalar tuzilmalar (boʻlinmalar, lavozimlar)ni
shakllantirish, ularga huquqlar, vakolatlar va javobgarliklarni biriktirish uchun asos
boʻladilar. Ishlab chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish va har tomonlama
rivojlantirishda tuzilma vazifalar majmuasining ehtimol boʻlgan oʻzgarishlari
diapozoni (darajasi)ni belgilab beruvchi asos boʻladi. Bunday tuzilma tubdan
oʻzgartirilmaydi, yaʼni asosiy boʻlinmalar va lavozimlar saqlanib qolinadi.
Tashkilotlar (korxonalar)ni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi katta turli-
tumanligi bilan ajralib turadi va quyidagi omillar bilan belgilanadi:
• tashkilot faoliyatining xarakteri va uning xususiyatlari bilan (ishlab
chiqariladigan va sotiladigan mahsulotlarning tarkibi, texnologik, texnik
jihozlarinishi);
• tashkilot ishlab chiqarish yoki tijorat faoliyatining oʻlchamlari (hajmlari)
bilan;
• boshqaruv apparati tuzilishining asosiy faoliyati (ishlab chiqarish, tijorat)ning
iyerarxik tuzilishiga mosligi bilan;
• boshqaruvning tashkil qilish shakli bilan ;
• tashkilotni boshqarishning markazlashtirilgan va markaz- lashtirilmagan
shakllari oʻrtasidagi munosabat bilan ;
• boshqaruvning sohaviy va xududiy shakllari oʻrtasidagi munosabat bilan
(mahsulot, mintaqa boʻyicha);
• xodimlar malakasining darajasi bilan;
• tashkilotning strategiyasi bilan;
• tashkilot tashqi muhitining murakkabligi va dinamikligi bilan;
• maqsulotning taʼminoti va sotilishini tashkil qilinishi bilan;
• tashkilotni geo grafik joyl ashishi bilan va h.k.
Tashkilotning tashkiliy tuzilmasini shakllantirishda uning oldiga quyidagi
talablarni qoʻyish kerak:
• mahsulotni ishlab chiqarish va sotish jarayoni, boshkaruv tuzilmasini faoliyat
yuritishining natijasi sifatida mutanosiblik, uzliksizlik, parallellik, bir maromdalik
talablariga mos kelishi kerak;
• tashkiliy tuzilma tashkilotni rejali ravishda rivojlanishiga yordam berishi
kerak;
• tuzilma elementlari (boʻlinmalar)ning soni kichik, ammo tashkilot normal
faoliyat yuritishi uchun yetarlicha boʻlishi kerak, bitta darajadagi tarkibiy qismlar
99
oʻrtasidagi gorizontal aloqalar soni ham xuddi shunday boʻladi. Gorizontal aloqalar
norasmiy munosabatlarni amalga oshirishga imkon beradilar va koʻnikmalarni
uzatishga koʻmaklashadilar, bitta darajadagi tarkibiy qismlarning tizim maqsadlarini
bajarish boʻyicha harakatlarini muvofiqlashishini taʼminlaydilar. Aloqalar sonini
kamayishi tizimni faoliyat yuritishining berqarorligi va operativligini oshishiga olib
keladi;
• tashkiliy tuzilma egiluvchan, qatʼiy aloqalarning eng kam miqdoriga ega,
sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar , yaʼni vazifalar va yangi xizmatlarni bajarish
zaruriyatiga muvofiq tez yoʻlga qoʻyishga qodir boʻlishi kerak. Tizimning
ixchamligi uni bozor talablariga tez moslashishining talablaridan biri boʻladi:
• tashkiliy tuzilma iloji boricha sodda boʻlishi kerak, buning uchun boshqaruv
darajalari miqdorini, tashkilot tarkibiy qismlari oʻrtasidagi aloqalar sonini
qisqartirish, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish zarur;
• tashkiliy tuzilma tashkilotga fan yutuqlari va ilgʻor tajribani tadbiq etishga
koʻmaklashishi kerak;
• tizim elementlari oʻrtasidagi, hamda tizim va atrof muhit oʻrtasidagi
kommunikatsiyalar aniq boʻlishlari kerak ;
• tashkiliy tuzilma ishlab chiqilgan va sotilgan tovarlar va xizmatlarning yuqori
sifatini taʼminlashi kerak;
• tashkiliy tizilma tashkilotni faoliyat yuritishining yuqori samaradorligini
taʼminlash kerak.
Tashkiliy tuzilmani shakllantirishda yana boshqaruvchanlikni ham hisobga
olish kerak. Shuning munosabati bilan quyidagi tushunchalarni koʻrib chiqish
maqsadga muvofiqdir:
- boshqaruvchanlik koʻlami (M) - bu maʼlum menejer yoki boshqaruv
idorasining haqiqatdan ham bevosita qoʻl ostida boʻlgan xodimlar boʻlinmalarning
soni;
- boshqaruvchanlik meʼyori (N) - bu boshqaruv munosabatlari va boshqaruv
texnikasini rivojlanishining zamonaviy sharoitlarida maʼlum menejer yoki
boshqaruv idorasiga boʻysunishi maqsadga muvofiq boʻlgan xodimlar yoki
boʻlinmalarning soni. Bu, aslida boshqaruvning muvofiq koʻlamidar.
Bunda boshqaruvchanlik meʼyori (N)ning boshqaruvchanlik koʻlami (M)ga
nisbatan iborat boʻlgan boshqaruvchanlik koeffisenti (Ku) dan foydalanish
maqsadga muvofiqdir:
Ku= H/M
Ushbu koeffetsientlar boshqaruv subʼyektining boshqaruvchi qobiliyati va
boshqaruv obʼyektining murakkabligi oʻrtasidagi nisbatni aks ettiradilar.
Ku >1 da boshqaruv subʼyekti salohiyatidan yetarlicha boʻlmagan holda
(kattaroq yoki kichikroq darajada) foydalaniladi, boshqaruvga xarajatlar ham
shunday.
Ku < 1 da boshqaruv subʼyekti (menejer yoki boshqaruvning maʼlum idorasi)ga
ortiqcha ish yuklangan, boshqaruv qiyinlashgan, boshqaruvchanlik pasayg an.
Ku =1 miqdori muvofiq boʻladi. Bunda boshqaruv subʼyektining boshqarish
qobiliyati boshqaruv obʼyekti murakkabligiga mos keladi.
100
Baʼzi bir mutaxassislar boshqaruvchanlik meʼyori miqdorini tavsiya qila turib,
bitta boshliqning quli ostidagilarning soni 7 nafardan oshib ketmasligi kerak
deydilar. Ruhshunoslarni belgilashlaricha, bu bosh miya ishining hususiyatlari bilan
bogʻliqdir. "7" soni inson tafakkurida qandaydir chegaraviy ahamiyatga egaligi
haqida koʻpgina xalqlar ogʻzaki ijodiyotining tahlili darak beradi.
Shu bilan birga, bu son faqat boshqaruvchanlikning oʻrtacha meʼyori boʻladi.
Buning ustiga hozirgi sharoitlarda axborot tizimlari va guruhli ishdan keng
foydalanish hisobiga boshqaruvchanlik koʻlamini yanada koʻpayishining ehtimoli
bor. Masalan, D.Vudvord korxonalarni tekshirib chiqqandan keyin ishlab
chiqarishning uchta har xil turlari uchun quyidagi maʼlumotlarni olgan.
Mehnat ilmiy tadqiqot instituti boshqaruvchanlik meʼyorlarining quyidagi
miqdorlarini tavsiya qilgan:
boshqaruvning yuqori darajasi uchun, bunda qoʻl ostidagilar har xil
xarakterdagi vazifalarni bajaradilar, 3-7 nafar kishi;
boshkaruvning oʻrtacha darajasi uchun, bunda qoʻl ostidagilar oʻxshash
vazifalarni bajaradilar, - 8-20 nafar kishi;
boshqaruvning quyi darajasi uchun, bunda qoʻl ostidagilar bir xildagi
vazifalarni bajaradilar, -21-40 nafar kishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |