5.2. Tashkilotning ichki va tashqi muhiti
Har bir tashkilotni faoliyat yuritishi va rivojlanishi maʼlum bir muhitda (ichki
va tashqi) amalga oshiriladi. Tashkilot faoliyati faqat muhit uni amalga oshirishga
yoʻl qoʻygan holdagina boʻlishi mumkin. Vaqtning har qanday paytidagi
tashkilotning holati va faoliyati - uning ichki omillarining harakati va tashqi muhit
omillarining taʼsiri natijasidir.
93
5.3-rasm. Tashkilot ichki va tashqi muhitining omillari va oʻzgaruvchanlari
Tashkilotning ichki muhiti uning hayotiy kuchining manʼbasi boʻladi. U oʻz
ichiga tashkilotga faoliyat yuritish va zamon, vaktning maʼlum oraligʻida mavjud
boʻlish va yashab qolish imkoniyatini beruvchi salohiyatni oladi. Ammo u agar
uning kerakligicha faoliyat
yuritishini taʼminlamasa, uning muammolar va hattoki halokatining manbasi
boʻlishi mumkin.
Bozor munosabatlarini shaklanishida tashkilot ichki muhitining oʻzgarishlari,
uni bozorga moslashishi sodir boʻlishi kerak.
Tashkilotning ichki muhiti quyidagi tashkil qiluvchilarning uzviy
bogʻlanishidan iborat boʻladi (5.3. rasm).
-tashkiliy tuzilma;
-tashkilot ichidagi jarayonlar;
-texnologiya;
-xo dimlar;
-tashkiliy madaniyat.
Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi alohida boʻlinmalarning vujudga kelgan
ajratilishi, ular oʻrtasidagi aloqalar va boʻlinmalarning yagona bir butunga
birlashishini aks ettiradi.
Texnik vositalar va ularning tashkilot tomonidan yaratilayotgan yakuniy
mahsulotni olish uchun kombinatsiyalash va foydalanish usullarini oʻz ichiga
94
oluvchi texnoligiya menejment tomonidan eng diqqatli eʼtiborning predmeti boʻladi.
Boshkaruv texnologiyalari va ulardan samaraliroq foydalanishni amalga oshirish
masalalarini hal qilish kerak. Keyingi vaqtlarda borgan sari ilgʻorroq
texnologiyalarni paydo boʻlishi munosabati bilan menejmentning tegishli vazifalari
yetarlicha murakkabroq va ahamiyatliroq boʻlib bormoqda, chunki ularni hal qilish
tashkilot uchun kelajakda jiddiy va gʻoyatda ijobiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shuning bilan bir vaqtda ular tashkilotning ichki xayotida salbiy jarayonlarga olib
kelishi, uning tashkiliy tuzilmasini buzib yuborishi, xo dimllardagi motivatsiyani
yoʻqqa chiqarishi mumkin.
Xodimlar har qanday tashkilotning asosi boʻladilar Odamlarsiz tashkilot yoʻq.
Tashkilot faqat unda odamlar boʻlgani uchun yashaydi va faoliyat yuritadi. Odamlar
tashkilotda uning mahsulotini yaratadilar, tashkilotning madaniyati, uning ichki
muhitini shakllantiradilar, tashkilotning nima ekanligi ularga bogʻlikdir. Shuning
munosabati bilan tashkilotdagi odamlar menejment uchun "birinchi sonli predmet"
boʻladilar.
Tashkiliy madaniyat - bu tashkilot aʼzolari tomonidan taqsimlanadigan eng
muhim boyliklar (nomoddiy), niyatlar va belgilarning yigʻindisidir.Tashkilotning
hamma yoqqa kirib boruvchi tashkil qiluvchisi boʻlgan holda, u ham tashkilotning
ichki hayotiga va ham uning tashqi muhitdagi holatiga kuchli taʼsir koʻrsatadi.
Tashkiliy madaniyat quyidagi tashkil qiluvchilardan vujudga keladi:
• tashkilotni mavjud boʻlishinmg maʼnosini va uning xodimlar va mijozlarga
munosabatini beruvchi falsafa;
• tashkilot asoslanadigan, va uning mavjud boʻlish maqsadlariga yoki ushbu
maqsadlarga erishish usullariga tegishli boʻlgan ustivor qadriyatlar;
• tashkilot xodimlariga taqsimlanadigan va tashkilotdagi oʻzaro munosabatlar
tomoyillarini belgilab beruvchi hulq meʼyorlari;
• tashkilotda "oʻyin" olib boriladigan qoidalar;
• tashkilotda mavjud boʻluvchi va tashkilotda kanday atmosfera mavjudligi va
tashkilot aʼzolari tashqaridagi shaxslar bilan qanday oʻzaro hamkorlik qilishlarida
nomoyon boʻluvchi muhit;
• tashkilotda maʼlum tadbirlarni oʻtkazish, maʼlum ifodalar, belgilar va h.k.dan
foydalanishda aks ettiriladigan hulqiy urf - odatlar.
Tashkilot xodimlari koʻproq menejment tomonidan va xususan yuqori
rahbariyat tomonidan ishlab chiqiladigan va shakllantiriladigan tashkiliy
madaniyatning manbalari boʻladilar Tashkiliy madaniyat tashkilotning barcha
resurslarini uning maqsadiga erishishga jalb qilishda juda katta rol oʻynashi
mumkin. Ammo maqsadga erishish yoʻliga katta toʻsiq ham boʻlishi mumkin,
ayniksa, u buning uchun oʻzgarishlar oʻtkazishni talab qilsa.
Shuning uchun menejment tashkiliy madaniyatni shakllanishi, qoʻllab
quvvatlanishi va rivojlanishi masalalarini hal qilinishiga katta eʼtibor qaratishi
kerak.
Tashkilotning ichki hayoti koʻp sonli har har harakatlar, jarayonchalar va
jarayonlardan tashkil topadi. Tashkilotning turi, uning oʻlchami va faoliyat turiga
koʻra bir xil jarayonlar va harakatlar unda yetakchi oʻrinni egallashlari, boshqalari
95
yo yoʻq boʻlishlari yoki kichikroq hajmda amalga oshirilishlari mumkin. Ammo
harakatlar va jarayonlarning katta turli-tumanligiga qaramasdan, vazifaviy
jarayonlarning beshta guruhlarga ajratish mumkin, ular har qanday tashkilotning
faoliyatini qamrab oladilar va menejment tomonidan boshqaruv obʼyekti boʻladilar.
Ular quyidagilardan iborat:
• ishlab chiqarish;
• marketing;
• moliya;
• xo dimlarni boshqarish;
• ekkaunting (xoʻjalik fao liyatini hisobga olish va tahlil qilish).
Menejment tashkilotda oʻtayotgan vazifaviy jarayonlarni boshqarishni amalga
oshiradi, zarur boʻlgan hollarda, tashkilotning ichki muhitini shakllantiradi va
oʻzgartiradi.
Tashkilot bozor munosabatlari sharoitlarida atrof-muhit bilan har xil axborotli,
ashyoviy jihatlarda oʻzaro hamkorlik qilishga qodir boʻlgan ochiq tizimdan iborat
boʻladi.
Tashqi muhit tashkilotni resurslar bilan taʼminlovchi manba boʻladi. Bunda
tashkilot ham, oʻz navbatida, buning uchun toʻlov sifatida tashqi muhitga oʻz
faoliyatining natijalarini berishi kerak. Shunday qilib, tashkilot tashqi muhit bilan
doimiy ravishda oʻzaro almashish holatida boʻladi. U bilan aloqa uzilishi bilan,
tashkilot ham tugaydi. Tashkilotning tashki muhit bilan oʻzaro hamkorligi mavjud
boʻlish imkoniyati, tashkilotning faoliyati, kerakli darajada ichki solohiyatini,
hamda vujudga kelgan chetga chiqarishlarni bartaraf qilish va unga koʻrsatilayotgan
xunik taʼsirlardan keyin ham quyilgan maqsadlarga erishishni taʼminlaydi.
Tashqi omillar tashkilotlar ichidagi barcha omillar va jarayonlarga taʼsir
koʻrsatadilar, shuning bilan bir vaqtda ular tashkilotlarning boshqa operatsiyalariga
nisbatan koʻproq darajada relevantli(muhim)dirlar. Ularni ikkita asosiy guruhlariga
ajratish mumkin.
Birinchisi tashkilotlar umumiy tashqi muhitining omillarini tashkil qiladilar,
ular jamiyat, iqtisodiyot va tabiiy muhitning holatini aks ettiradilar va bevosita
tashkilot bilan bogʻlik emaslar.
Ikkinchi guruhga tashkilotlarning bevosita (ishga doir) muhiti omillari kiradi,
ular bevosita bogʻlanganlar va ular bilan oʻzaro hamkorlik qiladilar. Bular
isteʼmolchilar, yetkazib beruvchilar, raqiblar, ish boʻyicha sheriklar va h.k.
Tashkilotning tashqi muhitini turlicha taʼriflash mumkin. Masalan, nemis
olimlari tashqi muhitni taʼriflash uchun "murakkab" va "dinamik" tushunchalaridan
foydalanadilar.
Tashqi muhitning murakkabligini taʼriflarning miqdori va turli- tumanligi bilan
aks ettirish maqsadga muvafiqdir, ularni tashkilotlarni boshqarish jarayonida
hisobga olish zarur. Tashqi muhitning dinamikligini uning taʼriflarining
oʻzgaruvchanligi bilan aks ettirish mumkin. Yordamida tashqi muhitning
oʻzgaruvchanligini baholash mumkin boʻlgan asosiy taʼriflar uning omillarining tez-
tez takrorlanishi, miqdori va muntazamligidir.
96
Tashqi muhitning tashkilotlar faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi omillari gʻoyatda
murakkab, bir maʼnoli boʻlmagan va oʻzgaruvchandirlar. Buning ustiga, koʻrsatib
oʻtilgan omillar yaqindan oʻzaro taʼsir koʻrsatuvchi holatda boʻladilar, ulardan
birlaridagi oʻzgarish boshqalaridagi oʻzgarishlarga olib keladi.
Hozirgi vaqtda tashkilotlar(korxonalari)ning tashqi muhiti hammadan avval
quyidagilar bilan taʼriflanadi:
- katta noaniqlik;
- dinamiklik;
- oldindan aytib boʻlmaslik;
- murakkablik;
- baʼzi bir tashabbuskorlik bilan.
Masalan, bazaviy tashkilotlar (iktisodiy faoliyatning "Foydali qazilmalarni
qazib chiqarish", "Qayta ishlovchi ishlab chiqarish" elektr quvvati, gaz va suvni
ishlab chiqarish va taqsimlash" turlari boʻyicha)ning 2010 yilda oʻtkazilgan
soʻroviga koʻra, bu tashkilotlardagi ishga doir faollikni cheklovchi asosiy omillar
quyidagilardan iborat: tashkilotlarning pul mablagʻlarini yetishmasligi 35%,
tashkilot mahsulotiga mamlakat ichidagi yetarli boʻlmagan talab 42%, noaniq
iqtisodiy holat 16 %, kerakli uskunalarning yoʻqligi 30%, tashkilot mahsulotiga
xorijdagi yetarlicha boʻlmagan talab 18%, hamda xorijiy ishlab chiqaruvchilar
tomonidan yuqori raqobot 25 %.
Tashkilot-xoʻjalik yurituvchi subʼyektni normal ishlashiga jiddiy toʻsiqni yana
biri ishga doir axborotlarning yetarlicha boʻlmagan hajmi, axborot kengligining
surunkali yetkazib berishga bitimlarni shakllantirishni judayam qiyinlashtiradi,
xoʻjalik xatarini oshiradi va ishga doir munosabat nafaqat qattiqqoʻllik va bir
maʼnolikni, balki oʻzaro "murosa", egiluvchanlik va koʻp variantlikni koʻllashni
talab qiladi.
Zamonaviy tashkilot yashab qolishi va qoʻyilgan maqsadlarga erishishni
taʼminlash uchun atrof-muhitni oʻzgarishlariga samarali javob qaytarish,
moslashishga qodir boʻlishi kerak. Buning uchun tashkilot menejmenti, hammadan
avval uning yuqori darajasi tashkilotning atrof- muhit bilan oʻzaro hamkorlik qilish
siyosatini ishlab chiqarishi va oʻtkazishi, tashkilot atrofdagi holatning noaniqligini
pasaytirishi, uni atrof-muhitning oʻzgarishiga moslashishini rivojlantirishi kerak.
Bunda atrof-muhit bilan samarali oʻzaro hamkorlik ham tashkilot ichidagi jarayonlar
va ham tashqi muhitga taʼsir koʻrsatish bilan amalga oshirilishi kerak. Tashkilotning
atrof-muhit bilan oʻzaro hamkorlik qilishi strategiyasi tashkilotlarni boshqarishining
barcha jarayonlarini qurish burchagining boshida turishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |