1.Elektrpoezda asosiy raxbar kim?
2.Manevr ishlari va ularni me’yorlash
3.Metropolitendan foydalanish ishlarini boshqarish asoslari
4.Poezdlar harakat grafigini tuzish uchun kerak bo‘ladigan birlamchi ma’lumotlar
5.Poezdlar harakati va manevr ishlarida qo‘llaniladigan signallar
------------------------------------------------------------------
1.
Elektrpoezda asosiy raxbar elektrpoezd mashinisti.
Uchastkada asosiy raxbar poyezd dispecheri.
Elektrdepoda asosiy raxbar depo navbatchisi.
Stansiyadada asosiy raxbar stansiya navbatchisi.
2. Manyovr ishlarida
tortuv hisoblarini bajarish orqali lokomotivlar tomonidan
sarflanadigan yoqilg‘i va yarim reyslarni bajarishga sarflanadigan vaqt miqdori
hisoblanadi. Ushbu miqdorni to‘g‘ri aniqlash uchun vagonlarning hisobiy
parametrlarini to‘g‘ri tanlash talab etiladi. Ushbu maqola manyovr ishlarida tortuv
hisoblarini bajarish uchun poyezdning natur varag‘i asosida vagonlarning hisobiy
parametrlarini aniqlash usulini avtomatlashtirish natijalari bayon etilgan.
Poyezdning natur varag‘i asosida vagonlarning hisobiy parametrlarini aniqlashga
doir dasturiy ta’minot ishlab chiqilganligi, undan foydalanish tartibi va uning
ishonchliligi yoritilgan.
Keyingi yillarda temir yo‘l transportida, jumladan, uning texnikasi va ishlatilishida,
iqtisodiyotida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Temir yo‘llarni elektrlashtirish,
avtomatika va telemexanikani keng qo‘llash, ishlarni kompleks mexanizatsiyalash,
hisoblash texnikasi va mikroprotsessorlarni qo‘llash asosida texnik qayta jihozlash
bo‘yicha katta ko‘lamdagi ishlar olib borilmoqda. Ammo manyovr lokomotivlari
parkini yangilash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy yechimlarni izlash
yetarli darajada amalga oshirilmagan. Bular, o‘z navbatida, manyovr lokomotivlari
parkidan ularning xizmat muddatini uzaytirilgan holda foydalanish va manyovr
ishlariga sarflanadigan xarajatlarning umumiy xarajatlar turi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni
(ish haqi xarajatlaridan keyin) egallashiga olib keldi.
Magistral va sanoat temir yo‘l stansiyalarida manyovr ishlarini tashkil etish
transport jarayonlarining tahlili natijasida quyidagilar aniqlangan:
-manyovr ishlaridagi yoqilg‘i sarfini aniqlash usullaridan biri bir soatda qayta
ishlangan vagonlar soniga asoslanadi. Ammo bir soatda turli xil vagonlarga xizmat
ko‘rsatgan manyovr lokomotivining yoqilg‘i sarfi bir xil turdagi vagonlarga xizmat
ko‘rsatilgandagi sarfga nisbatan farq qiladi;
-temir yo‘l stansiyalarida manyovr ishlarini bajarishga sarflanadigan yoqilg‘i
miqdorini me’yorlash tajriba o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu bir stansiyada
o‘tkazilgan tajriba orqali olingan natijalar bo‘yicha belgilangan yoqilg‘i me’yori
boshqa stansiyaga to‘g‘ri kelmaydi va bu qo‘shimcha yoqilg‘i so‘rash yoki ortiqcha
yoqilg‘ini o‘zlashtirishga yo‘l ochadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |