Vagonda yong'in
ASOTP "Igla" yong'inni o’chirish tizimi orqali mashinist vagonda yong'in bo’layotgani
haqida xabar oladi. Yong'inning tasdig’i tunnel ichidagi tutun va favqulodda
yo'lovchi-mashinist aloqasi orqali berilgan yo'lovchining xabari bilan tasdiqlanadi.
Harakatlar tartibi:
1. Yong'in sodir bo'lgan vagondan yo'lovchilar chiqib ketishlari uchun oxirgi
eshiklarni oching.
2. Hodisa haqida dispetcherga xabar bering
3. Eng yaqin stansiyaga yurib boring va yo'lovchilarni poezddan tushiring. Poezd
ishlayotgan paytda tunnelda to'xtash tavsiya etilmaydi.
4. Yong'inni avtomatik tarzda o'chirish tizimlari ishga tushganligiga ishonch hosil
qiling va yong'in sodir bo’lgan joyni topib yo'q qilish choralarini ko'ring.
5. Mashinistning keyingi harakatlari Toshkent metropolitenida noodatiy holatlarda
mashinistning xatti-harakatlari tartibi to'g'risidagi ko'rsatmalarga muvofiq bo'lishi
kerak.
Relslarning portlatilishi
Tunnelda harakatlanayotganda, mashinist relslar uzilganligini payqaydi.
Harakatlar tartibi:
1. Favqulodda tormozlanish bilan poezdni tormozlang. Talaba 1 soniya ichida
nostandart holatni payqashi kerak.
2. Hodisa haqida dispetcherga xabar bering.
3. Mashinistning keyingi harakatlari Toshkent metropolitenida noodatiy holatlarda
mashinistning xatti-harakatlari tartibi to'g'risidagi ko'rsatmalarga muvofiq bo'lishi
kerak.
4.
Poezdlar harakati grafigini tuzish. Poezdlar harakati grafigini tuzishda uchastka
qatnovi boʼyicha yoʼlovchi poezdlarining harakat hajmi va ogʼirlik meʼyorlari, har bir
yoʼnalish , har bir uchastka boʼyicha yuk poezdlarining kategoriyalarini hisobga
olgan holda ularning harakat xajmi, ogʼirlik va uzunlik meʼyori, peregondagi yurish
vaqti, tezlanish va sekinlanish uchun qoʼshimcha vaqtlar, terma poezdlarning oraliq
stantsiyalarda turish vaqtlari va boshqa shunga oʼxshash birlamchi maʼlumotlarni
aniqlab olish lozim. Bu boshlangʼich maʼlumotlarning bir qismi oldingi boʼlimlarda
koʼrib chiqilgan. Poezdlar harakati grafigini tuzishda barcha poezdlar kategoriyasini
mukammal ravishda joylashtirish koʼzda tutilishi lozim.
Bunday joylashtirish poezdlar harakati xavfsizligini taʼminlashi lozim.
Poezdlarni joylashtirish bir yoʼllik uchastkadan boshlanadi. Birinchi navbatda
poezdlar harakati grafigiga tezkor poezdlarni, undan keyin yoʼlovchi poezdlarni
joylashtirish lozim. Yoʼlovchi poezdlarni joylashtirishda oraliq stantsiyalardagi turish
vaqtlarini hisobga olish lozim.
Terma va chiqaruvchi poezdlarni poezdlar harakati grafigiga tanlangan eng maqbul
chizma asosida joylashtiriladi. Terma va olib chiqib ketuvchi poezdlarning oraliq
stantsiyalarida turish vaqtlari mahalliy vagonlarni uzish va ulash manevr amallari
vaqtlarini oʼz ichiga olishi, zarur hollarda esa terma va chiqaruvchi poezdlar yurish
vaqtlarini surish imkonini berishi lozim.
Yuk poezdlarini ikki yoʼnalishda ham, bir maromda va bir vaqtning oʼzida
joylashtirish lozim. Yuk poezdlarini joylashtirish tartibi uchastkaning poezdlarni
oʼtkazish qobiliyatidan foydalana olishga bogʼliq.
Аylanma depolar joylashgan stantsiyalarda lokomotivlarning turish vaqtlari
belgilangan meʼyorda ushlab turilmasa, asosiy va aylanma depo stantsiyalaridan
poezdlarni joʼnatish vaqtlarini tahrirlash bilan bir qatorda oraliq stantsiyalardagi
poezdlarni toʼxtashlar vaqtini minimumga keltirishni taʼminlash lozim.
Kurs loyihasida B-V uchastkasi uchun toʼliq, А-B uchastkasi uchun esa, qisqartirilgan
poezdlar harakat grafigi tuziladi.
Poezdlar harakati grafigi koʼrsatkichlari. Poezdlar harakati grafigi asosiy
koʼrsatkichlariga quyidagilar kiradi:
-texnik va uchastka tezligi;
-uchastka tezligi koeffitsienti;
-lokomotivlardan foydalanish koʼrsatkichlari (lokomotiv aylanmasi, lokomotivning
sutkada oʼrtacha bosib oʼtgan masofasi, lokomotivlardan foydalanish parki,
lokomotiv ish unimdorligi).
5.
Texnik tezlik deb uchastkada bekatlarda to’xtash vaqtini xisobga olmagan xoldagi
tezlik.
Uchastka tezlik deb uchastkada bekatlarda to’xtash vaqtini xisobga olgan xoldagi
tezlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |