Bundan ko‘rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi, taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi ham mumkin.
Xulosa va takliflar
Har qanday mamlakatda ichki bozorda raqobatning mavjudligi bozor xo‘jaligi muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi, jahonning ko‘plab mamlakatlarida jumladan, o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlardaraqobat to‘g‘risida qonunlarning qabul qilinganligi va mazkur masalalar bilan shug‘ullanuvchi milliy tashkilotlarning tashkil etilganligi ushbu holatni tasdiqlab turibdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va Raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etilgan bo‘lib, uning faoliyati respublika iqtisodiyotida raqobat muhitini yaratish, mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar va firmalar xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun teng raqobat imkoniyatlarini barpo etishga yo‘naltirilgan.
Sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishning davlat tomonidan tartibga solinishi respublika bozorlarida raqobatni rivojlantirish uchun zarur tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratish, bozorlarning monopollashtirishga urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi monopoliyaga qarshi tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoyalash chora-tadbirlarini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida – “O‘zbekneftgaz”aksiyadorlik kompaniyasi tizimida 20 milliard AQSh dollarilik katta kapital qo‘yilmalar kiritilganiga qaramasdan, suyuq uglevodorod va tabiiy gaz qazib olish kamaygan. Shu bilan birga, bu borada xomashyo import qilish 1,3 barobar ko‘paygan. Yirik va hayotiy muhim loyihalarni amalga oshirish muddatlari doimo barbod qilinmoqda. 40 ming kishi ishlaydigan “O‘ztransgaz” kompaniyasi tizimida muddati o‘tgan debitor qarzdorlik 14 foizga oshgan” ligi to‘g‘risida o‘zining tanqidiy fikrlarini bildirib o‘tdi.
Yuqorida keltirilgan Prezidentimizning fikrlariga tayangan holda bugungi kunda ushbu tarmoqda uchrayotgan muammolar natijasida “O‘zbekneftgaz” AK tarkibidagi korxonalarning raqobatbardoshligini ta'minlashga qaratilgan quyidagi amaliy tavsiya ishlab chiqildi: “O‘zbekneftgaz”AK faoliyatining barqaror darajasini ta'minlash maqsadida mulkchilikning turli shakllarini joriy qilish orqali ularning raqobatbardoshligini oshirish maqsadga muvofiq.
“O‘zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish borasida sifat jihatidan yangi bosqichda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida biz neft-gaz sanoatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz” , – deya Prezidentimiz ta’kidlab o‘tdilar.
Qayd etilishicha, bugungi kunda tovar va moliya bozorlarida davlat kompaniyalari dominantlik qilmoqda. Monopoliyalarning 90 foizini davlat ulushi bor yoki davlat nazoratidagi kompaniyalar tashkil qiladi.
Ta'kidlanishicha, davlat kompaniyalari davlat unitar korxonasi va sho‘'ba korxonasi shaklida o‘z quyi tuzilmalarini tashkil etishmoqda va bu tuzilmalar xususiy kompaniyalar faoliyatining o‘rnini bosishi va bozorni bo‘lishda qatnashishga urinishi tez-tez kuzatilmoqda, bu esa budjet nazoratidan chiqib ketish instrumenti hamdir. Hozirda bunday kompaniyalar soni 1,4 mingdan ko‘proqni tashkil etadi.
Shu bilan birga, davlatning moliyaviy bozorlar va kapital bozoridagi (birja, markaziy depozitariy, banklar) vakolatlari va ishtiroki ko‘lami ham yuqoriligicha qolmoqda, bu esa manfaatlar ziddiyatini avj oldirib, tijoriy bozor mexanizmlarining rivojlanishiga to‘siq bo‘lyapti. Misol uchun, fond birjasida qimmatli qog‘ozlar savdosi yuzasidan hisob-raqamlarga xizmat ko‘rsatishda O‘zbekiston Milliy banki monopoliyasi o‘rnatilgan.
Umuman, bank sektorining 83 foizi davlat ishtiroki bilan faoliyat yuritmoqda. Taklif etilayotgan strategiyaga muvofiq, 2023 yilga qadar davlatning bank sektoridagi ishtirokini 50 foizgacha pasaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Bugun koʻpchilik avtohavaskorlarni ijtimoiy faol boʻlib, erkin kr bildirishga undayotgan mavzulardan biri bu GM monopoliyasini tugatishga boʻlayotgan kichikkichik qadamchalar.
GM Uzbekistan kompaniyasini sunʼiy monopoliya deb nomlashimizga sabab bor. Iqtisod fanida “tabiiy monopoliya” degan tushuncha bor: unga koʻra, tabiiy monopoliya deb jamoatchilikka zarur boʻlgan, lekin erkin raqobat asosida ishlaydigan bozor samarali taʼminlab bera olmaydigan xizmatlarni (bunday monopoliyalar odatda xizmat koʻrsatuvchi boʻladi) koʻrsatish uchun taʼsis etilgan kompaniyaga aytiladi.
Tabiiy monopoliyaga eng yaxshi misol bu Oʻzbekenergo aksionerlik jamiyatidir. Mamlakat aholisiga zarur elektr energiyasini bitta monopol kompaniya yetkazib berishi – bu eng samarali usul. Chunki bunda bir nechta raqiblar boʻlishi uchun, har bir raqib oʻz elektr tarmoqlariga ega boʻlishi kerak degani. Yaʼni, masalan, mamlakatda ikkita elektr taʼminotchisi boʻlsa, koʻchalarimizda bir qator emas – ikki qator simyogʻochlar boʻlishi kerak degani. Bu esa samarali usul emas, chunki aynan bitta xizmatni koʻrsatish uchun ikkitadan sim tarmoqlari boʻlishi – bu mantiqqa zid. Xuddi shu mantiqqa asosan temir yoʻllari (Oʻzbekiston temir yoʻllari), aloqa tarmoqlari (Oʻzbektelekom) kabi kompaniyalar ham tabiiy monopolistlardir.
Tabiiy monopolistlar ham notabiiy (soxta) monopollar kabi xavi. Ular ham yakkahokimlikdan foydalanib, narxlarni asossiz oshirishi yoki xizmat sifati haqida qaygʻurmasligi mumkin. Chunki isteʼmolchilarning monopolist xizmatlarini sotib olishdan boshqa chorasi yoʻq. Shu bois ham tabiiy monopoliyalarni davlat oʻzi boshqaradi, hamda narxlar va xizmat sifati tegishli darajada boʻlishini nazorat qiladi.
Avtosanoatni himoya qilish tarafdorlari chetdan kirgan avtomobillarga boj olib tashlansa, odamlar chetdan koʻp mashina sotib olishni boshlaydi va koʻp pulimiz chetga chiqib ketib qoladi degan argumentni ham koʻp qaytarishadi. Bu iqtisod nuqtayi nazaridan oʻta mantiqsiz argument.
Buni tushunish uchun hayotiy misol olaylik. Oddiy oʻzbek uzoq mehnat qilib, tejab yigʻgan puliga mashina olmoqchi. U 15 ming koʻkiga asl bahosi 8 ming boʻlgan GM mashinasini oladi (iloji ham yoʻq). Endi oʻsha mashina unga 5-10 yil xizmat qilib, pulga chaqqanda kamida 15 ming dollarlik naf keltirishi kerak. Lekin monopolist chiqargan mashina sifati shuncha yil xizmat qilib, shuncha naf keltiradigan darajada emas.
Endi bojlar bekor qilindi deylik. Bunda oʻzbek oʻsha 15 ming dollar pulidan 10 mingiga bir yilcha minilgan BMW oladi. Qolgan 5 mingini boshqa maqsadlariga saraydi. Ana shu BMW unga 5-10 yil xizmat qilib, 10 ming dollarlik naf keltiradi (oʻz pulini oqlaydi). Xoʻsh, ikkinchi holatda iqtisodimizdan 10 ming dollar chetga chiqib ketdimi? Ha – chiqib ketdi. Lekin uning evaziga isteʼmolchi 10 ming dollar naf keltiradigan sifatli avtomobilga ega boʻldi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, hozir O‘zbekistonda tabiiy monopoliya sub'yektlari bilan qo‘shib hisoblaganda 236ta monopolist-korxona mavjud va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ularning sonini keyingi to‘rt yilda 25 foizga qisqartirishni taklif etmoqda.
Bundan tashqari, 2023 yilga qadar monopol mahsulot va xizmatlarning YaIMdagi solishtirma hajmini 7 foizgacha kamaytirish, kichik biznesning YaIMdagi ulushini 3 foizga oshirish (54,9dan 57,9ga) mo‘ljallangan.
Bugungi kunda monopoliyani tartibga solishning ikki yo‘li mavjud bo‘lib, biri narxlarni tartibga solish orqali, ikkinchisi esa me’yoriy-huquqiy hujjatlar orqali amalga oshiriladi. Bu esa o‘z navbatida samara bermayotganligi, monopol korxonalarni tartibga solishda innovatsion yechim topish kerakligiga ishora etadi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan 2019 yilning 10 oyi mobaynida 3,6 mingta raqobatga qarshilik koʻrsatish holati aniqlandi. Ulardan 72%ini davlat organlari va davlat ishtirokidagi korхonalar sodir etgan. Imtiyozlarning raqobat darajasiga ta’siri tahlilidan ma’lum boʻlishicha, 25 ming хoʻjalik yurituvchi sub’yektga 88,8 trln soʻm miqdorida imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilgan. Bu korхonalar umumiy sonining 8%ini tashkil etadi. Bobir Karimovning hisoblashicha, individual imtiyozlarni bekor qilgan holda, ayrim korхonalarga davlat maqsadli koʻmagini taqdim etish boʻyicha jahon amaliyotini qoʻllash kerak. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan baholangan 245 ta qonun hujjatlari loyihalarining 80%ida raqobatga zid normalar mavjudligi aniqlandi.
182 ta tender savdolarini oʻtkazishda ishtirok etish jarayonida va 5 mingta davlat хaridlari tahlil qilinishi natijasida qonun hujjatlari talablarining buzilishining 1 255 ta holati bartaraf etildi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, tovarlar va xizmatlar bozorlarida samarali raqobat muhitini yaratish hamda monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, taqsimlash tizimi elementlarini tugatish, xo‘jalik yurituvchi barcha subyektlarning moddiy-texnika resurslari bilan ta'minlanishida teng shart-sharoitlarni vujudga keltirish, yoqilg‘i-energetika resurslari hamda
yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta'minlash sohasida suiiste'molchiliklar va talon-tarojliklarning oldini olish, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish, shuningdek, valyuta siyosatini liberallashtirish sharoitida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoqlarda monopoliyani tartibga solishning yagona yechimini, tarmoqlarda raqobat muhitini shakllantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |