TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI “IQTISODIYOT” FAKULTETI “RAQAMLI IQTISODIYOT VA AXBOROT TEXNALOGIYALARI” KAFEDRASI
KURS ISHI
MAVZU: RAQOBATNING MOHIYATI VA UNING IQTISODNING RIVOJLANISHIDAGI O’RNI
Bajardi: “Iqtisodiyot” fakulteti “Raqamli iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishi 1-kurs 107-guruhi talabasi Mardiyev Asliddin ___________________________________
Ilmiy rahbar: “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnaligiyalari” kafedrasi oqituvchisi Zafar Abdullayev
___________________________________
MUNDARIJA Kirish Raqobatning iqtisodiy mazmuni rivojlanish bosqichlari va
uning vazifalari………………………………………. Raqobatning shakllari va usullar……………………
Raqobatning bozor iqtisodiyoti rivojidagidagi o`rni. Salbiy va Ijobiy jihatlari…………………………………………
Monopoliya, uning vujudga kelishi va turlari, afzalliklari, ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari…………………………..
Xulosa va takliflar……………………………………….. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………..
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Dialektika qonunlariga rioya qilib, dunyodagi hamma narsa bir-biri bilan raqobatlashadi. Tirik organizmlar afzalliklar, kengayish, qulaylik va foyda olish huquqi uchun kurashga kirishadilar, ba'zi hollarda odamlar tomonidan yaratilgan murakkab tuzilmalar va, albatta, daromad olish sohasida, ya'ni biznesda raqobat, uning haqli ravishda eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Raqobat har qanday davlatning iqtisodiyotida ustun mavqeni egallaydi. Raqobatning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, uning xalqaro bozor munosabatlaridagi mavqei va ta'siri bilan belgilanadi. Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman Tovar xo’jalgining eng muhim belgisi va uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim jihatlari bozor iqtisodiyotining eng asosiy elementlaridan hisoblangan raqobatni rivojlantirish, monopol va ustun mavqega ega xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlari va xizmatlarining sifati hamda kafolatini kuchaytirish, ularning narxlari (tariflari) muqobilligini ta’minlash, iste’molchilarning xarid talabini qondirish orqali makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshirishga qaratilganligidan iboratdir. Bu esa davlat tomonidan monopol mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tarkibiy o‘zgartirish va sog‘lom raqobat muhitini yaratishga yo‘naltirilgan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi va albatta, qonunchilikni takomillashtirishni taqozo etadi. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan: “Hukumat, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va hokimliklar rahbarlari oldiga quyidagi aniq ustuvor vazifalar va talablar qo‘yildi: – iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va respublika hududlarida ishlarning holatini tizimli tanqidiy tahlil qilish va shu asosda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari hamda ustuvor vazifalariga tegishli tuzatishlar kiritish” deb ta’kidlandi1 . Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi nomli ma’ruza vazifalaridan kelib chiqqan holda qabul qilingan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun ayni shu jihatdan muhim ahamiyatga molik hujjatdir. Qonunning asosiy maqsadi tovar va moliya bozorlaridagi raqobatga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 14 noyabrda qabul qilingan, Oliy Majlis Senat tomonidan 2011 yil 5 dekabrda ma’qullangan bo‘lib, 2012 yil 6 yanvardan boshlab kuchga kirdi.
Bu qonunda raqobat quyidagicha ta’riflangan: Raqobat – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi.
Bizningcha, raqobat bu tovar va xizmatlar bozorida ikki yoki undan ortiq ishtirokchining o‘zaro musobaqalashuvidir. Hozirgi kundagi dolzarb masalalaridan biri hisoblangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da: Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va difersifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish bandida quyidagilar ta’kidlangan: milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmatlar ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish; ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmadagi loyihalarni amalga oshirish qaratilgan aktiv investitsiya siyosatini olib borish; sanoatning yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish”.