Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali “iqtisodiyot” fakulteti


Monopoliya bir qator turlarda mavjud bo‘ladi. Ularning kelib chiqishi va shakllanish yo‘llariga bog‘liqligi bo‘yicha asosiy turlarini qarab chiqamiz



Download 0,74 Mb.
bet15/17
Sana14.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#667003
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
kurs ishi (1)

Monopoliya bir qator turlarda mavjud bo‘ladi. Ularning kelib chiqishi va shakllanish yo‘llariga bog‘liqligi bo‘yicha asosiy turlarini qarab chiqamiz:
Tabiiy monopoliyalar – iqtisodiy faoliyatning texnikaviy va texnologik xususiyatlarini taqozo etib, ular raqobatni qo‘llash mumkin bo‘lmagan yoki qiyin bo‘lgan sohalarda vujudga keladi. Bular: Suv, energiya, gaz ta’minoti korxonalari, temir yo‘l transporti; Harbiy-mudofaa majmuasi korxonalari.
Iqtisodiy (sun’iy) monopoliyalar – ishlab chiqarish va kapitalning to‘planishi hamda korxonalarning turli yo‘llar bilan birlashishi natijasida vujudga keladi.
Iqtisodiy monopoliyalarga kartel, sindikat, trest va konsernlarni kiritish mumkin.
Кartel – sanoatning bir tarmog‘idagi bir nechta korxonalar uyushmasi bo‘lib, qatnashchilar ishlab chiqarish va tijorat sohasida to‘liq xo‘jalik mustaqilligini saqlab qoladi. Ular ishlab chiqarishning umumiy hajmidagi ulushi, sotish narxlari, bozorlarning taqsimlanishi va boshqa shu kabilar bo‘yicha kelishib oladi. 209 Neft eksport qiluvchi mamlakatlar (OPEК) tashkiloti – xalqaro ko‘lamdagi kartelga misol bo‘la oladi. U 1960-yilda tashkil qilingan bo‘lib, a’zo mamlakatlar (XX asr oxirida 11 mamlakat) neftni qazib olish va eksport qilish sohasida yagona siyosat yuritishga harakat qiladi.
Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar birlashmasi bo‘lib, qatnashchilar xo‘jalik yuritishning moddiy shartsharoitlariga mulkdorlik huquqini saqlab qoladi, ular provard mahsuloti esa umumiy mulk sifatida alohida tashkil qilingan muassasa tomonidan sotiladi.



Trest – tadbirkorlarning birlikdagi mulki asosida tashkil qilinib, unga kiruvchi korxonalar o‘zlarining ishlab chiqarish va tijorat sohasidagi mustaqilligini yo‘qotadi hamda yagona boshqaruv tizimiga birlashadi. Bunga “O‘zbekiston havo yo‘llari” DAК, umumiy ovqatlanishi va maishiy xizmat korxonalarning shahar birlashmalari, tarmoq vazirlik va qo‘mitalari misol bo‘la oladi.
Кonsern – formal mustaqil korxonalar ittifoqi bo‘lib, uning doirasida bosh firma barcha qatnashchilar ustidan moliyaviy nazoratni tashkil qiladi. Hozirgi zamon konserni – bu yirik ko‘p tarmoqli majmua bo‘lib, unga turli mamlakatlarda joylashgan sanoat, savdo, bank va boshqa korxonalar kiradi. Кonsern qatnashchilarni aksiyalariga egalik qiluvchi kompaniya ular faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi sababli “xolding” (inglz. hold – ushlash, egallash) deb nomlanadi.
Monopolist birlashmalar bozordagi hukmron mavqeini ushlab turish uchun raqobatning mumkin bo‘lgan barcha usullaridan foydalanadi. Bular:

  • xo‘jalik – autsayder (monopolistik birlashmaga kirmagan korxonalar) lar bilan iqtisodiy aloqalarni to‘liq yoki qisman bekor qilish; B) demping – raqibini sindirish maqsadida tovarlarini oldindan “pasaytirilgan” (xarajatlar darajasida) narxlarda sotish;

  • monopoliyaga kirmagan korxonalarga tovarlar sotishni cheklash (masalan, neftni qayta ishlash zavodlariga neft yetkazib berishni kamaytirish);

  • narxni tartibga solish – monopolist mahsulotlarining kichik mulkdorlarga sotiladigan narxini oshirib va bir vaqtda yirik korxonalar uchun uni pasaytiradi;

  • Qonunchilikda tan olinmagan vositalar yordamida (yutib yuborish va qo‘shib olish maqsadida buyurtma asosida jismoniy yo‘qotishgacha bo‘lgan) raqibini sindirish va sanoat josusligi.

Monopoliyalar to‘g‘risida qayd qilinganlarni hisobga olib, aytish mumkinki, unda tuzilmaning ijobiy va salbiy jihatlari mujassamlashgan. Monopoliyaning ijobiy tomonlari sifatida quyidagilarni qayd qilish mumkin:

  • Mahsuloti odatda, yuqori sifat bilan ajralib turadi;

  • Yirik ko‘lami ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va resurslarni tejash imkonini beradi;

  • Ishlab chiqarishni fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari asosida rivojlantirish uchun katta moliyaviy mablag‘larga va iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihatlarni ko‘rsatish mumkin:

  • resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Monopoliyalarning yuqori foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni cheklashi narxlarning ko‘tarishi, pirovard natijada resurslardan foydalanish va ularni taqsimlash samaradorligining pasayishiga olib keladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot samaradorlikni bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi. Monopoliyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Oqibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflatsiya o‘sadi, xo‘jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiyat boyligi resurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan potensial miqdoriga qaraganda kamayib ketadi;

  • daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi. Bu holat ham narxlarning monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu aholi qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib keladi;

  • iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi. Bunday holatning vujudga kelishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini sezmasliklari hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo‘shimcha urinishlarsiz o‘zlarining bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa ularni ishlab chiqarishni ratsionallashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, assortimentini kengaytirish va xaridorlar manfaatlari to‘g‘risida qayg‘urish kabi xatti-harakatlardan qaytaradi;

  • iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishi. Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to‘sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo‘lgan korxonalarni o‘zlariga bo‘ysundirishlari, o‘z xodimlarining mehnatiga pasaytirilgan miqdorda haq to‘lash, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarish, o‘ta darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o‘z mahsulotini iste’mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi kamsituvchi shartlarini ko‘ndalang qo‘yishlari mumkin.


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish