Tuzuvchi: «_______________ » ass: Vafoxojayeva D.
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
«Buxgalteriya hisobi, moliya, soliq va statistika”
kafedrasi mudiri: «______________ » Dots. M.Xolmurzaev
"Statistika"fanidan 2-kurs, 3-semstr yakuniy nazorat
6-Bilet
1.Yakka va umumiy mutlaq miqdorlar bir-biridan nima bilan farq qiladi?
Ifodalanishiga qarab mutlaq miqdorlar yakka va umumiy miqdorlarga bo’linadi.
Yakka mutlaq miqdorlar statistik kuzatish jarayonida olinib, boshlang’ich hisob va kuzatish xujatlarida qayd qilinadi. Bunday miqdorlar kuzatilayotgan to’plamning alohida birliklarini tavsiflaydi va statistik tekshirish uchun manba bo’lib hisoblanadi. Guruhdagi har bir talaba, davlat xo’jaligidagi ayrim ekinlar maydoni, zavoddagi har bir ishchining olayotgan ish haqi va xokozolaryakka mutlaq miqdorlarga misol bo’la oladi. Ular svodkalash va guruhlash uchun manba bo’lib qolmay ilg’or tajribalarni ommalahtirishda ijobiy va salbiy voqealarni yoritishda keng qo’llaniladi.
Umumiy mutlaq miqdorlar deganda kuzatilayotgan to’plamning har birini emas, balki uning yig’indisini ta`riflovchi miqdorlar tushiniladi. Ular boshlang’ich statistik kuzatish materialllarini svodkalash natijasida olinadi. Bunday mutlaq miqdorlarga guruhdagi yoki institutdagi jami talabalar soni, qishloq xo’jaligidagi hamma ekinklar maydoni, zavoddagi barcha ishchilarning ish haqi fondi misol bo’la oladi. Demak umumiy mutlaq miqdorlar mohiyati jihatdan bir xil bo’lgan yakka mutlaq miqdorlarning yig’indisidir. Buni quyidagicha yozish mumkin:
Umumiy mutlaq miqdorlarxodisa va jarayonlarning umumiy sonini, hajmini qiymatini o’zida aks ettirib muayyan olingn xo’jalik, tarmoq, viloyat, respublika mavqeini, imkoniyatini tavsiflaydi. Mutlaq miqdorlar:
Naturada
Shartli naturada
Pulda
Kompleks o’lchov birliklarida ifodalanishi mumkin.
2.Naturada kompleks o’lchov birliklari deb nimaga aytiladi?
Naturada o’lchov birliklari deyilganda o’rganilayotgan xodisaning ichki xususiyatini, ifodalovchi og’rlik, uzunlik, xajm va boshqa birliklar tushuniladi. Masalan, qazib chiqariligan qurum – tonna, aholi soni – kishi, ekin maydoni – gektar, bosib o’tilgan masofa – kilometerlarda ifodalanadi.
Ba`zi murakkab hodisalarni ikkita va undan ortiq o’lchov birliklarining o’zaro birikmasi bilan tavsiflashga to’g’ri keladi. Masalan yuk transportining bajargan ishi tonna – kilometr ( tashilgan yuk xajmi va bosib o’tilgan masofa), ish vaqti – kishi – soat yoki kishi – kuni (ishlagan kun yoki soat va kishilar soni), iste`mol qilingan elektr quvvati kilovatt-soat ( kilovatt va soat) va xokozolarda ifodalanadi.
Shunday qilib, murakkab hodisalarni ifodalovchi ikki va undan ortiq o’lchov birliklarining o’zaro birikmasi statistikada kompleks o’lchov birliklari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |