2-rasm. Risk funksiyalari8
Shuni ta’kidlash kerakki, iqtisodiy jarayonning ajralmas qismi sifatida riskning mavjudligi, shuningdek, ushbu sohada qo‘llanilayotgan ma’muriy ta’sirlarning o‘ziga xosligi shunga olib keldiki, riskni boshqarish bir qator hollarda malakali faoliyatning mustaqil turi sifatida namoyon bo‘la boshladi. Ushbu faoliyat turini malakali mutaxassislar, sug‘urta korxonalari, shuningdek, moliyaviy menejerlar, risk menejerlari, sug‘urta mutaxassislari amalga oshirmoqda.
Bugungi kunda biz nafaqat risklar haqida ma’lumotlarga egamiz, balki ularni
8 Fozilchayev Sh.Q., Xidirov N.G‘. Moliyaviy risklar nazariyasi. O‘quv qo‘llanma . –T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. - 240 b.
tahlil qilib, baho berib, risklarni boshqarish imkoniyatiga egamiz. Lekin tahlilni ham, risklar boshqaruvini ham birinchi bosqichi - bu risk turini aniqlashdir.
Risk – faoliyat yuritish davomida turli xil omillarning o‘zgarishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatar yoki xatarlar majmuasidir9.
Koxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida kutilgan foydaning olinmasligi, kutilmagan xarajatlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq hodisalar yoki ularning yuz berish ehtimolliklari riskni ifodalaydi. Fikrimizcha, risk - bu moliyaviy kategoriya bo‘lib, kutilishi mumkin bo‘lgan omad yoki xatar, ya'ni ko‘zlangan foydani olish jarayoniga hos bo‘lgan umid qilish yoki ko‘p mablag‘larning yo‘qotilishi ehtimolliklari bo‘lib, u qandaydir holatlar, omillar ta'sirida kutiladigan foydaning pasayishi, ortishi yoki yo‘qotilish ehtimolida namoyon bo‘ladi. Korxonalar investitsion faoliyatiga ta’sir etuvchi risklar bo’yicha ham bir qancha qarashlar mavjud.
Jumladan, K.U.Sharifxodjayeva risklarning kichik biznes korxonalari foydasiga ta’sirini baholash va kamaytirishga qaratilgan fikrlarni bildirib o’tgan10.
E.Akhmetshin fikricha korxonaning samarali faoliyati uchun investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish hozirgi kunda dolzarbligini, investitsion jozibadorlik bu korxonalarning ishlab chiqarish, innovatsiya, bozor, marketing va boshqa faoliyatni amalga oshirishda muhim element ekanligini, korxona investitsion faoliyati ta’sir etuvchi risklarni boshqarish ularni barqaror rivojlanishi uchun zururdir11.
M.Esa, F.S.Ibrahim, S.S.Mohd Ishak, S.R.Mehdi Riazilar sanoat korxonalarida risklarni boshqarishga oid ilmiy tadqiqotlarida sanoat korxonalarida risklarni boshqarish korxonaning moliyaviy ko’rsatkichlariga ijobiy ta'sir etishini, korxonalarni riskni boshqarishga hozirgi kunda jiddiy e’tibor qaratmayotganligi sababini, risklarni boshqarishda startegik qarorlar qabul qilish muhim ahamiyat kasb etishini aniqlashgan12.
Iqtisodiyotda investitsion loyihalarni amalga oshirish turli xil risklar bilan bog‘liq bo‘ladiki, bu esa ularni bartaraf etishining samarali va optimal variantlarini ishlab chiqishni hamda investitsiyaviy risklarni samarali boshqarishni taqozo etadi. Lekin har qanday sharoitda ham, eng avvalo, investitsiyalarni amalga oshirishda duch kelishi mumkin bo‘lgan risklarni baholash, tahlil etish eng dastlabki qadam
9 Fozilchayev Sh.Q., Xidirov N.G‘. Moliyaviy risklar nazariyasi. O‘quv qo‘llanma . –T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. - 240 b
10 Sharifxodjayeva K.U. Risklarni kichik biznes korxonalari foydasiga ta’sirini baholash va kamaytirish. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. -T.: BMA, 2010. - 24 b.
11 Akhmetshin E. Management of investment attractiveness of enterprises: Principles, methods,organization // International Journal of Applied Business and Economic Research, 2017. №15(23). https://www.researchgate.net/publication/322265728.
12 Esa M., Ibrahim F.S., Mohd Ishak S.S., Mehdi Riazi S.R. Impact of enterprise risk management on organizational performance // Journal of Advanced Research in Dynamical and Control System, 2018. №10(6). https://www.researchgate.net/publication/333338412.
bo‘lib hisoblanadi.
Investitsiya faoliyati ma'lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan investorlar ma'lum daromad, foyda olishni ko‘zlaydi. Mazkur foyda investorlarning xarajatlarini, inflyatsiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Ammo, amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan va rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri – investitsiya risklarining mavjudligidir.
Investitsiya risklari deganda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish jarayonida rejalashtirilgan foydani olmaslik ehtimoli tushuniladi. Bu holatda risk obyekti sifatida loyihaga o‘z mablag‘larini u yoki bu shaklda kiritgan shaxs – investorning mulkiy manfaatlari namoyon bo‘ladi.
Investitsiyalash mohiyati kelgusida foyda olinishini ta’minlaydigan aktivlarning muayyan turlariga o‘z yoki qarz kapitalini joylashtirishdan iborat. Investitsiyalar uzoq muddatli va qisqa muddatli bo‘lishi mumkin.
Investitsiya riski o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy yo‘qotishlar riski;
daromadlarni pasayish riski;
Do'stlaringiz bilan baham: |