Ilmiy loyiha ishining obyekti va predmeti. Ilmiy loyiha obyekti qilib, korxonalar va tijorat banklarining investitsion faoliyatiga ta’sir qiluvchi risklar va ularni boshqarish tanlab olindi. Ilmiy loyiha predmeti bo’lib, korxonalar va tijorat banklarining investitsiya faoliyatini amalga oshirish va moliyalashtirishga qaratilgan iqtisodiy munosabatlariga ta’sir qiluvchi risklar hisoblanadi.
Ilmiy loyiha ishining maqsadi va vazifalari. Investitsiya faoliyatida risklar va ularni boshqarish bo’yicha ilmiy taklif va xulosalar ishlab chiqish ilmiy loyiha ning maqsadi hisoblanadi. Ilmiy loyihaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilab olingan:
risk tushunchasi, investitsiya riski, uning mazmun-mohiyati va tasniflanishini o’rganish:
investitsiya faoliyatida risklarni baholash usullarini o’rganish;
korxonalar investitsion faoliyatida risklarni boshqarishni tahlil qilish;
tadqiqot natijalaridan kelib chiqib tegishli taklif va xulosalarni berish.
1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. https://president.uz/uz/lists/view/3324
Risk tushunchasi, investitsiya risklar, uning mazmun-mohiyati va
tasniflanishi
Risk mohiyati va mazmunini ko‘rib chiqar ekanmiz, tadbirkor, ishbilarmon va menejerning muvaffaqiyati riskka munosabatni tushunishiga sezilarli darajada bog‘liqligini isbotlashga endilikda hojat qolmagan. Bu muammo alohida qiziqish uyg‘otadi va har tomonlama o‘rganishga arziydi.
Tadbirkorlik faoliyati va biznesda risk boshqaruv nazariyasi hamda amaliyotining muhim tarkibiy qismi sifatida, ayniqsa, ushbu eng jiddiy muammoning kam o‘rganilganligini hisobga olsak, tamomila mustaqil nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Risk vaziyatlarida boshqaruv masalalari bo‘yicha manbalar ro‘yxati va mahalliy adabiyotda uni baholash darajalari anchayin qashshoq, fundamental tadqiqotlar deyarli yo‘q. Uzoq vaqt mobaynida mamlakat xalq xo‘jaligini asosan ekstensiv rivojlantirishga mo‘ljal olish, boshqaruvning haddan tashqari yuqori markazlashuvi, boshqaruvning ma’muriy usullari hukmronligi noaniqlik va riskni hisobga olish masalasini qo‘yishga imkon bermagan. Bundan tashqari, “taqchillik iqtisodiyoti”da tadbirkorda risk qilish, mavjud ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zgartirishga xohish va qiziqish bo‘lmagan. Bundan xo‘jalik va ijtimoiy risk muammosiga barqaror qiziqish yo‘qligining sabablari tushunarli.
Jahonda moliya tizimini rivojlanishi bilan mamlakatlarda investitsion faoliyat, investitsion faoliyatga risklarni ta’siri ko’plab xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar tomonidan maxsus ilmiy tadqiqot sifatida o’rganilgan bo’lib, mazkur tadqiqotlar muhim ilmiy yondoshuvlarga egadir.
Bugungi kunda risk mohiyati bo‘yicha bir ma’noli izoh yo‘q. Bu, xususan, ushbu atamaning ko‘p qirrali ekanligi, xo‘jalik qonunchiligimiz tomonidan real iqtisodiy amaliyotda va boshqaruv faoliyatida deyarli to‘liq inkor etilishi bilan izohlanadi. Bunga qo‘shimcha ravishda, risk – ko‘plab ustma-ust tushmaydigan, ba’zan esa qarama-qarshi real asoslarga ega bo‘lgan murakkab hodisadir. Bu turli xil nuqtai nazardan riskning bir nechta ta’rifi mavjud bo‘lishi ehtimolini yuzaga keltiradi.
Riskning ko‘plab ta’riflarini tahlil qilish bizga quyidagi kabi riskli vaziyatlarga xos bo‘lgan asosiy masalalarni aniqlash imkonini beradi:
ehtimoliy natijalardan qaysi biri amaliyotda qo‘llanilishini belgilab beruvchi voqea-hodisaning tasodifiylik xarakteri (noaniqlik mavjudligi);
muqobil yechimlar mavjudligi;
natijalar ehtimoli va kutilayotgan natijalar ma’lum yoki ularni aniqlash mumkin;
zararlar yuzaga kelishi ehtimoli;
qo‘shimcha foyda olish ehtimoli.
“Risk” tushunchasini to‘liqroq aks ettiradigan quyidagi risk ta’rifiga
to‘xtalamiz2: risk – muqarrar tanlov vaziyatlarida noaniqlikni bartaraf etish bilan bog‘liq faoliyat bo‘lib, bu jarayonda kutilgan natijaga erishish, muvaffaqiyatsizliklar va maqsaddan og‘ishlar ehtimolini miqdor hamda sifat jihatidan baholash imkoni mavjud bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, risk bilan noaniqlik o‘rtasidagi farq axborot berish usuliga bog‘liq va nazorat qilinmaydigan o‘zgaruvchilarning ehtimoliy tavsiflari mavjudligi (risk holatida) yoki yo‘qligi (noaniqlikda) bilan belgilanadi. Qayd etilgan ma’noda ushbu atamalar operatsiyalarni tadqiq qilishning matematik nazariyasida qo‘llanilib, bunda riskda va mos ravishda noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish masalalari ajratib ko‘rsatiladi. Agar u yoki bu variantning ehtimollik darajasini sifat va miqdoriy jihatdan aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lsa, u holda aynan shu riskli vaziyat bo‘ladi.
Taniqli lug‘atchi olim S.I.Ojegov va N.Y.Shevedovaning rus tili lug‘atida “risk” bu “muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisa, umid” degan ma’noni anglatadi deyilsa3, V.T.Sevruk “risk - bu zarar ko‘rish yoki manfaatni qo‘ldan chiqarish bilan bog‘liq ehtimollar o‘lchamidir” degan ta’rif beradi4.
Professor V.M.Usoskin “Risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi o‘z navbatida oldindan ko‘ra bilish kiyin yoki mumkin bo‘lmagan voqealar bilan bog‘liq bo‘ladi” deb izohlaydi5.
P.G.Grabovoy, S.N.Petrova, S.I.Poltavsevlarning “Riski v sovremennom biznesa” kitobida “Risk - bu korxona resurslarining bir qismini yo‘qotish yoki daromad ola olmaslik, qo‘shimcha xarajatlar qilish havfidir”6, deb ta’rif berganlar.
Yuqorida keltirilgan ta’riflarning barchasida risk qandaydir xavf-xatar va zararlar ko‘rishdan iborat ekanligi to‘g‘risida fikr yuritilgan. Riskni ta’riflaganda, uni zarar bilan bog‘liq xavf-xatar, noaniqlik deyish risk tushunchasining mohiyatini to‘la ifodala olmaydi.
Yuqoridagilarga o‘xshagan ta’riflarni mahalliy iqtisodchilarimizning ishlarida ham uchratish mumkin. Undan tashqari, ohirgi yillarda chop qilinayotgan ko‘pgina mualliflarning ishlarida “risk” so‘zini o‘zbekchaga tarjima qilishga harakat qilingan. Natijada hozirgi kunda turli mualliflar tomonidan “risk” termini turlicha nom bilan talqin qilinmoqda. Ba’zi bir iqtisodchilar riskni “tavakkalchilik” deb ifodasalar, boshqalari riskga “xato”, “ikkilanish”, “noaniqlik”, “mavhumiylik” va hokazolar deb ta’rif berish to‘g‘riroq degan xulosa qiladilar.
Shunday qilib, risk vaziyati (riskli vaziyat) – bu voqealarning yuzaga kelish
2 Алгин А.П. Риск и его рол в обшчественной жизни. — М.: “Мысль”, 1989. - 192 с
3 Ожегов С.И., Шведова Н.Ю. Толковый словарь русского языка. — М.: ООО “А ТЕМП”, 2006. - 944 c.
4 Севрук В.Т. Банковские риски. М.: “Дело-ЛТД”, 2006. - 482 c.
5 Усоскин В.М. Современный коммерческий банк: управление и операции. - М.: ИПЦ "Вазар-Ферро", 1994. - 320 c.
6 Грабовой П.Г., Петрова С.Н., Полтавцев С.И. Риски в современном бизнеса. М.: “Аланс”, 2006. - 200 c
ehtimoli mavjud va aniqlanishi mumkin bo‘lgan noaniqlik turidir, ya’ni, bu holatda, ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlar bilan qo‘shma faoliyat, raqobatchilar yoki dushmanlarning qarshi harakatlari, iqtisodiyot rivojlanishiga tabiiy muhit ta’siri, xalq xo‘jaligiga ilm-fan yutuqlarini joriy etish va boshqalar natijasida yuzaga keluvchi voqea-hodisalar ehtimolini baholash imkoniyati obyektiv mavjud bo‘ladi. Adabiyotlarda riskning subyektiv, obyektiv yoki subyektiv-obyektiv xususiyatini tan oladigan uchta asosiy nuqtai nazar mavjud. Bizning fikrimizcha, eng to‘g‘ri yondashuv – bu subyektiv-obyektivdir, chunki uni asoslash uchun asosiy dalil shaxs, guruh, jamoa va boshqalar faoliyat jarayonida subyektiv munosabatlarga jalb qilingani uchun faoliyatning o‘zi ham subyektiv va obyektiv jihatlarga ega
bo‘lishiga oid voqelikni tan olish hisoblanadi.
Risk noaniqlik sharoitida va majburiy (zaruriy) tanlov vaziyatida maxsus faoliyatni o‘zida aks ettirganiga bog‘liq ravishda, u ham o‘zida obyektiv va subyektiv dialektik birlikni ifodalaydi.
Binobarin, risk har doim muayyan muqobillarni tanlash va ularning natijalari ehtimolini chamalash bilan bog‘liq bo‘ladi – uning subyektiv jihati shunda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, risk kattaligi nafaqat subyektiv, balki obyektiv hamdir, chunki u real mavjud noaniqlikning sifat va miqdor jihatidan ifodalash shakli sanaladi.
Misol uchun tadbirkorlik riskining tabiatini tushunish uchun riskning foyda bilan aloqasini o‘rganish o‘ta muhim ahamiyatga ega. Tadbirkor noaniqlik sharoitida risk qilishga tayyorligini ko‘rsatadi, chunki yo‘qotish riski bilan birga qo‘shimcha daromad olish imkoniyati ham mavjud. Holbuki, tadbirkor foyda olishi kafolatlanmagani yaqqol ma’lum, u sarflagan vaqti, sa’y-harakati va qobiliyatlar uchun mukofot tariqasida foyda olishi ham, zarar ko‘rishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |