Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya”



Download 5,03 Mb.
bet15/27
Sana13.11.2022
Hajmi5,03 Mb.
#865236
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
Молия мус тал Услубий кулланма

4-rasm. Umumiy, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan xarajatlarning mos mahsulot hajmiga nisbatan o‘zgarishi14
“Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usulini qo‘llash va murakkab xarajatlar strukturasi masalasini hal qilish uchun moliyaviy menejer rejalashtirilayotgan maqsadlar uchun eng munosib ishlab chiqarish hajmini aniqlash va ushbu ishlab chiqarish hajmiga muvofiq ravishda yarim-o‘zgaruvchan xarajat moddalarining bir


14 Keown A.J., Martin J.D., Petty J.W. Foundations of Finance: the logic and practice of financial management. Textbook. - NY: “Pearson Education”, 2014. – 547 p.
qismini o‘zgarmas, qolganini esa o‘zgaruvchan xarajatlarga ajratish orqali ularning qiymatli samaradorligini aniqlashi shart. Haqiqiy biznes jarayonida bu jarayon hazil emas. U haqiqiy zararsizlik hisob-kitoblarini qilishga nisbatan xarajatlarni o‘zgarmas va o‘zgaruvchan kategoriyalarga ajratishda raqamlar bilan ishlashga ko‘proq vaqt sarflaydigan tahlilichi uchun noodatiy emas.
“Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usulidan foydalanishda jami daromad va ishlab chiqarish hajmi muhim o‘rin egallaydi. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan xarajatlardan tashqari, “Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usuli savdodan olingan jami daromad va ishlab chiqarish hajmi kabi muhim elementlarni ham o‘z ichiga oladi. Jami daromad jami savdo hajmining puldagi qiymatini anglatadi va u mahsulot birligi narxining sotilgan mahsulot miqdoriga ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarish hajmi esa firmaning faollik darajasini bildiradi va uni birlik miqdorda yoki pulda ifodalash mumkin.
Zararsizlik nuqtasini topish. Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi nuqtayi nazaridan zararsizlik nuqtasini topishning bir necha usullari bor. Bu usullarning barchasi hozirgina ta’kidlab o‘tilgan "Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usulining muhim elementlariga asoslanadi. Zararsizlik modeli firmaning daromadlar to‘g‘risidagi hisobotini quyida berilgan formula ko‘rinishida ifodalashni talab etadi:
𝑺𝑯 − (𝑱. 𝑶𝒛. 𝒄𝒉𝒂𝒏. 𝑿. + + 𝑱. 𝑶𝒛. 𝒎𝒂𝒔. 𝑿. ) = 𝑭 (1)
Bu yerda: S H - savdo hajmi;
J.O’z.chan.X – jami o’zgaruvchan xarajatlar;
J.O’z.mas.X – jami o’zgarmas xarajatlar;
F - Foyda
Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi asoslanadigan bo‘lsak, barcha mahsulot sotilishi mumkin bo‘lgan narx va mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi o‘zgaruvchan xarajatniko‘rsatib o‘tish zarur. Chunki "Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usulida o‘rganiladigan foyda tushunchasi FSTD (foiz va soliqlar to‘languncha daromad, EBIT)ni bildiradi, biz esa foyda so‘zi o‘rniga ushbu qisqartmani qo‘llaymiz. Mahsulot birligi jihatidan, (2) tenglikda keltirilgan daromadlar to‘g‘risidagi hisobot FSTD ni nolga tenglash orqali zararsizlik modeliga aylanadi:
(𝑴𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕 𝒃𝒊𝒓𝒍𝒊𝒈𝒊𝒏𝒊𝒏𝒈) × (𝑺𝒐𝒕𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕) [( 𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕 𝒃𝒊𝒓𝒍𝒊𝒈𝒊𝒈𝒂 ) ×

𝒔𝒐𝒕𝒊𝒔𝒉 𝒃𝒂𝒉𝒐𝒔𝒊
𝒎𝒊𝒒𝒅𝒐𝒓𝒊
𝒐𝒛𝒈𝒂𝒓𝒖𝒗𝒄𝒉𝒂𝒏 𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕

(𝒔𝒐𝒕𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕 ) + (𝒋𝒂𝒎𝒊 𝒐𝒛𝒈𝒂𝒓𝒎𝒂𝒔)] = 𝑭𝑺𝑻𝑫 = 𝟎 (2)
𝒎𝒊𝒒𝒅𝒐𝒓𝒊 𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕𝒍𝒂𝒓
Endi bizning vazifamiz tenglama, ya’ni FSTD=0 shartni qanoatlantiruvchi ishlab chiqarilishi va sotilishi lozim bo‘lgan mahsulot miqdorini topishdir. Bu esa FSTD=0 bo‘lishini ta’minlovchi sotilgan mahsulot miqdorini topish uchun (3) tenglamani yechish orqali amalga oshiriladi.

Aniqroq qilib aytganda, sotilgan mahsulotning zararsiz miqdori quyidagicha topiladi:

𝑺𝒐𝒕𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕𝒏𝒊𝒏𝒈 = 𝒋𝒂𝒎𝒊 𝒐𝒛𝒈𝒂𝒓𝒎𝒂𝒔 𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕𝒍𝒂𝒓
(3)

𝒛𝒂𝒓𝒂𝒓𝒔𝒊𝒛𝒍𝒊𝒌 𝒎𝒊𝒒𝒅𝒐𝒓𝒊
(𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕 𝒃𝒊𝒓𝒍𝒊𝒈𝒊𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕 𝒃𝒊𝒓𝒍𝒊𝒈𝒊𝒈𝒂 )

𝒔𝒐𝒕𝒖𝒗 𝒏𝒂𝒓𝒙𝒊
𝒐𝒛𝒈𝒂𝒓𝒖𝒗𝒄𝒉𝒂𝒏 𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕

Ko‘p turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi firma uchun zararsizlik miqdorini mahsulot birligi emas, balki sotilgan mahsulotning puldagi qiymati orqali ifodalash qulayroq (4-formula). Aslida esa, savdo muayyan mahsulotlar tuzilmasi uchun umumiy maxraj bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, tashqi tahlilchi mahsulot birligi qiymati haqidagi ichki ma’lumotlarni ola olmasligi mumkin.


𝒁𝒂𝒓𝒂𝒓𝒔𝒊𝒛𝒍𝒊𝒌 𝒅𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒔𝒊 =
𝒋𝒂𝒎𝒊 𝒐𝒛𝒈𝒂𝒓𝒎𝒂𝒔 𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕𝒍𝒂𝒓



𝒐𝒛𝒈𝒂𝒓𝒖𝒗𝒄𝒉𝒂𝒏 𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕𝒍𝒂𝒓
(4)

(𝟏−
𝒅𝒂𝒓𝒐𝒎𝒂𝒅𝒍𝒂𝒓 )

Shunday bo‘lsada, u firmadan yillik hisobotlarni olish imkoniyatiga ega. Agar tahlilchi yillik hisobotda berilgan firmaning jami xarajatlarini o‘zgarmas va o‘zgaruvchan xarajatlarga ajrata olsa, u holda, umumiy puldagi ifodalangan zararsizlik darajasini hisoblashi mumkin bo‘ladi.
Korxonaning investitsion faoliyatiga risk ta’sirini baholashning har bir bosqichi quyidagi pog‘onalarga bo‘linadi:

  • korxonaning tavsif baholash predmetini aniqlash;

  • baholash vaqtini belgilash;

  • baholanishining maqsad va vazifalarini aniqlash

  • baholanishning turli aniqlash: buyurtmachi va baholovchi manfaatlarini himoyalash.

Korxonaning tashkiliy-huquqiy va qisqartirilgan nomi, uning tashkiliy- huquqiy shakli, hisobga olingan joyi, joylashgan yeri, ishlab chiqarish tarmog‘i, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning asosiy turlari va haqazolar korxonaning tavsifnomasiga kiradi. Agar baholanayotgan korxona shu’ba korxona bo‘lsa yoki qaram korxona bo‘lsa, asosiy yoki ustun korxonani aniqlab olish zarur. Agar boshqa (ustun) korxonada ustav kapitalning 20% dan oshiq ovozga ega aksiyalari bo‘lsa, bu korxona qaram korxona hisoblanadi.
Moliya va buxgalteriya hisobidagi asosiy tamoyillari va amaliy me’yorlaridagi farqlarga qaramay, korxonaning moliyaviy hisoboti o‘z ichiga moliyaviy holati va o‘tmishdagi xo‘jalik faoliyati samaradorligi haqidagi ma’lumotlarni qamrab olgan bo‘ladi, bu rahbarlarga korxonaning bo‘lg‘usi ishlarini tahlil qilish va istiqbolini belgilashda asqotishi mumkin bo‘ladi. Firmaning moliyaviy hisobotlari asosida moliyaviy natijalarini tahlil qilishda qator maxsus koeffitsientlardan foydalaniladi, ular yordamida ko‘rsatkichlarni turli xil korxonalar bo‘yicha hamda bitta korxonaning turli xil vaqt oralig‘idagi ko‘rsatkichlarini solishtirish mumkin bo‘ladi.

Ushbu koeffitsientlardan foydalangan holda firma faoliyatining beshta asosiy jihatlarini tahlil qilish mumkin: rentabelligi, aktivlar aylanmasi, o‘zining va jalb qilingan mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish yoki moliyaviy "dastak" (moliyaviy liveridj), likvidlik va bozor qiymati.
Kredit riskini tahlil qilishning eng muhim omillaridan biri foizlar qoplamasi hisoblanadi. Uning mohiyati korxonaning foizli to‘lovlarini bu to‘lovlarni amalga oshirishdan keladigan foyda summasi bilan taqqoslashdan iborat. Bu koeffitsient kredit uchun foizlar to‘lash bo‘yicha korxonaning o‘z majburiyatini bajarish imkoniyatini aks ettiradi. Aynan korxonaning foizlar to‘lay olmaslik imkoniyati yuqori giring holatida aks etadi.
Foizlarni qoplash koeffitsienti (FQK) foiz va soliqlar to‘langunga qadar daromadning (FSTD (EBIT — earnings before interest and taxes)) foizlarni to‘lash xarajatlariga nisbati sifatida aniqlanadi va quydagicha aniqlanadi:

𝑭𝑸𝑲 = 𝑭𝑺𝑻𝑫
𝒇𝒐𝒊𝒛𝒍𝒂𝒓𝒏𝒊 𝒕𝒐𝒍𝒂𝒔𝒉 𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕𝒍𝒂𝒓𝒊
(5)

Ikki va undan kam foizli qoplash juda past deb hisoblansa, uchta qoplash oxirgi darajasi sanaladi va faqat u oshib ketgandan so‘ng, foizlarni to‘lash uchun sarflanadigan xarajatlar nomaqbul baholanadi. Biroq, bir yil ichida kam foizli qoplash vaqtinchalik hodisa bo‘lib, agar foyda oshib ketsa yoki foiz xarajatlari tushib ketsa, yo‘qolishi mumkin.
Yildan-yilga pasayib va yomonlashib borayotgan bu ko‘rsatkichlar korxona uchun katta tashvish tug‘dirmoqda. Kredit qobiliyatini tahlil qilishda yana bir ko‘rsatkich – qarzdorlik darajasi (QD) dan foydalanish mumkin. U korxonaning kredit hisobiga moliyalashtiriladigan umumiy aktivlari miqdorining bir qismini belgilaydi va quyidagicha hisoblab chiqiladi:

𝑸𝑫 = 𝑸𝒂𝒓𝒛𝒅𝒐𝒓𝒍𝒊𝒌𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒖𝒎𝒖𝒎𝒊𝒚 𝒎𝒊𝒒𝒅𝒐𝒓𝒊
= 𝒋𝒂𝒎𝒍𝒂𝒏𝒈𝒂𝒏 𝒒𝒂𝒓𝒅𝒐𝒓𝒍𝒊𝒌
(6)

𝒒𝒂𝒕𝒊𝒚 𝒃𝒆𝒍𝒈𝒊𝒍𝒂𝒏𝒈𝒂𝒏
𝒂𝒌𝒕𝒊𝒗𝒍𝒂𝒓𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒔𝒐𝒇 𝒒𝒊𝒚𝒎𝒂𝒕𝒊
+𝒋𝒐𝒓𝒊𝒚 𝒂𝒌𝒕𝒊𝒗𝒍𝒂𝒓𝒏𝒊𝒏𝒈
𝒖𝒎𝒖𝒎𝒊𝒚 𝒒𝒊𝒚𝒎𝒂𝒕𝒊

𝒋𝒂𝒎𝒍𝒂𝒏𝒈𝒂𝒏 𝒂𝒌𝒕𝒊𝒗𝒍𝒂𝒓

Qarzlarni to‘lash uchun to‘rtta potentsial pul mablag‘lari manbasi mavjud:

  1. tijorat operatsiyalari;

  2. asosiy vositalarni sotish;

  3. yangi mablag‘ topish;

  4. uchinchi tomon kafolati.

Fikrimizcha, mamlakatimizda investitsion risklarini boshqarish amaliyoti uzoq tarixga ega emas. Bizga ma’lumki, mamlakatimiz istiqlolga erishgunga qadar aksariyat korxonalarning ko’pchiligi davlat mulki asosida tashkil qilinganligi, shuningdek, o’z faoliyatini asosan davlat korxona va tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirganligi sababli investitsion riskni boshqarish muammosi muhim tarzda yuzaga kelmagan. Bozor iqtisodiyot sharoitida iqtisodiyotni qayta qurilishi, davlat

mulkini xususiylashtirilishi, iqtisodiyotni integratsiyalashuvi investitsion faoliyatni rivojlanishiga keng yo’l ochib berdi. Bu esa, insvestition risklarni loyiha samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi omil sifatida alohida e’tibor qaratish zaruratini keltirib chiqarganligi ta’kidlashimiz mumkin.


    1. Download 5,03 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish