192
3. Ish vaqtida o‗qitish (IVO‗)ning tarbiyaviy ta‘sirini oshiruvchi kadrlarni
boshqarish tizimi;
4. Firma ichida o‗qitishni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati.
Firma ichida o‗qitishdan tashqari yapon kadrlar tayyorlash tizimiga davlat
munitsipal kasbiy o‗qitishi (DMKO‗) ham kiradi va u firma ichida o‗qitishga
yordamchilik vazifasini bajaradi.
Yaponiyada maktab ta‟limi.
Urushdan keyingi Yaponiya aholisining ta‘lim
olishga bo‗lgan ishtiyoqi shunchalik yuqori ediki, shu sababdan bu ―ta‘lim portlashi
‖
deb nomlandi. Bunga Meydzi (1868-1912 yy.) davridagi
maktablar islohoti sabab
bo‗ldi.
1. Bir yo‗nalishli maktab ta‘limi tizimi 1872-yilda ―maktab ta‘limi tizimi
‖
haqidagi farmon bilan qabul qilingandi va u feodalizm davrida mavjud bo‗lgan
harbiy-dvoryanlar tabaqasi uchun ―xenko
‖
va oddiy tabaqa ―terikoy
a‖
maktablarini
birlashtirdi. Maktablarni unifikatsiya qilish orqali bir yo‗nalishli ta‘lim tizimi joriy
qilindi.
Bunga Meydzi davridagi islohotchi xukumat sababchi bo‗ldi. Natijada oddiy
yaponlar ham kelib chiqishidan qat‘iy nazar, yuqori darajada ta‘lim
olish
imkoniyatiga ega bo‗ldi. Buning natijasida bir yo‗nalishli ta‘lim tizimi bilim
oluvchilar orasida raqobatga va hozirgi yuqori ta‘lim olgan yapon jamiyatiga olib
keldi.
2. Ta‘lim darajasini oshishi va sanoat tarkibining modernizatsiyasi.
Majburiy 9 yillik ta‘limni tamomlab, yuqori o‗rta maktablarga
kirganlar miqdori
1960-yilda 60% bo‗lgan bo‗lsa, 1970-yilga kelib 80%, 2000-yilda 94%ga yetdi.
Yuqori maktabni tamomlab Oliy o‗quv yurtilariga va 2 yillik kollejlarga kirganlar
yuqoridagi yillarga mos ravishda 10, 24 va 37% ga teng bo‗ldi, 1992-yilga kelib esa
39%ga yetdi. Yuqori o‗rta maktablarni tamomlab Oliy o‗quv yurtiga kirganlar
darajasi Yaponiyada juda yuqori. Bu ko‗rsatkich Angliyada 32%, Germaniyada – 33,
Fransiyada – 38, va AQShda 45%ga teng. Oliy ta‘limga qilinadigan xarajatlar
Yaponiyada 0,6 %(YaMMga nisbatan), AQShda 1,25% (1989 y), Angliyada -1,2;
Germaniyada -1,4%ga teng. Yaponiyada davlat sektori Oliy o‗quv
yurtlar
193
xarajatlarining 90 % davlat va munitsipal xukumat hisobiga bo‗lsa, xususiy sektor
Oliy o‗quv yurtlari xarajatlarining 15%ini davlat qoplaydi.
Yapon oilalarida farzandlarni o‗qitishga qilinadigan xarajatlarni yaxshi kapital
qo‗yilmani amalga oshirish yoki bu farzanddar uchun eng yaxshi meros deb qarash
an‘anasi mavjud. Shu sababli ham oila budjetidan ta‘limga katta mablag‗ ajratiladi.
3. Maktab ta‘limi va firma ichida o‗qitish o‗rtasida funksiyalarning
taqsimlanishi.
Yapon korxonalarining vakillari endigina o‗quv
yurtlarini tamomlaganlar
orasidan asosiy xodimlarni tanlab oladilar va uzoq muddatli bandlikni hisobga olgan
holda, korxonalari uchun mos keladiganlarini oladilar. Odatda, ishga qabul
qilinganlarga korxonada aniq bir vazifa ularning malakalari va qobiliyatlariga qarab
beriladi. Shu sababdan yollash jarayonida nomzodlarning shu paytdagi bilimlari va
xususiyatlaridan tashqari, ularning o‗qishga bo‗lgan qobiliyatlari
va moslasha olish
xususiyatlariga ham e‘tibor beradilar. Shu tomonlari bilan yapon yollash jarayoni
AQSh va Yevrpodagidan keskin farq qiladi.
Yollashga bunday yondashuv maktablarda, professional o‗rta maktablarda va
OO‗Yularida fundamental bilim berishga asoslangan yapon kadrlar tayyorlash tizimi
bilan bog‗liq. Ma‘lum bir kasb uchun zarur bo‗ladigan
maxsus malaka va texnik
bilim firma ichidagi o‗qitish jarayonida beriladi.
4. Yuqori o‗rta texnik maktablarining ahamiyati.
Yaponiyada yuqori o‗rta maktablar umum ta‘lim va kasb maktablariga bo‗linadi.
1990-yilda yuqori o‗rta maktab o‗quvchilarining 13% texnika maktablari hissasiga
to‗g‗ri kelgan bo‗lsa, 2000-yilda 10%ga, va 2004 yilga kelib 8%ga tushib qoldi.
Natijada yuqori qobiliyatli texnika o‗quvchilarini yig‗ib olish qiyin bo‗lib qoldi.
Korxonalar oddiy maktabdan ko‗ra texnika maktab bitiruvchilarini ma‘qul
ko‗rishardi. Texnika maktablari bitiruvchilari yuqori texnik malaka talab qiluvchi
instrumentlar va tajriba uchastkalariga taqsimlanadilar. Texnika maktablari o‗rta
bo‗g‗in injener-texnik xodimlarini tayyorlashga mo‗ljallangan bo‗lsada, hozirgi
kunda ularning bitiruvchilari malakali ishchilar sifatida yuqoriroq o‗rinlarga ham
ishga joylashmoqda.