Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini



Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/145
Sana10.11.2022
Hajmi3,06 Mb.
#863158
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   145
Bog'liq
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
34-rasm. Sifatni har tomonlama boshqarish konsepsiyasi
48
 
Qanday usul qo‗llanishidan qat‘iy nazar, u ishchining pirovard mahsulot bilan 
bog‗lanishi hissiyotini vujudga keltirsa, mahsulot sifati oshadi. 
3. Xodimlarni yuqori sifat uchun mukofotlash usuli. Kompaniya ishlab chiqarish 
liniyasida yuqori sifat uchun xodimlarni rag‗batlantirish orqali qo‗shimcha foyda 
ko‗rishi mumkin. 
Oxirgi yillarda g‗arbiy mamlakatlar kompaniyalarida sifatni har tomonlama 
boshqarish sifatni boshqarish konsepsiyasining rivojlantirildi. Bu konsepsiya 
tashkilotning barcha darajalarida eng yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish yoki 
xizmat ko‗rsatishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ifodalaydi. Bu 
konsepsiyaga muvofiq sifatni boshqarish tizimi, hatto, korxonadan tashqarida - mol
xaridorga yetkazilgandan so‗ng unga xizmat ko‗rsatishni ham o‗z ichiga oladi. 
7.3. Sifatni boshqarish konsepsiyasining asosiy elementlari 
Sifat hozirgi kunda shunday muhimki, g‗arbiy mamlakatlarda sifatni boshqarish 
konsepsiyasining asosiy elementlari dasturiga ega bo‗lmagan kompaniyalar raqobat 
48
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan 
Sifatni har tomonlama boshqarish
konsepsiyasi
 
Nazorat guruhlari
Shaxsni tovar bilan bog‘lash
Xodimlarni yuqori 
sifat uchun 
mukofotlash usuli


146 
qila olmaydilar, chunki potensial xaridorlar sotuvchini tanlashda bu omilga ham 
e‘tibor beradilar. 
Sifatni boshqarish konsepsiyasining asosiy elementlari tizimining asosiy 
elementlari: 
1. Muayyan sifatli tovarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish uchun bozor 
ehtiyojlarini aniqlash. Bu sohada marketing bo‗limi yetakchi bo‗lishi zarur. 
Imkoniyatga qarab, mijozni tovarni ishlab chiqishga, va ayniqsa vaqt o‗tishi bilan uni 
takomillashtirish jarayoniga jalb qilish kerak. Bozor bilan teskari aloqa tizimini 
yo‗lga qo‗yish zarur. Tovar qanday qabul qilinayotganligi, xaridorlarning fikrini 
o‗rganmay turib muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. 
2. Sifatni boshqarish konsepsiyasining asosiy elementlari jarayonidagi ikkinchi 
qadam tovarni ishlab chiqish va tekshirish hisoblanadi. Bu yerda sifat darajasi 
variantlarini tanlash hal qiluvchi masala bo‗lishi va tovarni ishlab chiqish (loyihalash) 
yakunida u yaxshilab tekshirilishi kerak, va bunda ham imkoniyatga qarab xaridorni 
jalb qilish ma‘qul. 
3. Ishlab chiqarish jarayonini shunday ishlab chiqingki, uning yo‗lga tushirilishi 
bilan nuqsonsiz mahsulot ishlab chiqarilsin. Aks holda ularni remont yoki qayta 
ishlash uchun zarar ko‗rasiz. 
4. Nazorat natajalarini hujjatlashtirish va tovarni baholash jarayonini davom 
yettirish kerak. Tovar doimiy nazorat qilinayotganligiga ishonch hosil qiling. Tovarni 
baholash ustidan nazorat jarayonini ham boshqarishni unutmang. Tovar
korxonadan tashqarida baholanayotganligi va uning natijalari sifatni oshirishda 
yordam berayotganligiga ham ishonch hosil qiling. 
5. Mol yetkazib beruvchilarga sifat yuzasidan qo‗yiladigan talablar, ya‘ni ular 
yetkazib berayotgan resurslar texnik xarakteristikalar va standartga mos kelishini 
doim tekshirib borish zarur. Bu taqsimot tizimiga, tovarni zavoddan
iste‘molchigacha yetkazib beruvchi vositachilarga ham taalluqli. 
6. Ishchi guruhlari, mukofotlash, motivlashtirish, sifatni saqlash va nazorat 
qilishga zaruriy vakolatlarni xodimlarga topshirish orqali sifat haqidagi axborotni 
ta‘minlash. Bu muammo vujudga kelishi bilan unga darhol javob berishga olib 


147 
keladi. Xodimlarga muvofiqlashtirish vakolatini berilishi nazoratchilar ish hajmini 
kamaytirishga va yaxshi natijalarga olib keladi. 

Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish