Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jahon iqtisodiyoti kafedrasi



Download 35,97 Kb.
bet1/9
Sana16.06.2021
Hajmi35,97 Kb.
#66880
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Akromov Asrorxo`ja MI 1


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

JAHON IQTISODIYOTI KAFEDRASI

Hozirgi zamon xalqaro huquq subyektlari va manbalari mavzusida

REFERAT

Fan:Xalqaro Huquq

Bajardi: MO-61 guruh talabasi Akromov Asrorxo`ja

Tekshirdi: Raxmonov A

Toshkent-2020

Reja


  1. «Xalqaro huquq subyektlari va manbalari» tushunchasi

  2. Xalqaro huquqda «davlatlar» tushunchasi. Davlatlarning huquqiy layoqatligi. Davlatning huquqiy daxlsizligi

  3. Xalqaro huquqiy tan olish va uning turlari, davlatlarning huquqiy vorisligi



  1. «Xalqaro huquq subyektlari va manbalari» tushunchasi

Xalqaro huquq subyekti o‘z imkoniyatlari va yuridik xususiyatlari tufayli xalqaro huquq bo‘yicha muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishga va uning normalarini yaratish va amalda tatbiq etishda qatnashishga qodir mustaqil tuzilmadir. Subyekt xalqaro huquqqa bevosita bo‘ysunishi va mustaqil xalqaro maqomga ega bo‘lishi zarur. Xalqaro huquq subyektlari maqomining o‘ziga xosligi shundaki, ular nafaqat huquq va majburiyatlarni tashuvchi, balki xalqaro huquqiy normalarni yaratish va amalda tatbiq etishda asosiy ta’sir etuvchi kuch vazifasini ham o‘taydi.

Xalqaro huquq nazariyasida xalqaro huquq subyektlari jumlasiga xalqaro huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan hamda ularni xalqaro huquq asosida va doirasida ro‘yobga chiqaradigan xalqaro munosabatlar ishtirokchisini kiritish qabul qilingan. Xalqaro huquq subyekti – o‘zining imkoniyatlari va yuridik xususiyatlari evaziga xalqaro huquq bo‘yicha huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishiga, ushbu normalarni yaratish va amalga oshirish jarayonida ishtirok etishga qodir mustaqil tuziladi.



Xalqaro huquq subyektlari quyidagi qirralari bilan ajralib turadi:

birinchidan, xalqaro ommaviy munosabatlar ishtirokchilari jamoaviy tuzilma hisoblanadi. Xalqaro munosabatlarning har bir ana shunday ishtirokchisi tashkilotga xos elementlarga: davlat – hokimiyat va boshqaruv apparatiga; kurashayotgan millat – mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda uning vakilligini namoyon etadigan siyosiy organga; xalqaro tashkilot – doimiy ishlovchi organga va hokazoga ega bo‘ladi. Hokimiyat vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida xalqaro huquq subyektlari nisbatan mustaqil va bir-birining irodasiga tobe emas. Ularning har biri mustaqil xalqaro huquqiy maqomga ega, xalqaro huquqiy munosabatlarda o‘z nomidan ish yuritadi; ikkinchidan, barcha subyektlar xalqaro normalarni ishlab chiqish va qabul qilishda mustaqil ishtirok etish layoqatiga ega. Shartnomaviy-huquqiy layoqatlilik xalqaro huquq subyektiga xos muhim elementlardan sanaladi. Xalqaro huquq nazariyasida (aksariyat davlat ichki huquqi subyektlaridan farqli o‘laroq) subyektlar shunchaki xalqaro huquqiy normalar adresatlari emas, balki ularni yaratishda ishtirok etuvchi shaxslar hamdir.

Shuni ta’kidlash zarurki, huquqning alohida tizimi sifatida xalqaro huquq o‘ziga xosligi xalqaro huquq subyektiga xosligi xususiyatini va nihoyat, xalqaro huquq-subyektlikning o‘ziga xos jihatlarini belgilab berishi bilan ajralib turadi. Xalqaro huquq-subyektlik mazmunmohiyati bunday subyektning xalqaro huquqiy normalaridan kelib chiqadigan asosiy huquq va majburiyatlari tashkil etadi.

Xalqaro huquq nazariyasida xalqaro huquq-subyektlik kelib chiqishiga ko‘ra, faktik va yuridik qismlarga bo‘linadi. Shunga mos ravishda xalqaro huquq subyektlarining ikki xil birlamchi (suveren) va hosila (nosuveren) kategoriyalari farqlanadi. Shuning uchun nazariyotda xalqaro huquq subyektlarini katta ikkita: birlamchi (asosiy) va ikkilamchi (hosila) guruhga tasniflash qabul qilingan.

Xalqaro huquq barcha subyektlarining umumiy xalqaro huquqiy maqomi ularning asosiy huquq va majburiyatlarini xarakterlab beradi. Muayyan turdagi subyektlarga (davlatlarga, xalqaro tashkilotlarga va boshqalarga) xos hisoblangan huquq va majburiyatlar ushbu toifaga mansub subyektlarning alohida xalqaro huquqiy maqomini tashkil etadi. Aniq bir subyektning huquq va majburiyatlari mujassamlikda ana shu subyekt individual xalqaro huquqiy maqomini tashkil etadi.

Shunday qilib, turli xil xalqaro huquq subyektlarning huquqiy holati bir xil emas, chunki ularga taalluqli xalqaro normalar qo‘llash va o‘z navbatida, ular ishtirok etadigan xalqaro huquqiy munosabatlar doirasi turlichadir.

Jinoiy shaxslar va davlat ichidagi tashkilotlar (shu jumladan, millatlararo, savdo-sotiq, sanoat kompaniyalari va korporatsiyalari) xalqaro huquq subyektlari hisoblanadi. Ular davlatning favqulodda yurisdiksiyasida bo‘ladi va ularning xalqaro maydondagi maqomi ichki qonunchilikda belgilab qo‘yildi.

Davlatlar xalqaro huquqning birlamchi subyektlaridir. Ularning xalqaro huquqiy layoqati tashkil topganlik fakti bilan birga paydo bo‘ladi. Xalqaro huquqning boshqa subyektlari esa bunday maqomga davlatlar tufayligina erishadilar.

Davlatlar xalqaro huquqning universal subyektlari hisoblanadi. Ular har qanday xalqaro huquqiy munosabatlarda ishtirok etish huquqiga egadir.

Xalqaro huquq subyekti davlat nomidan vakil hisoblangan tegishli organlar yoki mansabdor shaxslar emas, balki davlatning o‘zidir. Shu bois, «hukumatlararo tashkilotlar», «hukumatlararo bitimlar» kabi iboralarni qo‘llashda chalg‘imaslik kerak. Bunday hollarning barchasida davlat xalqaro huquqning subyekti hisoblanadi va uning zimmasiga o‘ziga tegishli organlar faoliyati uchun to‘la javobgarlik mas’uliyati yuklangandir.

Xalqaro huquqda davlatlarning huquqlari va majburiyatlari ularning xalqaro huquqiy maqomini tashkil etadi.

Xalqaro huquq nazariyasida davlatlar va mustaqil davlat tuzish yo‘lida kurashayotgan millatlar va xalqlarning huquq subyektliligini e’tirof etish borasidagi munosabatlar turlicha bo‘lsa-da, birlamchi subyektlar hisoblanadi.

Xalqaro tashkilot o‘z ahamiyati jihatidan xalqaro huquqning ikkinchi subyekti hisoblanadi. Xalqaro tashkilotlar son jihatidan davlatlarga qaraganda anchagina ko‘p bo‘lsa-da, lekin huquqiy layoqati bo‘yicha ularga nisbatan orqaroqda turadi. Xalqaro tashkilotlarning subyektlik huquqi davlatlar ularga bergan vakolatlardan kelib chiqadi. Xalqaro tashkilotlarning vakolatlari ularning maqsadi va vazifalari doirasi bilan cheklangandir. Shu bois, xalqaro tashkilotlarning subyektlik huquqi davlatlarning subyektlik huquqi hosilasi va maxsus, ya’ni mazkur xalqaro tashkilot nizomida belgilangan maqsadlar va vakolatlar bilan chegaralangan hisoblanadi.

O‘z a’zolari o‘rtasida yuz berishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlardan qat’i nazar, xalqaro tashkilotlar muayyan umumiy manfaatlarning tashuvchilari sanaladi va ana shu manfaatlar himoyasi uchun safarbar etilgandir. Buning natijasi o‘laroq, ular ta’sis hujjatlari va nizomda belgilangan doiralarda mustaqil faoliyat ko‘rsatish erkinligidan foydalanadi.

Davlatlararo tashkilotlarning xalqaro subyektlik huquqi bugungi kunda bir qator xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan. Bu boradagi o‘ziga xos jihatlarga BMT Xalqaro sudi ham jiddiy e’tibor qaratadi. U, jumladan, xalqaro tashkilot xalqaro huquq subyekti sifatida xalqaro huquqning o‘ziga tegishli qoidalaridan kelib chiqadigan muayyan majburiyatlarga bog‘liq ekanini belgilab bergan. Bu degani, xalqaro tashkilot uchun davlatlar tomonidan va tashkilot ishtirokisiz yaratilgan umumiy xalqaro huquq normalari ham majburiy, demakdir. BMT Xalqaro sudining belgilashicha, xalqaro tashkilotlarning biron-bir jihati ularga «davlatdan ustun turuvchi» qandaydir tuzilma sifatida yondashish uchun asos bo‘la olmaydi. Xalqaro tashkilot – davlatlar ustidan turuvchi hokimiyat emas, balki davlatlarning hamkorlik organidir. BMT Bosh Assambleyasi muntazam ta’kidlab kelayotganidek, BMTning kuchqudrati unga a’zo davlatlarning o‘zaro hamkorligiga bog‘liqdir.

Xalqaro huquq nazariyasida «xalqaro huquq subyekti» tushunchasi tuzuvchi davlatlardan tashkil topgan klassik hukumatlararo tashkilotlarni (BMT va boshqalari), shuningdek, a’zolari shaxsiy sifati asosida faoliyat yuritadigan (xalqaro arbitrajlar, qo‘mitalar, ekspertlar guruhlari va hokazo) davlatlararo mexanizmlar va organlarni qamrab oladi. Bundan tashqari, hukumatlararo konferensiyalar xalqaro huquqning muvaqqat subyekti sifatida tan olinadi.

Xalqaro huquqning o‘rganilayotgan subyektlarining xalqaro huquq subyektliligi ana shu tashkilotlarning ta’sis hujjatlari – ustav yoki bitimda (keng ma’noda – shartnomada) belgilab qo‘yiladi. Shunday qilib, xalqaro tashkilotlarning huquq vakolatlari ko‘lami ta’sis etuvchi davlatlar tomonidan belgilanadi. Shartnomada subyektning muayyan huquqiy layoqati, ya’ni xalqaro munosabatlarda o‘z nomidan ish ko‘rish: davlatlar va hukumatlararo tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalar tuzish, o‘z nomidan qarorlar (masalan, o‘z nizomi va tartib-qoidalarini, konferensiya rezolyutsiyalarini, xalqaro arbitraj qarorlarini) qabul qilish huquqi ko‘zda tutiladi. O‘z nomidan ish ko‘ruvchi xalqaro tashkilotlarning qarorlarini shu tashkilot tomonidan xalqaro subyekt huquqiga xoslikning namoyon bo‘lishi sifatida tushunish lozim.


Download 35,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish