1-rasm. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar mahsulotlarining sanoatning umumiy hajmidagi ulushi2
Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hajmlarining o`sishi bo`yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo`lgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o`sishining va import tovarlari qisqarishining omillaridan biri hisoblanadi.
Shu bilan birga, so`nggi yillarda neft-gaz korxonalariga sezilarli miqdorda kapital qo`yilmalar sarflanishiga qaramay, 2018 yilda, gaz qazib chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish hajmining o`sishi 2018 yilga nisbatan atigi 2,0%ni tashkil etgan, neft qazib chiqarish bilan shug`ullanuvchi korxonalarda esa ishlab chiqarish hajmlari 3,3%ga pasaygan.
Shuningdek, 2018yilda, koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida (2017 yilga nisbatan 97,1%), kompyuter, elektron va optik mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarida (78,4%), avtotransport vositalari, treylerlar va yarimpritseplar ishlab chikarish korxonalarida (50,6%), mashinalar va asbob-uskunalarni ta`mirlash va o`rnatish korxonalarida (96,4%) ishlab chiqarish hajmlari pasaygan, metallurgiya sanoatida esa uncha ko`p bo`lmagan o`sish (101,6%) kuzatilgan.
NAVOIY VA NAMANGAN ERKIN IQTISODIY ZONALARIDA INVESTITSION LOYIHALAR
Navoiy viloyatida YaHM o’sishi 3,4 % ni tashkil etdi va 21 729,0 mlrd.so’mga yetdi. YaHM tarmoq tarkibida o’sish sur'ati qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida - 103,9 % (YaHM tarkibidagi ulushi - 25,9 %), qurilishda - 128,5 % (4,2 %), xizmatlar sohasida - 105,9 % (15,8 %) tashkil etdi. O’tgan yil bilan taqqoslaganda sanoat tarmog’ida ishlab chiqarish hajmining kamayishi kuzatildi va 99,8 % ni tashkil etdi (mazkur tarmoqning YaHM tarkibidagi ulushi - 54,1 %). Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 1,7 % ga o’sdi va 22 489,1 ming so’mni tashkil etdi.
2-jadval
|
mlrd. so'm
|
2017 y
|
2018 y
|
YaHM -jami
shu jumladan:
|
14 232,2
|
21 729,0
|
Tarmoqlarning yalpi qo'shilgan qiymati
|
13 847,9
|
20 996,6
|
qishloq, o'rmon va baliq ho'jaligi
|
3 940,6
|
5 441,5
|
sanoat
|
6 581,7
|
11 350,8
|
qurilish
|
586,6
|
886,7
|
savdo, yashah va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar
|
762,0
|
930,7
|
tashish va saqlash, axborot va aloqa
|
569,6
|
631,0
|
boshqa xizmat tarmoqlari
|
1 407,4
|
1 755,8
|
Mahsulotlarga sof soliqlar
|
384
|
732,4
|
2-rasm. 2018 yilda YAHM NING TARMOQLAR BO'YICHA TARKIBI(Jamiga nisbatan foizda)3
Viloyatda jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 dekabrda PF-4059-sonli Farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonga ko‘ra "Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona hududida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining asosiy yo‘nalishi — zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnika, texnologik liniyalar va modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko‘lamda ishlab chiqarishdan iborat etib belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |