O’tgan yil bilan taqqoslaganda qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi tarmog’ida ishlab chiqarish hajmining kamayishi kuzatildi va 99,5 % ni tashkil etdi (mazkur tarmoqning YaHM tarkibidagi ulushi - 50,2 %). Aholi jon boshiga YaHM 0,6 % ga o’sdi va 6 654,7 ming so’mni tashkil etdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 2 mayda Namangan viloyatiga tashrifi davomida hududni kopleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan viloyat hokimi hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga qator topshiqirlar berildi.6
Namangan viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatini kompleks rivojlantirish, mineral-xom ashy ova qishloq xo’jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo’yicha yuqori tehnologik va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishlarni tashkil etishga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qular shart-sharoitlar yaratish hamda shu asosda viloyatning, birinchi navbatda, Markaziy Osiyo mamlakatlarining chegaradosh hududlari bilan eksport salohiyatini oshirish yangi ish o’rinlarini tashkil etish hamda hudud aholisi farovonligini oshirish maqsadida Chust tumanida “Namangan” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish bo’yicha yo’l xaritasi tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 avgustdagi PF-5514 sonli Farmoniga muvofiq Namangan viloyati Chust tumanida “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi.7
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 14 fevral 2019 yilda “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilganligi munosabati bilan davlat ro’yhatidan o’tkazildi.
«Namangan» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» operativ boshqaruv uchun o‘ziga berilgan davlat mulki negizida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u o‘ziga biriktirilgan mulkka nisbatan, qonunchilikda belgilangan doirada, o‘z faoliyati maqsadlariga, mulkdor topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
Direksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan, valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi.8
«Namangan» erkin iqtisodiy zonasini asosiy maqsadi davlat dasturlarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, shuningdek, «Namangan» EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini ta’minlash yo‘li bilan operativ boshqarish, «Namangan» EIZ qatnashchilariga xizmatlar ko‘rsatishdan hamda direksiyaning Ustavida nazarda tutilgan boshqa ishlar (xizmatlar)ni bajarishdan (ko‘rsatishdan) foyda olish asosiy maqsadi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 avgustdagi PF-5517-sonli Farmonga asosan, “Namangan” EIZ uchun Chust tumani Sabzazor va Zarafshon massivlarida 410,4 ga, To‘raqo‘rg‘on tumani Ibrat massivi hududidan 271 ga, jami 681,4 ga yer maydonlari ajratilgan. “Namangan” EIZ bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha viloyat hokimligining Yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida “O‘zshaharsozlik LITI”tomonidan ishlar amalga oshirilmoqda.9
Do'stlaringiz bilan baham: |