O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT” FAKULTETI
INVESTITSIYA LOYIHALARI TAHLILI
ORALIQ NAZORAT ISHI
MAVZU: HUDUDLARDA SANOAT TARMOG’INI RIVOJLANTIRISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN INVESTITSIYA LOYIHALARI VA ULARNING MOLIYAVIY TAHLILI
O’QUV LOYIHA
EK-91 guruh talabalari:
Axmadxo’jayev A
Bahromov B
Valixonova F
Akromxo’jayev S
Toshkent-2019
Reja:
Kirish
O’zbekiston iqtisodiyotida sanoatning o’rni va unda hududlar ishtiroki
Navoiy va Namangan Erkin Iqtisodiy Zonalarida investitsion loyihalar
“LEGOPACK NAMANGAN” MCHJ loyihasi va uning moliyaviy tahlili
Mamlakatimizda hozirda va kelgusida amalga oshirilayotgan loyihalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Oraliq nazorati mavzusining dolzarbligi. Sanoat har bir mamlakatning eng asosiy sektori hisoblanib, ko’p davlatlar unga qilingan yirik investitsiyalar hisobiga iqtisodiy barqarorlikka erishmoqda. Hozirda mamlakatimiz tomonidan yuqori texnologiyalardan foydalanib, a’lo sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni qo’llab quvvatlanishi va turli hududlarda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini tashkil etilishi investitsiyalarning ko’payishiga olib kelmoqda.
Oraliq mavzu maqsadi. O’zbekistonning turli hududlarida sanoatni rivojlantirish bo’yicha qilinayotgan ishlar va investitsiyalarni tahlil qilish. Hududlar salohiyatini aniqlash orqali ularga investitsiyalarni jalb etish yo’llarini aniqlash va xorijiy investorlar uchun qulay hududlarni taklif etish.
Vazifakari. Biz kichik guruh a’zolari bilan birgalikda avval vazifalarni belgilab oldik shular orqali barcha ishlarni amalga oshirdik. Bular ya’ni dastlab O’zbekiston iqtisodiyotida sanoatning o’rni va unda hududlar ishtirokini ahamiyati va mamlakatimizdagi sanoati rivojlangan viloyatlarimizdan Namangan va Navoiy viloyatlarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini tahlil qilsh. Hamda ularning moliyaviy natijalarini tahlil qilish va so’ngra kelgusida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari haqida yoritib berish va yakuniy qismida barcha to’plangan ma’lumotlar va materiallarni ozimoizning xulosa va takliflarimizni berish.
Mavzuning obekti. Biz bu mavzuni yoritb berishda ikkita ya’ni mamlakatimizda sanoatida kata ulushga ega bo’lgan Navoiy va Namangan viloyatlarini tanladik, va ularda amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini tahlil qildik.
Mavzuning predmeti. Yaqin yillar davomida iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida:
Aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish ko’zda tutilgan.
O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA SANOATNING O’RNI VA UNDA HUDUDLAR ISHTIROKI
Sanoat tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash dasturlarining amalga oshirilishi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi, respublika sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga zamin yaratdi.
Shuni ta`kidlash lozimki, 2018 yilda respublikaning jami sanoat ishlab chiqarilishi hajmi asosan Toshkent shahri (21,0%), Toshkent (15,1%), Navoiy (9,5%), Qashqadaryo (8,6%), Farg`ona (7,2%), Andijon (7,1%) va Samarqand (6,7%) viloyatlari hisobidan shakllangan bo`lib, juda katta bo`lmagan ulushi esa Jizzax (1,8%), Surxondaryo (2,0%) va Xorazm (2,5 %) viloyatlariga to`g`ri kelmoqda.
1-jadval
|
mlrd. so'm
|
Fizik hajm indeksi, % da
|
YaIM o'sishidagi hissasi, % da
|
2017 y
|
2018 y
|
YaIM -jami
shu jumladan:
|
302 536,80
|
407 514,50
|
105,1
|
5,1
|
Tarmoqlarning yalpi qo'shilgan qiymati
|
267 744,80
|
361 951,10
|
105,1
|
4,5
|
qishloq, o'rmon va baliq ho'jaligi
|
90 983,90
|
117 315,80
|
100,3
|
0,1
|
sanoat
|
59 570,40
|
95 083,90
|
110,6
|
2,1
|
qurilish
|
15 228,60
|
20 734,40
|
109,9
|
0,5
|
savdo, yashah va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar
|
21 540,60
|
26 493
|
104,4
|
0,3
|
tashish va saqlash, axborot va aloqa
|
25 305,50
|
29 868,30
|
106,3
|
0,5
|
boshqa xizmat tarmoqlari
|
55 115,80
|
72 455,70
|
105,4
|
1
|
Mahsulotlarga sof soliqlar
|
34 792
|
45 563,40
|
105,5
|
0,6
|
O’zbekiston iqtisodiyotida sanoatning o’rni1
Sanoatning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, xom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, jahon bozorida yuqori raqobatbardosh bo`lgan ishlab chiqarishlarni manzilli qo`llab-quvvatlanishi, ishlab chiqarishlar tarkibida qayta ishlash sanoatining ulushini oshishiga ko`maklashdi.
Sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida yuqori qo`shimcha qiymat bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmi quyidagi sohalarda o`sdi: oziq-ovqat, tekstil, kimyo, farmatsevtika preparatlari va boshqa sohalarda.
Faqat 2018 yilning o`zida, o`tgan yilga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmining o`sishi, qayta ishlash sanoatida – 6,4%ni, shu jumladan, asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlar ishlab chiqarish bo`yicha – 40,3%ni, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlar – 34,4%ni, boshqa nometall mineral mahsulotlar – 20,9%ni, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, tamaki mahsulotlari – 10,8%ni, to`qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechaklar, charm mahsulotlari ishlab chiqarish bo`yicha – 9,0%ni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |