Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "iqtisodiyot" fakulteti investitsiya loyihalari tahlili


MAMLAKATIMIZDA HOZIRDA VA KELGUSIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALAR



Download 1,37 Mb.
bet14/14
Sana03.12.2019
Hajmi1,37 Mb.
#28106
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
investitsiys (Восстановлен)


MAMLAKATIMIZDA HOZIRDA VA KELGUSIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALAR

Davlatimiz rahbarining oʻtgan yili 12-13 iyun kunlari viloyatga tashrifi chogʻida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha muhim vazifalar belgilab berilgan edi. Shu davr mobaynida mazkur masalalar ijrosiga alohida eʼtibor qaratildi.

2018 yilda viloyatga 152,7 million AQSH dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etildi. Natijada qoʻshma korxonalar soni 80 taga koʻpayib, 283 taga yetdi. Joriy yil yanvar-mart oylarida 66 million dollarlik xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilib, “Winchemical”, “Listem-Fergana” kabi qoʻshma korxonalar ishga tushirildi.



Davlatimiz rahbari joriy yil 21 fevral kuni neft-gaz va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini investorlarning ishonchli boshqaruviga berish vazifasini qoʻygan edi. Shunga muvofiq, 10 aprelda “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Modernizatsiya jarayoni Indoneziyaning “RT Trans Asia Resources” kompaniyasi bilan hamkorlikda uch bosqichda amalga oshiriladi. Sohada katta tajribaga ega jahon bozorida ushbu kompaniyaning oʻz oʻrni bor. Bu zavodni xomashyo bilan barqaror taʼminlash, uni jahon standartlari asosida qayta ishlab, ichki va tashqi bozorga yetkazib berishga xizmat qiladi. Kelgusida yetakchi xalqaro kompaniyalardan iborat boʻlgan konsorsium tashkil etish rejalashtirilgan.

Zavodga joriy yilning oʻzida kamida 300 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb etiladi. Bu mablagʻ evaziga ikki oy davomida hozirda ishlamay turgan 11 qurilmaning 7 tasidan foydalanish tiklanadi. Buning natijasida 7 ming 100 ta ish oʻrni saqlab qolinadi. Shuningdek, zavod ikki barobar koʻproq xomashyo bilan taʼminlanadi. 2020 yildan boshlab “Yevro-4”, “Yevro-5” kabi yuqori sifatli dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarishga erishiladi. Mahsulotlar tannarxi tushib, sifati oshirilishi natijasida viloyatning eksport salohiyati yanada yuksaladi.



Umuman, loyiha doirasida 2022 yilgacha kamida 875 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jalb etiladi. Bu 60 yildan buyon ishlab kelayotgan Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi va 110 yillik tarixga ega Oltiariq neftni qayta ishlash korxonasini zamonaviy majmualarga aylantirish, ularda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.

Eng muhimi, yana koʻplab odamlar, ayniqsa, yoshlar ish bilan taʼminlanadi. Soliq tushumi oyiga qoʻshimcha 100 milliard soʻmga oshadi.

Shavkat Mirziyoyev zavod ishchilari va investorlar bilan suhbatlashdi.

Asosiy maqsad korxonani toʻliq quvvat bilan ishlatish, odamlarni ish bilan taʼminlash. Bu Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining yangi davri boʻladi, dedi davlatimiz rahbari. Zavodga xomashyo olib kelish, ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha qoʻshimcha topshiriqlar berildi.

Prezidentimiz Qoʻshtepa tumanidagi “Ipak gilamlar” korxonasida boʻlib, xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari ilgari surgan beshta muhim tashabbusdan soʻnggisi ayollarning bandligini taʼminlash orqali ularga toʻlaqonli turmush sharoiti yaratishga qaratilgan. Ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun har bir tumanda yengil konstruksiyali tikuv-trikotaj korxonalari tashkil etish koʻzda tutilgan. Ushbu korxonalarga birinchi navbatda boquvchisini yoʻqotgan, turmushi ogʻir xotin-qizlar, shuningdek, koʻp bolali ayollar ishga jalb qilinmoqda.

Oʻtgan davrda tikuv-trikotaj korxonalariga ishga jalb qilingan ayollar qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitildi. Ularga oʻqish davomida stipendiya berildi, oʻqituvchilar oylik maosh bilan taʼminlandi.

Fargʻona viloyatida ham beshinchi tashabbus doirasidagi ishlar keng quloch yoymoqda. “Oʻzbekpaxtasanoat” AJ tomonidan joriy yilda viloyatda 7 ta, 2020 yilda 8 ta tikuv-trikotaj korxonasi tashkil etiladi. Natijada 4,5 mingta yangi ish oʻrni yaratilib, ayollar bandligi taʼminlanadi.

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan ham viloyatda mavsumiy va doimiy ish oʻrinlari yaratish moʻljallangan. Uyushma pilla yetishtirishdan tayyor mahsulot chiqarishgacha boʻlgan jarayonni klaster usulida tashkil etish orqali ipak mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishni rejalashtirgan. Uyushma tomonidan 2019 yilda viloyatda xotin-qizlarni kasanachilikka jalb etish orqali 30 ming ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan.

Ahamiyatlisi, bir mavsum davomida pillakorlarga bir yillik mehnat staji yoziladi. Ilgari ularga na maosh toʻlangan, na mehnat staji yozilgan. Hozir ayollar buyurtma olib, uyida ishlash imkoniyatiga ega boʻldi. Bunday amaliyot mamlakatimizning barcha hududlarida joriy qilinmoqda.



XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib shuni ta’kidlashimiz mumkinki, bu izlanishlarimiz natijasida sanoat sohasi har bir davlatda YaIM da kata ulushni egallaydi va eng muhim tarmoqlardan hisoblanadi. Sanoat tarmog’iga samarali qilingan investitsiyalar katta daromad keltirishi dunyo amaliyotida o’z isbotini topgan. Mamlakatimizda sanoat tarmog’i jadal sur’atlarda o’sib bormoqda. Biz bu ilmiy ishimizda yurtimizdagi erkin iqtisodiy zonalarni tahlil qildik va kelgusidagi mamlakatimizdagi amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarni tahlil qildik, bular natijasida YaIM da sanoatning ulushi oshadi, bandlik ta’minlanadiv va infratuzilma yahshilanadi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET SAYTLARI

O’zbekiston raqamlarda statistika to’plami

  • http://www.uza.uz – Axborot agentligi sayti

  • http://www.stat.uz – Statistika qo’mitasi sayti

  • http://www.mf.uz – Moliya vazirligi sayti

  • http://www.lex.uz – Qonun hujjatlari portali




1 http://www.stat.uz – Statistika qo’mitasi sayti http://www.lex.uz – Qonun hujjatlari portali

2 http://www.stat.uz – Statistika qo’mitasi sayti

3 http://www.stat.uz – Statistika qo’mitasi sayti

4www.uza.uz sayti ma’lumotlari

5www.agmk.uz/idex.php sayti ma’lumotlari

6 uza.uz – O’zbekiston Milliy axborot agentlig http://uza.uz/oz/politics/shavkat-mirziyeev-namanganga-keldi--02-05-2018

7 Lex.uz – O’zbekiston Respublikasi milliy qonunchilik bazasi

8 Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 dekabrdagi 1054-sonli qarori 3-ilovasi

9 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 avgustdagi PF-5517-sonli Farmoni.

10 Manba: “Namangan” EIZ direksiyasi rahbari bergan ma’lumotlar asosida tayyorlangan.

11 Mavzuni o’rganish natijasida talaba tomonidan shakllantirildi

12 “Namangan” EIZ raxbari taqdim etgan ma’lumotlar asosida shakllandi







Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish