Tashqi iqtisodiy faoliyat – O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy
shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro
tashkilotlar bilan o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirishga
qaratilgan faoliyati.
Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) – bu xatar ta’siriga ba’zi bir
qimmatli qog’ozlar emas, balki butun bozor, uning katta bir qismi risklarga uchraydi.
Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko’ra ko’pchilik
emitent va qimmatli qog’ozlar egalari zarar ko’rishlari mumkin: foiz riski; valyuta
riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |