Tizimsiz risklar – xatarga ba’zi bir qimmatli qog’ozlar yoki ularning
majmuasi uchraydi, ya’ni ma’lum bir korxonaning qimmatli qog’ozlari yoki
tarmoqning qimmatli qog’ozlari kiradi: tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar;
nolikvidlilik riski.
To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar – 1) bevosita mahsulot ishlab chiqarish yoki
xizmat ko’rsatish jarayonini tashkil etish yoki yanada kengaytirish maqsadida xorijiy
sheriklar tomonidan uzoq muddatli kapital qo’yilmalar kiritish. To’g’ridan-to’g’ri
investitsiyalar investorlarga mazkur ishlab chiqarish jarayonlari ustidan nazorat qilish
imkonini beradi; 2) xorijiy kapitalning uzoq muddatli kiritilishi bo’lib, investor
tashkil qilayotgan firma aktsiyalari yoki aktsiyadorlik kapitaliga to’la ega bo’lish
yoki kamida 10 foizi xo’jalik faoliyatining ta’sirchan nazorat qilinishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |