Sinditsiyalashtirilgan kredit – bir necha banklar tomonidan yirik
investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash.
Smeta (rus.) – oldindan tuzilgan kirim-chiqim hisobi. 1) xarajatlar smetasi –
mahsulot ishlab chiqarish, ish, xizmatlarni bajarish bo’yicha to’liq xarajatlar hisobi;
2) daromadlar va xarajatlar smetasi – korxona, tashkilot, muassasaning xo’jalik
faoliyatini moliyalashtirishda foydalaniladigan pul mablag’lari tushumlari va uni
sarflash bo’yicha hujjatlashtirilgan buxgalteriya rejasi. Ba’zan ishlab chiqarishga,
ob’ektlarni qurishga alohida xarajatlar smetasi tuziladi; 3) smeta bo’yicha
moliyalashtirish –xarajatlarni qoplash uchun taqdim etilgan xarajatlar hisoblariga
ko’ra davlat byudjetidan pul mablag’lari ajratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |