Rezidentlar –kalendar yilida mamlakatda 183 kundan kam bo’lmagan
muddatda yashagan, O’zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo’lgan va bo’lmagan
soliq to’lovchilardan iborat. Shu mamlakatning rezidentlarining daromadlari shu
mamlakatda soliqqa tortilishi shart.
Risk – bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy sharoitlardan
ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning paydo bo’lib qolish
ehtimoli. Risk kutilishi mumkin bo’lgan xatar bo’lib, investitsiyadan mo’ljallangan
foydani olish jarayoniga xos bo’lgan umidsizlik.
Sarmoya (fors.-tojik. – bosh va mablag’) – asosiy savdo mablag’i. Sarmoya
o’zining kelib chiqishi jihatidan savdo kapitali yoki savdo mablag’idir. Ko’pgina
278
iqtisodiy adabiyotlarda sarmoya investitsiya deb ham ataladi.