Rekonstruktsiya (qurilish, qayta tiklash)
1) mavjud narsa (bino, inshoot)ni
yaxshilash, amaliy ahamiyatini oshirish, takomillashtirish maqsadida tubdan qayta
qurish; 2) faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy va jismoniy eskirgan qurilma va
asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish,
texnologik bo’g’inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo’qotish yo’li
bilan almashtirish yordamida to’liq yoki qisman o’zgartirish.
Rentabellik (nem. rentabel – daromadli, foydali) – korxona yoki
tadbirkorlikning daromadliligi, samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy
faoliyatning samaradorligi. Rentabellik foyda olib ishlashning qiyosiy, ya’ni sarf-
xarajatlarga nisbatan aniqlanadigan ko’rsatkich bo’lib, foizlarda ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |