Xazina majburiyatlari – davlat tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’oz; xazina
majburiyatlari sotilganidan so’ng egasining ma’lum pul miqdorini byudjetga
o’tkazganini tasdiqlaydi va egalik qilish muddati davomida qayd qilingan daromad olish
huquqini beradi.
Xalqaro valyuta fondi – BMTning ixtisoslashgan muassasasi, a’zo
mamlakatlarning valyuta hamkorligini amalga oshiradigan xalqaro tashkilot. 1944
yilda Bretton-Vuds (AQSh)da o’tkazilgan xalqaro valyuta-moliya Kongressida Jahon
banki bilan bir vaqtda ta’sis etilgan. 1947 yil mart oyidan o’z faoliyatini boshlagan.
Shtab-kvartirasi Vashingtonda.
Do'stlaringiz bilan baham: |