Daromadlilik indeksi (profitobility index, PI) – investitsiya loyihasining
diskontlangan daromadlarining diskontlangan investitsiya xarajatlariga nisbati
tushuniladi, bu ko’rsatkich investorning 1 so’m sarf qilgan investitsiyalariga necha
so’m daromad kelishini aniqlab beradi.
Davlat tashqi qarzi – davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida
vujudga kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi.
Devalvatsiya (de va lot. valeo – qiymat) – milliy pul birligi kursining xorij
valyutalariga nisbatan pasaytirilishi.
Depozit (lot. depositum – omonat, asrab qo’yilgan) – bankka qo’yilgan
omonatlar. Bunday depozitlarning muddatli va talab qilib olinadigan turlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |