Davlat qimmatli qog’ozlari – byudjet kamomadlarini qoplash maqsadlarida
hukumat yoki mahalliy hokimiyat idoralari nomidan chiqarilgan va albatta, hukumat
tomonidan kafolatlangan qimmatli qog’ozlar.
Davlat krediti – kredit munosabatlarida bevosita davlatning ishtiroki bilan
xususiyatlanadi. Davlat krediti davlat byudjetidan ustuvor investitsiya loyihalarini
amalga oshirish bo’yicha tasdiqlangan dasturlar asosida beriladi.
Daromad solig’i – moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan
jismoniy shaxslarning soliq solinadigan jami daromadlaridan, yuridik shaxslarning
soliq solinadigan jami daromadi (foydasi)dan undiriladigan to’g’ri, umumdavlat
solig’i.
Do'stlaringiz bilan baham: |