Davlat zayomlari – byudjetga pul to’plash maqsadida davlat nomidan sotish
uchun chiqariladigan, davlatning qarzdorligini tasdiqlovchi qimmatli qog’oz.
Davlat moliyasi – davlat ixtiyorida pul jamg’armalarining tashkil etilishi,
taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi moliyaviy munosabatlar.
Davlat mulki – mulkchilik shakllaridan biri, davlatga qarashli va uning o’z
vazifalarini bajarishi uchun zarur barcha mol-mulklar va mulkiy huquqlar.
Davlat mulkini xususiylashtirish – davlatning o’z ixtiyoridagi ishlab
chiqarish vositalari, mol-mulk ob’ektlarini, korxonalar, uy-joy, transport vositalari,
tabiat resurslari va boshqalarni davlat tasarrufidan chiqarishi va fuqarolar, jamoalar,
263
shuningdek, davlatga tegishli bo’lmagan yuridik shaxslarga berishi yoki sotishi.